28
ustki chegarasi ko’zning tashqi burchagi bilan
bir gorizontal chiziqda
turishi kerak. Shundan keyin o’lchagichning siljuvchi taxtachasi bosh
ustiga tushiriladi va uning qaysi son ustida turgani belgilanadi.
Ko’krak qafasining aylanasi santimetrli tasma
bilan osoyishta
nafas
olinib chiqarilgan, qo’llar pastga tushirilgan vaqtda o’lchanadi.
O’lchov lentasi orqa tomondan kurak (ko’krak)ning burchagi ostidan,
old tomondan esa VI qovurg’aning ustidan o’tishi kerak. Ko’krak
aylanasidan tashqari uning old-orqa va ko’ndalang diametrlari sirkul
yordamida o’lchanadi.
Bo’g’imlarni harakatchanligini aniqlash mumkin-
gonomer
orqali.
Tana vaznini o’lchash.
Bemorlar shifoxonaga
kelganlarida va u
yerdan davolanib chiqib ketayotganlarida ularning vazni o’lchanadi.
Bemor vazni
maxsus tibbiy tarozida
kiyimsiz holda erta bilan nonushta
qilmasdan,
oddiy kiyimda bemor qovug’ini bo’shatgandan keyin gavda
vaznini o’lchash maqsadga muvofiq bo’ladi. O’lchash uchun oddiy yuk
tarozidan foydalaniladi. Tortilgandagi natija kasallik tarixidagi harorat
varog’iga yozib qo’yiladi.
Bеmorni vaznini o’lchashdan oldin tarozi
sozligini tеkshirilib, yo’nalish toshchalarini 0 holatiga kеltirib, o’lchash
boshlanadi. Odatda bunday o’lchamlar
haftada bir yoki ikki marta
o’tkaziladi. Har bir bеmorning holatini baholash tibbiy xodimning
asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Bemorning og’irligi me’yorini bilish uchun uning santimetrda
ifodalangan bo’y uzunligidan 100 ni ayiriladi. Masalan, bo’yi 180 sm-
100=80 kg. Demak, bo’yi 180 sm bo’lgan kishining og’irligi 80 kg
bo’lishi kerak. Bundan 2 -3 kg ko’p yoki kamligi katta ahamiyatga ega
emas. Kishining yoshi ortib borgan sari uning og’irligi ham orta boradi.
Masalan, 60 yoshda bo’yi 180 sm bo’lgan odamning og’irligi 90-95 kg
bo’lsa ham norma hisolanadi. Yetarlicha ovqatlanmaslik,
yuqumli
jarayonlar, intoksikatsiyalar, iste’mol qilingan ovqatning singmasligi
(ich ketish, qusish, ichaklar yallig’lanishi, ichakda gijja bo’lishi va h.k.),
endokrin a’zolar faoliyatining buzilishi (Bazedov kasalligi), xavfli
o’smalar, asab kasalliklari va boshqalar tufayli bemorning og’irligi
kamayib ketadi. Og’irlikning oshib ketishi esa
quyidagi hollarda, ya’ni
ko’p ovqat istemol qilish, moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya
bezlari faoliyatining buzilishi, kasalliklar
tufayli yuzaga keladigan
shishlar natijasida, tanadagi bo’shliqlarga suv yig’ilishi va boshqalar
29
sababli kuzatiladi. Aniqlangan antropometrik ko’rsatkichlar asosida bir
necha amaliy ahamiyatga ega bo’lgan indekslar hisoblab chiqariladi.
Bo’y-og’irlik ko’rsatkichi -gavda tuzilishining
mutanosibligini
ko’rsatadi. Og’irligini 100 ga ko’paytirib, santimetrlar bilan ifodalangan
bo’y uzunligiga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: