Aralashmalarni oksidlamasdan po‘lat suyuqlantirish.
Ushbu metod
o‗rtacha va yuqori legirlangan po‗latlarni suyuqlantirish uchun qo‗llaniladi. Bu
holda po‗lat ruda qo‗shmasdan suyuqlantiriladi. Oksidlash jarayonining bo‗lmasligi
legirlovchi elementlardan iqtisodiy jihatdan qulay foydalanish imkonini beradi,
chunki ular kuymaydi. Lekin zararli aralashmalarning to‗planish havfi tug‗iladi.
Biroq, bu metod yordamida olingan po‗latning sifati aralashmalarni oksidlab
210
suyuqlantirishda olingan po‗latning sifatidan qolishmaydi [21]. Ishlab chiqarish
tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bunda zararli aralashmalar to‗planmaydi. Havodan
azotni jadal yutadigan yuqori marganesli po‗latlar bundan istisnodir, lekin bu
po‗latlar uchun azot foydali komponent ekan. Yoy pechida aralashmalarni
oksidlamasdan po‗latni suyuqlantirish texnologiyasi xuddi oksidlashdagidek
bo‗ladi. U barcha asosiy operatsiyalarni o‗z ichiga oladi, faqat oksidlovchi shlaklar
hosil qilinmaydi, suyuqlantirish shlaki esa chiqarib tashlanadi va oksidsizlantirishni
yo oq shlak ostida, yo ferroqotishmalar yordamida amalga oshiriladi. Ba‘zan
jarayonni jadallashtirish uchun vanna kislorod berib tozalanadi. Lekin ushbu
jarayon endi aralash jarayon hisoblanadi.
Kislotali jarayon xususiyatlari.
Bu jarayon eng ko‗p tarqalgan jarayondir. U
eng unumdor va uglerodli hamda kam legirlangan po‗latlar uchun keng ko‗lamda
qo‗llaniladi.
Kislotali shlakning elektr o‗tkazuvchanligi asosli shlakka nisbatan kichkina
bo‗ladi: yoylar shlak qoplamasini yoradi va bevosita metall bilan kontaktlashadi, bu
esa o‗ta qizishni jadallashtiradi. Ayni paytda, shlak ancha past temperaturaga va
asosli jarayondagiga nisbatan qaytarish qobiliyatiga ega bo‗ladi. Aytganlarning
hammasi FIKning va pech futerovkasi xizmat qilish muddatining ortishiga yordam
beradi.
Kislotali shlakning hosil bo‗lishi uchun pechga, odatda, kvars qum va oz
miqdorda temir rudasi hamda ohak kiritiladi. Shlakdagi SiO
2
/FeO + MnO nisbat 1
ga yaqin. Bunday shlak ostida vanna yaxshi qaynaydi, lekin bunda qaynash jarayoni
uzoq davom etmaydi. Qaynash jarayoni tugagach, shlak qum qo‗shib quyultiriladi
va qaytarish davri boshlanadi.
Kislotali marten pechidagiga o‗xshash suyuqlantirish jarayoni aktiv va kremniy
qaytarilishli bo‗lishi mumkin. Aktiv jarayonda metallga 1% ga yaqin ruda kiritiladi,
kremniy qaytarilish jarayonida oksidlanish ilgari tugaydi va kremniyning (3.64)
reaksiya bo‗yicha qaytarilishi boshlanadi.
Kislotali jarayonda metall oksidlovchi shlak chiqarib yuborilgandan keyin
oksidsizlantiriladi. Shlakni chiqarib yubormasa ham bo‗ladi, lekin uning tarkibini
211
o‗zgartirish kerak. Yangi shlak yuqori sifatli po‗latni tayyorlashda pechga shamot
bo‗laklari, qum va ohak kiritib hosil qilinadi. Oksidsizlantirish ikkita bosqichda:
suyuqlantirish jarayonida — silikomarganes yoki ferrosilitsiy bilan, po‗latni
chiqarishda esa aluminiy bilan amalga oshiriladi.
Misol sifatida, po‗latni ДС5МТ tipidagi kislotali elektr yoy pechda
suyuqlantirishni kо‗rib chiqamiz. 25Л markali po‗lat uchun metall shixtaning
tarkibi: 58% po‗lat temir- tersaklari, 40% qaytgan metall va 2% ПВК-1.
Po‗lat suyuqlantirish uchun pech quyidagi tarzda tayyorlanadi. Po‗latni chiqarib
bo‗lgandan keyin pech tagi va futerovka otkoslari suyuq metall va shlak
qoldiqlaridan tozalanadi. So‗ngra futerovka ko‗zdan kechiriladi, uning holati va
navbatdagi po‗latni suyuqlantirishda qatnashish imkoniyati aniqlanadi. Agar
pechning futerovkasi devorlari, otkoslari va tagida o‗yiq joylar, g‗adir- budurliklar,
mahalliy chuqurchalar bo‗lsa, ular qum va suyuq shisha aralashmasi bilan zapravka
qilinadi. Zapravkani mumkin qadar tez bajarish kerak, aks holda po‗lat
chiqarilgandan keyin futerovkaning temperaturasi pasayib ketishi mumkin.
Temperatura yuqori bo‗lsa, zapravka materiali yaxshi payvandlanib yopishadi.
Sovuqlayin ta‘mirlashda yoki futerovkaning sezilarli shikastlangan joylari
ta‘mirlangandan keyin ahamiyati kamroq quymalar uchun suyuqlantirib yuvish
operatsiyasi bajariladi. Pechni suyuqlantirish uchun ishga tushirishdan oldin ish
tuynugi ostonasi ta‘mirlanadi va uning po‗lat chiqariladigan teshigi berkitiladi.
Shixta materiallari yuklashdan oldin tarozida tortiladi. Pech vannani g‗ildiratib
chiqarib, uning ustki tomoni orqali yuklanadi. Yuklashda shixta urilib pech tagini
shikastlamasligi uchun qovg‗a mumkin qadar pastga tushiriladi. Mayda shixta va
qirindi pastga — pech tagiga yuklanadi. Yuklashni, shixtani zich yotqizib, jadal olib
borish lozim. Yuklash tugagach, pech boshlang‗ich holatda o‗rnatiladi, vanna
qulflari bekitiladi va gumbaz pastga tushiriladi. Agar pech sovuq bo‗lsa, ishga
tushirish oldidan elektrodlarning har birining tagiga yondirishni osonlashtirish va
elektr yoylarning osoyishta yonishi uchun koks bo‗lakchalari qo‗yiladi.
So‗ngra pech tarmoqqa ulanadi va maksimal tok kuchi beriladi. Elektrodlar
ostida suyuqlantirilgan metall ko‗lchalari paydo bo‗lishi bilan shlak hosil qilish va
212
yoyning yanada osoyishta yonishi uchun 6—8 kurak qum va 2—3 kurak ohaktosh
beriladi. Shixtaning suyuqlanishi uni kislorod bilan qirqib va otkosdan vanna
markaziga itarib tushirib, jadallashtiriladi. Kulrang pag‗ali oq tutun ajralib
chiqqanida (bu holda pechda «qor yog‗yapti» deydilar), ushbu hol elektr yoy pech
tagiga yaqin bo‗lgan holatda sodir bo‗lgani uchun, pech darhol to‗xtatilishi va
elektrodni ko‗tarib, elektrodlar ostida hosil bo‗lgan quduqchalarga shixtani surib
tushirish kerak.
Shixta to‗la suyuqlanganda, C, Mn, S, P lar miqdorini ekspress- analiz qilish
uchun metall namunasi olinadi. Oksidlash davrining boshlanishi oldidan po‗lat
tarkibidagi C ning optimal miqdori 0,45— 0,70%. Uglerodni oksidlash uchun
yaxshi qizdirilgan metallga kichik porsiyalar bilan temir rudasi kiritiladi: har qaysi
porsiya orasida 5—10 min vaqt o‗tishi kerak. Metall butun yuza bo‗ylab qaynashi
lozim. Vanna qattiq qaynaganda pech ishi to‗xtatiladi va shlakka bir necha kurak
qum solinadi. Oksidlash davrining davom etishi kо‗pi bilan 40 min bo‗lishi kerak,
shu jumladan, qaynash vaqti ham birnga kiradi.
Berilgan analiz bo‗yicha uglerodning o‗rtacha miqdoriga erishilgach, shlak
normal suyuq qo‗zg‗aluvchanlikka, zichlikka ega bo‗lishi, ip kabi chozilishi va
singan joyida yashil rangga ega bo‗lishi kerak. So‗ngra metallni oksidsizlantirish
uchun talab etilgan uglerod miqdoriga erishilganda vannaga ФС45 ferrosilitsiy
qo‗shiladi. Bunda vanna yaxshilab aralashtiriladi. 10—15 minutdan keyin vanna
ikkinchi marta aralashtiriladi va oksidsizlanish hamda temperaturani aniqlash uchun
namuna olinadi. Kremniy bilan yaxshi oksidsizlantirilgan va stakanga quyilgan
metall namunasi uchqunlanmasligi kerak. Qotayotganida metall kichrayishi kerak.
Metallni chiqarishdan oldin vannani obdan aralashtirish zarur, yana bir marta
oksidsizlanishi va temperaturaga namuna olish va po‗latni oldindan 800—900 °C
gacha qizdirilgan kovshga chiqarib quyish kerak. Po‗lat chiqariladigan tarnov
oldindan yaxshilab tozalanishi va quritilishi lozim. Tarnovga chiqarishdan oldin
silikokalsiy
kiritiladi.
Normal
temperatura
va
kremniy
bilan
normal
oksidsizlantirilganda kovshga chiqarishgacha 4—5 min qolganda zarur bo‗lgan
miqdorda ferrpmarganes qo‗shiladi.
213
Po‗latning uzil- kesil oksidsizlantirilishi kovsh tubiga beriladigan aluminiy bilan
(1 t suyuq po‗latga 1,0—1,2 kg) amalga oshiriladi. Tarnovda temperatura optik
pirometr bo‗yicha tuzatma kiritmasdan 1500—1580 °C bo‗lishi kerak. Kоvshdagi
metall shlakning 100—150 mm qalinlikdagi himoya qatlami bilan qoplangan
bo‗lishi kerak.
Oxirgi yillarda po‗lat suyuqlantirib olish va sifatli metal olish uchun plazma- yoy
pechlari qo‗llanilmoqda. Bu pechlar o‗tga chidamli qoplamli, yoki keramik tigelli
bo‗lishlari mumkin (yoy pechlariga o‗xshagan). Plazma- yoy pechi keramik tigelli
3.30- rasmda keltirilgan. Pech o‗tga chidamli qoplam bilan futerovka qilingan va 2
svod bilan yopilgan. Plazmatron 1 suyuqlantirish kamerasiga svod orqali kirgiziladi.
O‗tga chidamli qoplamida 6 tag qismi elektrodi o‗rnatilgan. Bu elektrod tokni suyuq
metallic vannaga keltiradi. Svod qismini 4 kojuxga o‗tkazgich joyida zatvor 3 qismi
bilan zichlshtirilgan. 3.30- b rasmda kristallizatorli plazma- yoy pechi sxemasi
ko‗rsatilgan. Pechlar keng diapason bosimda ishlashi mumkin 0,3 MPa dan to 10
-1
Pa gacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |