328
bo’lgan ehtiyojni ancha oshiradi, chunki mayning juda ham katta elektr
energiyasini talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatda nisbatan arzon elektr
energiya ishlab chiqarishga imkon beradigan atom elektr
stantsiyalari qurilmoqda
va
yana
Yangilarini
qurish
rejalashtirilmoqda
(
Buni
Rossiyaning
“Atomstroyeksport” tashkiloti amalga oshirmoqda
.
Natijada 2019-2020 yillarga
kelib atigi ikkita energoblok mamlakatga 2Gvt arzon atom elektr energiyasi ishlab
chiqarib beradi
). Rossiya prezidenti ham 2018 yil 1 iyuligacha kriptovalyutalar
aylanmasi va ICO haqidagi qonunlani ishlab chiqishga topshiriq berdi. Chunki
Rossiyada ham kriptovalyutalar bozorida ishlovchilar soni borgan sari oshib
bormoqda.2017 yilning dekabr oyi boshida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro
ham mamlakatda 100 mln ElPetro kriptovalyutasini
chiqarish haqida topshiriq
bergan. Ushbu kriptovalyuta mamlakatda chiqarilayotgan neft bilan ta’minlanadi –
ya’ni 1ElPetro 1 barrel neft narxiga teng bo’ladi. Mamlakat rahbarining fikricha,
ElPetro Venesuelaning “
pul suvereniteti
” ni ta’minlab berishi va pul oqimi hamda
investitsitsiyalarni ko’paytirishi kerak. Boshqa barcha kriptovalyutalardan farqli
o’laroq, bu kriptovalyuta VenesuelaningAyakucho neft konidagi 5 milliard barrel
neft bilan ta’minlanadi.Agarda kriptovalyuta loyihasi muvaffaqiyatsizlikka
uchrasa, har bir kriptovalyuta egasi bir barrel (
yoki bir bochqa
) neft egasi bo’ladi.
Hozirgi narxlarda bu 60 dollar degani. 2018 yil 20 fevralda sotuvga chiqarilgan bu
kriptovalyuta birinchi kunningo’zidayoq 735 mlndollarlik sotildi, bir hafta ichida
esa bu miqdor 1 milliard dollarga yetdi. Muvaffaqiyatdan ruhlangan loyihachilar
endi PetroGold kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayptilar – bu kriptovalyuta
esa oltin bilan ta’minlanadi. Agarda loyiha
muvaffaqiyatli amalga oshsa, Petro
ning kapitalizatsiyasi 6 milliard evroga yetishi mumkin. Frankfurt moliya va
menejment maktabining professori Philipp Sandnerning fikricha, virtual bozordagi
bu kriptovalyuta material boylik bilan ta’minlangan bo’lgani uchun bitkoinga
nisbatan ancha stabil bo’lishi mumkin. Karakasdagi mas’ullarning fikrlaricha,
ularning o’z mustaqil kriptovalyutalari halqaro valyuta bozorlari bilan yaqindan
muloqot qilishga imkon beradi va chet ellardan moliyaviy mablag’larni jalb qila
oladi. Har qanday xolatda ham ElPetro kriptovalyutasi
chiqarishni virtual
329
dunyidagi bir tajriba sifatida qabul qilsh mumkin. Agar bu yondoshuv o’zining
samaradorligini ko’rsatsa, boshqa mamlakatlar ham iqtisodiyotni rivojlantirish
uchun bu tajribadan foydalanishlari mumkin bo’ladi. Evropada ham bunday
jarayonlar davom etmoqda, masalan, Buyuk Britaniya o’z kriptovalyutasini
chiqarishni rejalashtirayapti. Bu kriptovalyuta Britaniya funt-sterlingi bilan bog’liq
bo’lib, markaziy bankning fikricha, u banklar o’rnini bosishi mumkin.
Bunday Angliya milliy kriptovalyutasi 2020 yilning boshlarida chiqarilishi
mumkinligini
The Telegraph
Markaziy bank mulozimiga
ishora qilgan xolda
ma’lum qilgan. Hozirda buni qanday qilib amalga oshirish muammolari ilmiy
izlanish jarayonida o’rganilayapti. Ushbu kriptovalyuta bitkoinning analogi bo’lib,
tranzaktsiya texnologiyalaridan foydalanishni ko’zda tutadi. Markaziy bankning
fikricha, bu kriptovalyuta britaniyaliklarga banklar hizmatidan voz kechib, o’z
pullarini raqamli aktivlarda saqlash imkonini beradi. Kriptovalyuta yordamida
katta tranzaktsiyalarni amalga oshirish mumkin bo’ladi (
masalan, ko’chmas mulk
sotib olish osonlashadi
). 2017 yil dekabr oyi oxirida Izroil davlati ham “Elektron
shakel” deb nomlanadigan o’z kriptovalyutasini chiqarishini bildirdi. Bu bilan
330
Izroil iqtisodchilari ikki muammoni hal qilishmoqchi: iqtisodiyotdagi naqd pul
miqdorini kamaytirish va qora bozorga qarshi samaradorroq kurashish. Bu
kriptovalyuta bitkoinning analogi bo’lmadi, balki
Izroil milliy valyutasiga
ekvivalent bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda jahondagi 500 ta eng
yirik internet-magazinlardan atigi uchtasigina bitkoinni qabul qiladi. Agar jahon
valyuta bozoridagi bir kunlik valyuta operatsiyalari miqdori 5,4 trillion dollar
bo’lsa, kriptovalyuta bo’yicha bir kunlik operatsiyaralar hajmi bor-yo’g’i 3
milliard dollarga yetadi, xolos. Ammo, Jahon Iqtisodiy Kengashi (
DAVOS
)
eksperti Klaus Shvabning ta’kidlashicha, raqamli iqtisodiyotning rivojlanshi
natijasida amalga oshiriladigan to’rtinchi ishlab chiqarish inqilobi (
Do'stlaringiz bilan baham: