Kasallik anamnezi
. Kardiya axalaziyasi bilan og’rigan bemorlarda
ko’pin cha disfagiya bezovta qiladi. Qizilo’ngachning ko’pgina
kasalliklarida (reflyuks-ezofagit, kardiya axalaziyasi) kasallikning
rivojlanish davrlari oz yoki ko’p davomiylikda sog’ayish davrlari bilan
almashinganda kasallikning to’lqinsimon kechishi kuzatiladi. Yomon
sifatli o’smalarga qarshi holda, qizilo’ngachning peptik strukturalarida
kasallikning progressivlanib kechishi kuzatiladi.
Hayot anamnezi
. Hayot anamnezini yig’ayotganda qizilo’ngach
chandiqli o’zgarishlariga olib keluvchi sabablarga-qizilo’ngach
266
kuyishlari (termik va kimiyoviy) va travmalari kuzatilishi ahamiyatli.
Chekish, spirtli ichimliklar ichish hamda parhezdagi xatoliklar (yaxshi
chaynalmagan, achchiq, haddan tashqari issiq ovqatlarni istemol qilish)
ko’pincha reflyuks-ezofagitning rivojlanishiga olib keladi. Ba’zi
kasalliklar masalan temir tanqis anemiya, sistemali sklerodermiya
qizilo’ngach devorining spetsifik zararlanishiga olib kelib, disfagiya
paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.
Fizikal tekshirish usullari.
Qizilo’ngachning chandiqli yoki o’smali strukturalari bilan
kasallangan bemorlarni umumiy ko’zdan kechirganda sezilarli darajada
tana vazni yo’qotilganini bilish mumkin (kaxeksiyagacha olib kelishi
mumkin), ba’zan suvsizlanish, vitamin yetishmovchiligi kuzatiladi.
Kardiya axalaziya hamda qizilo’ngach yuzasini qoplab olgan o’sma
kasalliklarida perkussiya qilinganda Traube sohasi yo’qolishi kuzatiladi.
Instrumental va labarator tekshirish usullari
Qizilo’ngach
kasalliklari
diagnostikasida
rentgenologik,
endoskopik, morfologik, ezofagotanokimografik va boshqa tekshirish
usullaridan keng foydalaniladi.
Rentgenologik tekshirish
. Rentgenologik tekshirish qizilo’ngach
holati, shakli, uzunligi, konturlarini baholashga, uning shilliq qavati
relefini aniqlashga, motorikaning turli xil buzilishlarini bilishga imkon
beradi. Aniq diagnoz qo’yish maqsadida bugungi kunda turli xil
rentgenologik tekshirish usullaridan foydalanilmoqda (bariy sulfat qabul
qilish
bilan
amalga
oshiriladigan
oddiy
rentgenoskopiya
va
rentgenografiya,
ikki
marta
kontrastirovkalash
usuli,
rentgenokinematografiya
va
rentgenotelevideniya,
pnevmomediastenografiya, kompyuter tomografiyasi, yadroli magnitli
rezonans tomografiyasi va boshqalar), bular qizilo’ngach zararlanishiga
olib keladigan ko’krak qafasi organlaridagi o’zgarishlarni aniqlashga
imkon beradi (limfa tugunlarining, o’smaning kattalashgani, aorta
anevrizmasi va boshqalar). Bemorlarni tekshirayotganda yanada aniq
ma’lumot olish uchun ularni turli holatlarda har xil proektsiyadagi
rentgen suratlarini olish mumkin.
Ezofagoskopiya.
Qizilo’ngachni endoskopik tekshirish uchun
maxsus yon tomonlama joylashgan yorituvchi optikadan iborat bo’lgan
fibroezofagoskopdan foydalaniladi. Ezofagoskopiya qizilo’ngach
kasalliklari diagnostikasida yordam beradi, zarur holatlarda zararlangan
sohadan biopsiya olishga, olingan materialda gistologik tekshirishlar
267
olib borishga imkon yaratadi, turli xil davolovchi manipulyatsiyalar:
qizilo’ngachni kengaytirish, qonayotgan tomir elektrokoagulyatsiyasi
(masalan peptik yaralarda), qizilo’ngach varikoz kengaygan venalari
skleroterapiyasini o’tkazishga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |