usullari
Nafas azolari fiziologiyasi.
Meyorda nafas yo’llarida mukotsiliar
kliriens yani mukotsiliar transport amalga oshiriladi.
Mukotsiliar
transport
-
bu
nafas
yo’llarini
yot
zarrachalardan,
mikroorganizmlardan, chang va boshqalardan tozalanishidir. Bu nafas
yo’llari shilliq qavatida ularning o’tirishi va keyinchalik traxeobronxial
shilliq sekret bilan chiqarilishi hisobiga amalga oshiriladi. Mukotsiliar
transport respirator traktning immun, tozalovchi va bar’er potentsialini
taminlaydi.
Meyorda respirator traktda 3 guruh hujayralar mavjud va bu
hujayralar nafas yo’llarini yot moddalar, mikroorganizmlar va
boshqalardan tozalab, nafas yo’llarini himoyalab turadi.
1.
Qadoqsimon hujayralar – bu hujayralar meyorda suyuq shilliq
sekret 100-150 ml bir sutka davomida ishlab chiqaradi. Bu suyuq shilliq
sekret 1 minutda 10 mm harakatlanadi. Meyorda suyuq shilliq sekretga
chang, yot modda zarrachalari, mikroorganizmlar o’tirib qoladi va
yopishadi, shu sekret bilan nafas yo’llaridan chiqarilib organizm (nafas
yo’llari) himoyalanadi. Shilliq sekret 2 qavatdan iborat bo’lib, 1 qavat
37
zol qavat bo’lib, biroz suyuq. Uning tarkibida elektrolitlar, zardob
komponentlari, oqsillar, biologik faol maddalar, fermentlar va ularni
ingibitorlari saqlanadi. 2 qavat gelsimon qavat bo’lib, fibrilyar
strukturaga ega va makromolekulyar glikoprotein komplekslar, disulfid
ko’prik bilan birikkan mutsinlardan tashkil topgan.
2.
Kipriksimon hujayralar. Bularda vorsinkalar mavjud, ular egilib-
tiklanib turib harakatlanib turadi. Shu yo’l orqali suyuq shilliq sekret va
unga yopishib qolgan yot moddalar nafas yo’llaridan chiqarilib
tashlanadi. Kipriksimon hujayralar vorsinkalari meyorda 1 sekundda 15
marta egilib tiklanadi. 10 ta kipriksimon hujayralar 1 qadoqsimon
hujayraga teng.
3.
O’pka alveolyar yo’llar va alveolyar qopchalardan tashkil topgan
.
Alveolyar qopchalar alveolalardan tashkil topgan. Alveola devori I-II va
III tip alveotsitlardan tashkil topgan. I tip alveotsit nafas olishda, II tip
alveotsit surfaktant nomli lipoproteid modda ishlab chiqaradi. III tip
alveotsit kam uchrab, nerv oxirlariga boydir. Bu hujayralar
gemoretseptor hujayralardir. I tip alveotsit kapilyarlar endoteliysi va ular
orasidagi bazal membrana bilan birga qon-havo to’sig’ini (aerogematik
bar’er) hosil qilishga ishtirok etadi. Bu to’siq gazlar almashinuvida
asosiy rol o’ynaydi. I tip alveotsitlar yassi sitoplazmasida pinotsitoz
pufakchalar ko’p bo’ladi. Ularni respirator alveotsit deyiladi. II tip
alveotsitlar baland, kubsimon, sitoplazmasida sekretor donachalar,
plastinkasimon tuzilmalar bo’ladi va
ushbu hujayralar alveolalar
yuzasini namlab turuvchi surfaktant moddasini ishlab chiqaradi
, ularni
sekretor
hujayralar
deyiladi.
Surfaktant
tarkibida
fosfolipidlar
(fosfatidilxolin 80%, fosfatidilglikol 10% gacha) va oqsillar bo’ladi.
Lipidlarning oqsillarga nisbati 13:1 atrofida bo’ladi.
Surfaktant
alveolalarni devorlarini nafas chiqargandan so’ng qayta tiklanishiga
xizmat qiladi va yopishib qolishdan saqlaydi, interstitsiyadan suyuqlikni
alveola ichiga o’tishga yo’l qo’ymaydi. Bakteriotsid, immun himoya va
makrofaglarni faollashtiradi. Surfaktant kattalarda har 5 soatda
yangilanib turadi. Bulardan tashqari yana mahalliy nospetsifik himoya
omillari lizotsim, interferon, laktoferin, fibronektin kabi immun
bo’lmagan bakteritsid tasirga ega moddalar ham himoya funksiyasini
o’taydi.
Qisqa qilib aytganda yuqorida aytilganlar nafas olish tizimini
himoya funksiyasini o’taydi, va patologik holatlarda ushbu muvozanat
buziladi.
38
Funksional pulmonologiya. Nafas - tashqi va to’qima nafasiga
bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |