Mitral klapan yetishmovchiligi
(insufficientio valvae
atrioventrikilaris sinistra)
Ortirilgan yurak paroklari 80% hollarda revmatik endokarditga
(ya’ni aytishlaricha o’tkir revmatik lixoradkaga) va 20% holatlarda
sepsis, ateroskleroz, sifilis va boshqa sabablarga aloqadordir. 50%
holatlarda esa mitral klapan zararlanadi.
Etiologiyasi.
Tug’ma patologiya: klapan bujmayishi, prolaps va b.q.
Yallig’lanish jarayoni: revmatizm, sistemali qizil volchanka,
sistemali sklero-dermiya, aorta arteriit.
189
Degenerativ jarayonlar: miksomatoz degeneratsiya, Marfana va-
Elersa-Danlo sindromi.
Infeksiya: infeksiyali endokardit.
Klapan patologiyasi: xordalar tuzilishi, qon-tomir muskullarining
uzilishi va disfunksiyasi, mitral halqa dilyatatsiyasi, klapanlararo
regurgitatsiya (protezlash asorati).
Mitral vaskuloplastika asorati.
Aterosklerotik o’zgarishlar.
Mushaklar koordinatsion funksiyasini buzilishi.
Miokardit, kardiomiopatiya, kardioskleroz, miokard infarktidan
keyin atrioventrikulyar teshik aylana mushaklari va uning fibrozi;
Ushbu sabablarga ko’ra mitral klapani yetishmochiligi kelib
chiqadi.
Mitral
klapan
yetishmovchiligi
mutloq
va
nisbiy
yetishmovchilik bo’lishi mumkin. Mutloq yetishmovchiligi organik
o’zgarishlar tufayli yuzaga keladi va nisbiy yetishmovchiligi
miokardning haddan tashqari gipertrofiyasida yani qorinchalarning
kengayishi tufayli yuzaga keladi. Kasallikning davom etishi klapan pay
iplarining uzilishi, biriktiruvchi to’qimaning rivojlanishi, klapanlarda
sklerotik o’zgarishlar paydo bo’lishi bilan bog‘liq. Revmatik endokardit,
infeksiyali endokardit, diffuz kasalliklarda biriktiruvchi to’qima
rivojlanadi. Bunday holat ma’lumki funktsional yetishmovchilik tug’ma
displaziyasi biriktiruvchi to’qimasi klapan prolapsini chaqiradi (uni
to’liq yopilmasligi).
Klapanlarda kechadigan yallig’lanish, ularning sklerozi bilan
yakunlanadi va bu o’z navbatida klapanlar defopmatsiyasi va kalta
bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Klapanlar kalta bo’lganidan keyin, to’liq
yopilmaydi, bu yetishmovchilikka olib keladi va gemodinamika
buziladi. Mitral klapan yetishmovchiligi organik, nisbiy va funktsional
bo’ladi. Organik yetishmovchiligi ko’pchilik holatlarda revmatizmdan
keyin kelib chiqadi va klapanda biriktiruvchi to’qima o’sadi, keyinchalik
klapan bujmayadi shuning uchun yetishmovchilik kelib chiqadi. Nisbiy
mitral klapan yetishmovchiligi chap qorinch gipertrofiyasida vujudga
keladi. Bunda klapan o’zgarmagan bo’ladi lekin, mitral teshik
kengaygan bo’ladi. Bu holat miokardit, miokard distrofiyasi,
kardioskleroz hamda papilyar mushaklar shikastlanishida kuzatiladi.
Funktsional yetishmovchilik mushak apparatining funktsiyasi buzilishi
hisobiga kelib chiqadi va natijada klapan yopilmay qoladi. Ushbu holat
190
mitral klapan prolapsida ham yuzaga keladi va gemodinamika buzilib,
chap qorinchadan qon chap bo’lmachaga tushadi.
Yurakning tug’ma paroklari homila rivojlanish davrida ona qornida
yurak va magistral tomirlarni rivojlanishini buzilishi natijasida vujudga
keladi yoki homilaning ona qornidagi qon aylanishini tug’ilgandan keyin
ham saqlanishi natijasida vujudga keladi. Oxirgi o’z navbatida oval
teshik va arterial teshikning ochiq qolishiga olib keladi. Bir bo’shliqli
arterial stvolni, o’pka stvoliga va aortaga noto’g’ri bo’linishi, hamda
yurakda bo’shliqlarni yuzaga kelishi natijasida bo’lmachalararo va
qorinchalararo to’siq defekti yuzaga keladi (45 surat). Shu jumladan
magistral tomirlarni anomal rivojlanishi va ularda stenoz (torayish
yuzaga keladi). Ko’pchilik holatlarda tug’ma paroklarda bir vaqtning
o’zida katta va kichik qon aylanish doirasi orasi ochiq bo’lib, arterial va
venoz qon qo’shiladi shu bilan birga magistral tomirlarda torayish
kuzatiladi. Bulardan tashqari tug’ma nuqsonlarda klapanlarning
barchasida o’zgarish bo’lib, tug’ma parokka olib kelishi mumkin.
Gemodinamika.
Normada chap bo’lmacha va chap qorincha o’rtasidagi teshikni
mitral qopqoqlari bir-biriga tegib yopib turadi. Shuning natijasida chap
qorinchadagi qon sistola vaqtida bir tomonga harakatlanadi ya’ni
aortaga. Mitral teshik yetishmovchiligining sababi shuki chap
bo’lmacha-qorincha o’rtasidagi klapan to’liq yopilmasligi tufayli sistola
davridagi qonning bir qismi chap qorinchadan chap bo’lmachaga qaytib
chiqadi. Bo’lmachada qon hajmining oshishi natijasida bo’lmacha
dilyatatsiyalanadi va gipertrofiyalanadi. Shunga mos holda chap
bo’lmachadan qorinchaga tushuvchi qon hajmi ham ortadi. Zo’riqish
ortib borishi natijasida chap qorincha dilyatatsiyaga uchraydi va
kompensatorli gipertrofiyalanadi. Uzoq davom etuvchi gemodinamika
kompensatsiya davri tufayli bemorlarda hech qanday simptom yuzaga
chiqmasligi mumkin. Gemodinamikaning bu tipi chap qorinchaning ishi
ortishi natijasida kompensatsiyalangan. Parokning ikkinchi davrining
rivojlanishi ya’ni dekompensatsiya fazasi-chap qorinchaning oldingi
hajmda o’z funksiyasini bajara olmasligi natijasida kelib chiqadi. U
yerda oldingiga nisbatan ko’proq hajmda qon yig’iladi (45 surat a va
b).
191
Do'stlaringiz bilan baham: |