Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Google, FaceBook, 
Amazon, Intel 
kabi yuqori texnologiyali transmilliy korporatsiyalarga tayanishi 
mumkinligi uchun; 
AQSHda uning salohiyatidan firmaning o‘zi uchun va hamda mamlakatga 
naf keltirish uchun raqamli iqtisodiyotni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish 
mumkin va buning uchun xususiy kompaniyalar zaruriy miqdori bo‘lishi lozim. 
Biroq ushbu strategiyada yaqqol kamchiliklar ham bor bo‘lib, ularning 
asosiylaridan biri, yetuk raqamli iqtisodiyot shakllantirish jarayonining ancha 
uzunligi hisoblanadi. Boshqa norasmiy yetakchi – Xitoy ko‘p jihatdan qarama-
qarshi 
strategiyani, 
raqamli 
iqtisodiyotni 
reja 
asosida 
rivojlanirishni 
yo’linitanlagan. Bu fenomenni yaqindan ko‘rib chiqilganida ma’lum bo‘lishicha, 
Xitoy e’lon qilgan strategiya ikkita parallel va bir-biri bilan qariyb bog‘liq 
bo‘lmagan yo‘nalishlardan iborat: 
1. Sanoat internetini joriy qilish hisobiga ishlab chiqarishni raqamlashtirish; 
2. Sotuv bozorini yanada kengaytirish uchun Internet imkoniyatlaridan 
foydalanish. 
Tanlab olingan strategiya quyidagi to’rt asosiy tarkibiy qismni ko‘zda tutadi: 
Logistika va ishlab chiqarishi total raqamlashtirish; 
Raqamli iqtisodoyot uchun normativ-huquqiy baza ishlab chiqish; 
Boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish, raqamli platformalar yaratish; 
Raqamli platformalar va ekotizimlarni umumiy makonga optimal ravishda 
integratsiya qilish. 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O‘zbekiston uchun uning dunyo 
maydonidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik 


52 
masala hisoblanadi. Shuni ham tan olish kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda 
maqbul keladigan tadbir qisqa davrda – birinchi navbatda, texnologik ortda 
qolishdan qutulishdir. Hosirda esa mamlakatimizda zarur miqdordagi iqtisodiyot 
sub’ektlari yo‘qligi tufayli yetuk raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan shakllantirish 
uchun shart-sharoitlar yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning 
rivojlanishini ucuh shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish 
va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir. 
Milliy iqtisodiyotning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM 
asosiy qismi davlat korporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo‘lgan 
kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab tarmoqlarida 
davlat ishtirokidagi o‘yinchilar bozorning 80%gacha bo‘lgan qismini tashkil qilishi 
mumkin. Bunday sharoitlarda profilli vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari 
rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo’lib 
hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga 
mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini 
yaratadi. Raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda asosiy e’tiborni quyidagi 
yo‘nalishlarga qaratish zarur: transport, telekommunikatsiyalar, energetika, 
ma’lumotlarni qayta ishlash, sog’likni saqlash, dori-darmonlar logistikasi, turizm, 
tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk va ishlab chiqarish. Aynan shu 
sohalarning rivojlanishi infratuzilma va texnologik bazis yaratishga imkon beradi, 
ularni boshqa sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli iqtisodiyotni 
maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin. Bunday yondashuv bugungi kunda 
respublikamiz uchun eng maqsadga muoviq bo‘lib ko‘rinadi, lekin u ham 
kamchiliklardan xoli emas, albatta. Mos keluvchi strategiya unga asoslanishi lozim 
bo‘lgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan 
yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozim. 
Ushbu bobga yakun tariqasida shuni alohida aytib o‘tishni istardikki, 
rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyoti ko‘plab dasturlari (AQSH, Avstriya, 
Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar) asosiy e’tiborni “raqamli 
tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratadi. Bunday loyihalarni 


53 
rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, lekin u bir qator 
dalillar bilan asoslanadi 
birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb turidagi 
ochiq jamiyatda jamiyat tomondan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim. 
Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi 
ostida boradi; 
ikkinchidan, yirik sanoatlarda raqamli texnologiyalar joriy qilish ertami-
kechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy 
loyihalar esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (ya’ni, 
maqsadga muvodiq narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga 
muvofiqdir); 
uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni 
ma’lum bir ko‘rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik 
asoslarga ega bo‘ladi. Keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish natijasida 
ko‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga ega 
bo‘linadi, bu esa foydalanuvchi nuqtai-nazaridan texnologiyalarni takomillashtirish 
va ularni aholining keng qatlamlari uchun ochiq qilishga imkon beradi; 
to‘rtinchidan, raqamli texnologiyalarni sanoatda joriy qilish (masalan, 
ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 
3D
-printerlarni ishlab chiqarishga keng 
miqyosda joriy qilish kabilar) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda 
tutilgan. “Raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish 
esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar 
keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi. Barcha zamonaviy texnologiyalar 
uchun, ayniqsa, boshqaruv tizimi nuqtai-nazaridan shunday ko’rinishdagi «ijtimoiy 
stress-test» zarurdir. Yuqorida aytib o‘tilganlar fikrlar va g’oyalar tufayli, ushbu 
ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit uchun muhimligi bizningcha, o’quvchiga 
ancha tushunarli bo’lgandir. Lekin ularning raqamli iqtisodiyot respublika 
dasturida qanday o‘ringa ega bo‘lishi lozimligi noaniq bo‘lib qolaveradi. Ilk 
pallada, resurslar cheklanganligi sababli, sa’y-harakatlarni qaysi yo‘nalishga 
qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo‘lishi ehtimoli katta, ya’ni, 


54 
oldimizda ikki yo’l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy moslashtirish 
bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni ko‘paytirish yo’li. 
Halqaro rivovlanish hamjamiyatining bashoratlariga ko‘ra, yaqin yillarda, 
hozirgi kunda aksariyat tarmoqlarda yetakchi mamlakatlar yigirmataligidan o‘rin 
olgan kompaniyalarning uchdan bir qismiuning e-platformalaridan yangi servislar 
va biznes-modellar yaratish uchun foydalanadigan qayta qurilgan «eski» 
kompaniyalar va yangi da’vogarlar tomonidan jiddiy raqobat his qiladi. Taxmin 
qilinishicha, bir necha o’n yillar ichida jahon iqtisodiyoti o‘sishining industrial 
bosqichi yakun topadi va uning kelgusi rivoji «

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish