222
3.11. Aluminiy
qotishmalarini
suyuqlantirish
Jarayonning fizik-kimyoviy xarakteristikasi.
Aluminiy nisbatan oson
suyuqlanadigan va yengil metall (t
er
= 660 °C, zichligi 2,7 · 10 kg/m
3
) bo‗lib, yuqori
darajada issiqlik o‗tkazuvchanlikka, katta yashirin suyuqlanish issiqligiga ega.
Suyuqlantirish vaqtida aluminiy gaz fazasining
komponentlari bilan
(1.42—1.46) tipdagi reaksiyalar bo‗yicha reaksiyaga kirishadi. Bu reaksiyalar
uchun ΔG ning qiymati manfiy zonada bo‗ladi (3.34- rasm), ya‘ni
barcha bu
reaksiyalar chapdan o‗ng tomon o‗tadi. Sodir bo‗lish ehtimoli eng katta bo‗lgan
reaksiya (1.42) dir: uning uchun ΔG ning qiymati 600 dan 800 kJ/mol gacha zonada
bo‗ladi. (1.45) reaksiyaning bo‗lish ehtimoli juda kam. (1.44) reaksiya 350 dan 420
kJ/mol gacha intervaldagi ΔG ga ega bo‗ladi. Binobarin, suyuqlantirilgan holatdagi
aluminiy vodorodni eritishga yuqori daraja qobiliyatga ega bo‗ladi. Vodorod
aluminiy suyuqlanmasining suv bug‗lari bilan o‗zaro ta‘sirlashganda ajralib chiqadi.
Suv bug‗larining hosil bo‗lish manbayi shixta materiallari, pech futerovkasi, tigel
materiali, fluslar, suyuqlantirishda ishlatiladigan asbob- uskuna, gazsimon va suyuq
yoqilg‗ining yonish mahsulotlari hamda atmosfera bo‗lishi mumkin.
Suyuqlanmaga vodorodning katta miqdori ligaturalar bilan kiritilishi mumkin.
Masalan, aluminiy-sirkoniyli ligatura (5% Zr) tarkibida 100g ga 45 sm
3
gacha,
aluminiy-titanli ligatura (3% Ti) tarkibida 100 g ga 30 sm
3
gacha vodorod bo‗lishi
mumkin.
Aluminiyni suyuqlantirish temperaturasi 660 ºC bo‗lgani uchun bu qotishmani
yoqilg‗i va elektr pechlarda suyuqlantirish mumkin.
Toshkentdagi Uzauto-INZI
korxonasida aluminiyni shaxtali gaz pechlarida suyuqlantiriladi. UAT elektr
induksion pechlari ham ko‗p ishlatiladi. UAT pechi aluminiyni suyuqlantirish uchun
mo‗ljallangan.
Aluminiy qotishmasi o‗tga chidamli futerovka va fluslar bilan ham o‗zaro
ta‘sirlashishi mumkin. Odatda, oksidlardan bajariladigan futerovka bilan o‗zaro
ta‘sirlashish ularning aluminiy bilan qaytarilishiga olib kelishi mumkin. Ko'pchilik
oksidlar uchun bu reaksiyalar
rivojlanishi mumkin, lekin Al
2
O
3
pardasi futerovka
223
500
700
900
1100
T
, K
sirtini o‗rab olib, uni himoya qilishi tufayli u tormozlanishi mumkin.
Biroq
futerovka ishchi bo‗shlig‗ini parda bosib qolish muammosi vujudga keladi.
Suyuqlanmalarning fluslar va qo‗shimchalar bilan o‗zaro ta‘siri aluminiy
qotishmalarini tozalash bilan bog‗liq.
1/2 Al(s) + 3/4 СН
4
= 1/4 А1
2
С
3
+ 3/2 Н
2
(g)
2А1(s) + N
2
(g) = 2 Al N
2/3 A1(s) + CO (g) = CO (g) + 1/3 A1
2
O
3
(g)
Al (s) + 3H
2
O (b) =
= 1/2 Al
2
O
3
(γ)
+ 3/2 H
2
(g)
2/3 Al (s) + 3/2 H
2
O (b) = 1/2 Al
2
O
3
(γ)
+ 3 H
Al (s) + 3/4 O
2
(g) = 1/2 A1
2
O
3
(γ)
Do'stlaringiz bilan baham: