318
qaytgan metalldan tashkil etish maqsadga muvofiq bo‗ladi, chunki temir- tersak va
chiqindilar muqarrar qotishma sifatini yomonlashishiga olib keladi.
2. Suyuqlantirishning texnologik rejimiga rioya qilish
(temperatura, fazalar
tarkibi, jarayonning va ayrim operatsiyalarning davomiyligi).
Rangli qotishmalar
o‗ta qizdirishga sezgir bo‗ladi (qotishma «keragidan ortiqcha qizishi» mumkin, bu
esa sifatning yomonlashishiga olib keladi). Yuqori temperaturalarda va uzoq vaqt
saqlab turilganda qotishmalar tarkibidagi gaz miqdori ortadi. Ko‗p qotishmalar ular
suyuqlantiriladigan atmosferaga sezgir bo‗ladilar. Shu sababli suyuqlantirish
sharoitlarini to‗g‗ri tanlash juda muhim (III bobga q.).
3. Qotishmani tozalash.
Tozalashning samaraliligi haqida gazlar va metallmas
qo‗shilmalarning qoldiq miqdoriga qarab fikr yuritish mumkin (mukammalroq III,
IV boblarga q.).
Suyuqlanma qotayotganida vodorodning pufakchalar ko‗rinishida
ajralib
chiqadigan «aktiv» qismi quymalarda g‗ovaklikning rivojlanishini aniqlaydi. Bu
«aktiv» qismni sifat jihatdan baholash vakuum namuna yordamida bajariladi (5.5-
rasm). Namunani analiz qilishga tayyorlangan suyuqlanma porsiyasi qalpoqcha
ostiga joylashtiriladi, unda 30—60 s ichida qoldiq bosimi 0,67 • 10
2
Pa
ga teng
siyraklashish yaratiladi: bunda suyuqlanma «qaynay» boshlaydi. Gazning ajralib
chiqish darajasi haqida qotgan quymaning ustki yuzasining holati bo‗yicha fikr
yuritish mumkin. Gaz ajralib chiqishi yuqori darajada jadal bo‗lganda yuza sal
ko‗tarilgan bo‗ladi va yoriq joylar hosil qiladi. Qotgan quymalarning kesik joylari
ham ishonarli manzarani ko‗rsatadi. Agar faqat «qaynash» jarayonining borishi va
ustki yuza holatini
kuzatish bilan cheklanilsa, unda bu namunani ishlab chiqarish
sharoitlarida qo‗llash mumkin. Odatda, bu namuna bilan gazning pufakcha
ko‗rinishida ajralib chiqish jadalligining sifat xarakteristikasi o‗lchanadi,
lekin
undan miqdoriy xarakteristikalarni olish uchun ham foydalanish mumkin. Buning
uchun vakuum qozoniga pech joylashtiriladi, pechda
esa ichiga suyuq namuna
quyilgan tigel bo‗ladi. Havo so‗rib olinayotganda suyuqlanmaning temperaturasi va
qozondagi bosim uzluksiz o‗lchanadi, tuynukcha orqali esa suyuqlanma yuzasining
holati kuzatiladi. Olingan qiymatlar qotishma tarkibidagi vodorod miqdorini
319
quyidagi eruvchanlik tenglamasi bo‗yicha hisoblab topishga imkon beradi:
,
bu yerda: S — eruvchanlik, sm
3
/100 g metall; T — o‗lchangan temperatura, K; p —
qozondagi o‗lchangan qoldiq bosim, Pa; A va В — konstantalar.
Do'stlaringiz bilan baham: