313
rasm), po‗lat quymani, quymada elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishda
bo‗lganidek (joylashishi bo‗yicha metall elektrod quyilgan buyum bilan o‗qdosh
bo‗lganda), bevosita quyish qolipida suyuqlantiriladi va kristallizatsiyalanadi.
Ikkinchi sxema bo‗yicha (5.3- b rasm), quyma suyuq
metallni suyuqlantirish
sig‗imidan (idishidan) suv bilan sovitiladigan qolipga uzluksiz qayta quyish bilan
olinadi. Bunda suyuqlantirish sig‗imi qo‗zg‗almas, quyish qolipining metall bilan
to‗lishiga qarab, unga nisbatan siljiydi. Qayta quyish natijasida suyuq metallning
tozalanish
darajasini oshirishga, chunonchi, uning gazdan tozalanishini
jadallashtirishga, jumladan, vodorodni chiqarib yuborishga ham erishiladi. Metallni
qayta quyish murakkab va turli- tuman shakldagi quymalar olish bo‗yicha elektr
shlak yordamida quyish (ESHQ) imkoniyatini sezilarli darajada kengaytiradi.
Bundan
tashqari, bimetall, umuman olganda esa ko‗p qatlamli quymalar olish
imkoniyati paydo bo‗ladi.
Elektr shlak yordamida quyishda quyma pribil (qo‗shilish) qismisiz bo‗ladi,
chunki kristallanish sharoitlari kirishish kovaklari va o‗q bo‗yicha g‗ovaklikning
hosil bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydi. Suyuqlantirish agregatining quyish qolipi bilan
birlashtirilishi litnik sistemasiga metall sarflanishiga yo‗l qo‗ymaydi.
Ichki
bo‗shliqlar hosil qilish uchun quymalarda, odatda quyish qolipi sterjeni rolini
o‗ynaydigan qo‗zg‗al- mas dronlardan foydalaniladi. Elektr shlak yordamida quyish
jarayonlari yuqori bosim ostida ishlaydigan detallarni quyish uchun keng
qo‗llaniladi (5.3- d rasm).
Elektr shlak yordamida quyish texnologiyasi quyidagi operatsiyalarni o‗z
ichiga
oladi: sarflanadigan elektrodlarni shay qilish, pechni tayyorlab qo‗yish, flusni
tayyorlash, start va stabillash,
qayta suyuq lantirish, quymaning yuqori qismini
shakllantirish (xot- topping [48]), kristallizatorda sovitish va quymani chiqarib
olish. Bu — quyma pechdan «chiqarib olinadigan» yagona jarayondir.
Sarflanadigan elektrodlarni tayyorlash uchun metall odatdagi po‗lat
suyuqlantiriladigan pechlarda suyuqlantirib olinadi. Elektrodlar tayyorlashning eng
ilg‗or usullaridan biri — uzluksiz quyib chiqishdir. Sarflanadigan elektrodlarga
qo‗yiladigan texnik
shartlarda kimyoviy tarkib, dastlabki metallni suyuqlantirib
314
olish texnologiyasi, elektrod yuzasiga qo‗yiladigan talablar, egri chiziqlilik hamda
qalinligining turlicha bo‗lishiga qo‗yimlar aytib o‗tiladi.
Suyuqlantirish qattiq yoki suyuq holatda bo‗lishi mumkin bo‗lgan startdan
boshlanadi. Qattiq startda shlak vannasi hosil qilish bevosita kristallizatorda start
ekzotermik aralashmasini suyuqlantirib bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: