O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Mitral klapan yetishmovchiligi
 (insufficientio valvae 
atrioventrikilaris sinistra) 
Ortirilgan yurak paroklari 80% hollarda revmatik endokarditga 
(ya’ni aytishlaricha o’tkir revmatik lixoradkaga) va 20% holatlarda 
sepsis, ateroskleroz, sifilis va boshqa sabablarga aloqadordir. 50% 
holatlarda esa mitral klapan zararlanadi.
Etiologiyasi. 
Tug’ma patologiya: klapan bujmayishi, prolaps va b.q. 
Yallig’lanish jarayoni: revmatizm, sistemali qizil volchanka, 
sistemali sklero-dermiya, aorta arteriit.


189 
Degenerativ jarayonlar: miksomatoz degeneratsiya, Marfana va-
Elersa-Danlo sindromi.
Infeksiya: infeksiyali endokardit. 
Klapan patologiyasi: xordalar tuzilishi, qon-tomir muskullarining 
uzilishi va disfunksiyasi, mitral halqa dilyatatsiyasi, klapanlararo 
regurgitatsiya (protezlash asorati). 
Mitral vaskuloplastika asorati.
Aterosklerotik o’zgarishlar. 
Mushaklar koordinatsion funksiyasini buzilishi. 
Miokardit, kardiomiopatiya, kardioskleroz, miokard infarktidan 
keyin atrioventrikulyar teshik aylana mushaklari va uning fibrozi; 
Ushbu sabablarga ko’ra mitral klapani yetishmochiligi kelib 
chiqadi. 
Mitral 
klapan 
yetishmovchiligi 
mutloq 
va 
nisbiy 
yetishmovchilik bo’lishi mumkin. Mutloq yetishmovchiligi organik 
o’zgarishlar tufayli yuzaga keladi va nisbiy yetishmovchiligi 
miokardning haddan tashqari gipertrofiyasida yani qorinchalarning 
kengayishi tufayli yuzaga keladi. Kasallikning davom etishi klapan pay 
iplarining uzilishi, biriktiruvchi to’qimaning rivojlanishi, klapanlarda 
sklerotik o’zgarishlar paydo bo’lishi bilan bog‘liq. Revmatik endokardit, 
infeksiyali endokardit, diffuz kasalliklarda biriktiruvchi to’qima 
rivojlanadi. Bunday holat ma’lumki funktsional yetishmovchilik tug’ma 
displaziyasi biriktiruvchi to’qimasi klapan prolapsini chaqiradi (uni 
to’liq yopilmasligi). 
Klapanlarda kechadigan yallig’lanish, ularning sklerozi bilan 
yakunlanadi va bu o’z navbatida klapanlar defopmatsiyasi va kalta 
bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Klapanlar kalta bo’lganidan keyin, to’liq 
yopilmaydi, bu yetishmovchilikka olib keladi va gemodinamika 
buziladi. Mitral klapan yetishmovchiligi organik, nisbiy va funktsional
bo’ladi. Organik yetishmovchiligi ko’pchilik holatlarda revmatizmdan 
keyin kelib chiqadi va klapanda biriktiruvchi to’qima o’sadi, keyinchalik 
klapan bujmayadi shuning uchun yetishmovchilik kelib chiqadi. Nisbiy 
mitral klapan yetishmovchiligi chap qorinch gipertrofiyasida vujudga 
keladi. Bunda klapan o’zgarmagan bo’ladi lekin, mitral teshik 
kengaygan bo’ladi. Bu holat miokardit, miokard distrofiyasi, 
kardioskleroz hamda papilyar mushaklar shikastlanishida kuzatiladi. 
Funktsional yetishmovchilik mushak apparatining funktsiyasi buzilishi 
hisobiga kelib chiqadi va natijada klapan yopilmay qoladi. Ushbu holat 


190 
mitral klapan prolapsida ham yuzaga keladi va gemodinamika buzilib, 
chap qorinchadan qon chap bo’lmachaga tushadi. 
Yurakning tug’ma paroklari homila rivojlanish davrida ona qornida 
yurak va magistral tomirlarni rivojlanishini buzilishi natijasida vujudga 
keladi yoki homilaning ona qornidagi qon aylanishini tug’ilgandan keyin 
ham saqlanishi natijasida vujudga keladi. Oxirgi o’z navbatida oval 
teshik va arterial teshikning ochiq qolishiga olib keladi. Bir bo’shliqli 
arterial stvolni, o’pka stvoliga va aortaga noto’g’ri bo’linishi, hamda 
yurakda bo’shliqlarni yuzaga kelishi natijasida bo’lmachalararo va 
qorinchalararo to’siq defekti yuzaga keladi (45 surat). Shu jumladan 
magistral tomirlarni anomal rivojlanishi va ularda stenoz (torayish 
yuzaga keladi). Ko’pchilik holatlarda tug’ma paroklarda bir vaqtning 
o’zida katta va kichik qon aylanish doirasi orasi ochiq bo’lib, arterial va 
venoz qon qo’shiladi shu bilan birga magistral tomirlarda torayish 
kuzatiladi. Bulardan tashqari tug’ma nuqsonlarda klapanlarning 
barchasida o’zgarish bo’lib, tug’ma parokka olib kelishi mumkin. 
Gemodinamika. 
Normada chap bo’lmacha va chap qorincha o’rtasidagi teshikni 
mitral qopqoqlari bir-biriga tegib yopib turadi. Shuning natijasida chap 
qorinchadagi qon sistola vaqtida bir tomonga harakatlanadi ya’ni 
aortaga. Mitral teshik yetishmovchiligining sababi shuki chap 
bo’lmacha-qorincha o’rtasidagi klapan to’liq yopilmasligi tufayli sistola 
davridagi qonning bir qismi chap qorinchadan chap bo’lmachaga qaytib 
chiqadi. Bo’lmachada qon hajmining oshishi natijasida bo’lmacha 
dilyatatsiyalanadi va gipertrofiyalanadi. Shunga mos holda chap 
bo’lmachadan qorinchaga tushuvchi qon hajmi ham ortadi. Zo’riqish 
ortib borishi natijasida chap qorincha dilyatatsiyaga uchraydi va 
kompensatorli gipertrofiyalanadi. Uzoq davom etuvchi gemodinamika 
kompensatsiya davri tufayli bemorlarda hech qanday simptom yuzaga 
chiqmasligi mumkin. Gemodinamikaning bu tipi chap qorinchaning ishi 
ortishi natijasida kompensatsiyalangan. Parokning ikkinchi davrining 
rivojlanishi ya’ni dekompensatsiya fazasi-chap qorinchaning oldingi 
hajmda o’z funksiyasini bajara olmasligi natijasida kelib chiqadi. U 
yerda oldingiga nisbatan ko’proq hajmda qon yig’iladi (45 surat a va 
b). 


191 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish