Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

lean production
» tamoyillariga, 
additiv, nano- va biotexnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarning ko‘proq 
ta’siri ostida amalga oshirila boshlaydi. Mos ravishda, boshqaruv qarorlari ishlab 
chiqish va qabul qilish uchun talab qilinadigan axborot hajmi yana ham ortadi, 
tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha boshqaruv strukturasi qayta 
formatlanadi, aholi va biznesning davlat organlari bilan o‘zaro aloqalari tizimida 
katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning ijobiy 
yo‘nalishiga o‘tish bosqichidagi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi: 

elektron hukumat konsepsiyasini amalga oshirish; 

transport, uy-joy kommunal hizmatlarini va boshqalarni kompleks 
axborotlashtirishga asoslanadigan «raqamli shahar» g‘oyasini tatbiq etish; 

yangi texnologik avlod tovarlarining bozorda ommaviy raivshda paydo 
bo‘lishi (masalan, robotlar, haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqarish va 
boshqalar); 

3D-printerlarning ishlab chiqarishda qo‘llash ko’lamining ortishi; 

«aqlli» va o‘ta ekologik uy-joylar qurish g‘oyasini amalga oshirish, bu 
katta hajmdagi yangi pardozlash va qurilish materiallari talab qiladi; 

organizmni yoshartirish, davolash bilan bog‘liq innovatsion tibbiy 
preparatlarga talabning o‘sishi; 

turli xildagi muqobil va erkin bandlik shakllari, jumladan, autsorsing 
tarqalishi (buxgalteriya hizmatlari, dasturlash, ijodiy faoliyat va boshalar); 


55 

potensial ish beruvchi buyurtmalar joylashtiradigan ko‘p sonli 
professional tarmoqlar yaratish. 
Sanab o‘tilgan omillar tovar va elektron hizmat yig‘indisi sifatida ko‘rib 
chiqilishi mumkin bo‘lgan raqamli iqtisodiyot platformalarini qo‘llash yo‘li bilan 
boshqaruv va ishlab chiqarishdagi harajatlarni qisqartirish bilan bog‘liq.Gap 
birinchi navbatda, hizmatlar buyurtmasi, resurslardan birgalikda foydalanish, 
kontragentlar tanlab olish, electron savdo, to‘lovlar va shu kabi platformalar haqida 
boradi.Texnologik 
jihatdan 
raqamli 
iqtisodiyot 
yuridik 
va 
jismoniy 
shaxslarningbirgalikdagi faoliyati bo‘yicha o‘zaro aloqa qilishi mumkin bo‘lgan 
muhitni ifodalaydi. Hizmatlar sohasida raqamli texnologiyalar katta hajmdagi 
operatsiyalar bilan namunaviy vazifalarni arzon, qulay va vositachilarsiz qilishga 
qodir bo‘lib, bunga 
Uber
taksi buyurtmasi (biznesni «uberizatsiya» qilish), 
elektron savdo, internet-banking va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida daromadlilik darajasini oshirish uchun 
vositachilarni avtomatik tarmoq servislari (yetarli darajada yaxshi ishlayotgan sayt 
yoki mobil ilova) bilan almashtirish mumkin. Biznesni bunday tashkil qilishhizmat 
qiymatini sezilarli ravishda pasaytirishga imkon berishdan tashqari, to‘liqsiz 
bandlik va yakka tartibda ishlab chiqarishning turli shakllari rolining ustunlik
qiladigan yangi iqtisodiyot strukturasiga olib kelishi mumkin.
Kraud-fanding va kraudsorsing texnologiyalari ham raqamli iqtisodiyot 
texnologiyalari sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.Vositachilarni bartaraf qilish, 
internetni rivojlantirish va «aqlli» avtomatlashtirilan servislar yaratish– bu ham 
qo‘shilgan qiymat olishga asoslanadigan iqtisodiyotdan hamkorlik va ne’matlar 
ayirboshlashga asoslangan iqtisodiyotga o’tishdir (shu jumladan «shering-
economy»). Shu sababli, raqobat o‘zaro manfa’atli kooperatsiya va o‘zaro 
aloqalarga o‘rin bo‘shatib beradi vako‘proq vertikal aloqalarga emas, teng o‘zaro 
munosabatlarga, bir-birini to‘ldirib turadigan hizmatlar taqdim etishga asoslanadi. 
Bu yerdan hizmatlar elektron savdosi va hajmining ortishi va servislar sonining 
o‘sishi kelib chiqadi. Jahon banki mutaxassislarining aniqlashicha, yuqori 
tezlikdagi internetda foydalanuvchilar sonining 10% o‘sishi YIM yillik o‘sishini 


56 
0,4% dan 1,4%gacha oshirishi mumkin. Davlatlarning YIM dagi ulushi electron 
iqtisodiyot vositasida yiliga qariyb 20% o‘sishi bunday iqtisodiyotning ahamiyati 
tan olinishi hisoblanadi, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha yeti 
foizni tashkil qiladi. O‘sish sur’ati saqlanib qolgan holda 10-15 yildan keyin 
bunday iqtisodiyotning jahon YIMdagi ulushi bashoratlarga ko‘ra 30-40%ga 
yetishi mumkin ekan. Zamonaviy axborot platformalarini birlashtirish asosida 
o‘zaro aloqalarni tashkil qilishning yangi ijtimoiy modellari iqtisodiy 
texnologiyalarning (NET) misolida mujassam etilishiga olib keladi. NET ning 
asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

tamomila yangi biznes-modellar ishlab chiqish; 

turli axborot texnologiyalari va ulardan iqtisodiyotning real sektorida 
tashkiliy-texnologik jaryonlarda foydalanishni optimal birlashtirish; 

transaksiya harajatlari va moddiy resurslar ishlab chiqishda qo‘llanadigan 
moddiy resurslarni minimallashtirish. 
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy axborot texnologiyalari asosida va real iqtisodiy 
sharoitlarga muvofiq rivojlanadi. Agar ilgari ishlab chiqarish, savdo va moliya 
texnologiyalari izchillik bilan rivojlangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib, asosan 
gorizontal o‘zaro aloqalarga (o‘zini-o‘zi tashkil qilish va singulyarlik), innovatsion 
tadbirkorlikka (o‘zini-o‘zi rivojlantirish), axborot injiniringiga (o‘zini-o‘zi 
takomillashtirish) 
vaiqtisodiy 
jarayonlarni 
avtoformalizatsiyalashga 
(avtostrukturalash) asoslanadigan zamonaviy axborotlashgan iqtisodiyotning asosi 
bo‘lgan NET paydo bo‘lgan. NET ning moddiy asosini data-markazlar hamda 
axborotni tizimlashtirish va tahliliy qayta ishlash uchun mo’ljallangan zamonaviy 
IT-platformalari tashkil qiladi.
Biznes-tahlil va boshqaruv konsaltingi bo‘yicha hizmatlar «provaydingi» 
rivojlanishi ham raqamli iqtisodiyotda dolzarb ahamiyatga ega. Yangi institutlar – 
axborot-konsalting hizmatlari va davlat rivojlanish agentliklari ishbilarmonlik 
muhitini takomillashtirishning tashkiliy asosi hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotning 
jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini baholash nuqtai-nazaridan Iqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hisobotlari alohida qiziqish uyg‘otadi. 2008 yil ushbu 


57 
tashkilot doirasida Seul shahrida (Janubiy Koreya) internet iqtisodiyotining 
kelajagi haqidagi Deklaratsiya qabul qilingan. Ushbu deklaratsiya doirasida, 
quyidagi jadvalda ko‘rsatilganidek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun eng 
muhim bo‘lgan yettita mavzu muhokama qilingan. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish