322
amalga oshirish uchun
Chainanalysis
deb nomlangan amerika kompaniyasining
shu nomdagi analitik dasturidan foydalanildi. Ushbu dasturni Daniyalik Yan
Moller ishlab chiqqanligi aniqlandi. Lekin bu huquq-tartibot organlari tomonidan
bitkoin-hamyonning egasi aniqlangan (
deanonimizatsiya
) birinchi xodisa emas.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, bitkoin yaratuvchining kimligi xaligacha ma’lum
emas, bu esa bundan eng avval kim foyda olgan va uning (
yoki ularning
)
maqsadlari nima bo’lganini aniqlashga imkon bermaydi.
Xuddi shuning uchun
ham Chronopay kompaniyasining R&D-bo’limi boshlig’i
Dmitriy Artimovich
quyidagi fikrni bildiradi: “
Bitkoin uni dollar yoki boshqa turdagi valyutaga
almashtirish mumkin bo’lmgagani qadar mavjud bo’ladi. Hech qanday mamlakat
o’z moliyaviy tizimini qandaydir tushunarsiz valyuta ixtiyoriga berib qo’ymaydi.
Chunki bitkoinning rivojlanishi bir qancha savollarni yuzaga keltiradi: Kim bu
ishni moliyalasjtirgan? Kim birinchi marta kriptovalyuta almashtirish punktlarini
tashkil qilgan? Kriptovalyutalar ko’proq kimning qiziqish va intilishlariga mos
keladi? Kriptovalyutalar kimlarning maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat
qiladi? va xakazolar. Boshqa tomondan qaraganda, jahondagi ko’pchilik
moliyaviy oqimlarni mahsus hizmatlar nazorat qilishga intiladilar. Shuning uchun
ham kriptovalyutalar tizimi o’z-o’zidan paydo bo’lgan degan fikrga ishonish qiyin.
Balki uni g’arb mahsus hizmatlari tashkil qilib, uni qandaydir usulda nazorat
qilish va boshqarish mexanizmini ham ishlab chiqqan bo’lsalar ajab emas
”. Lekin
CyberFund blokcheyn platformasini ishlab chiqqan dasturchi Valeriy Litvin bu
borada boshqacha fikrni bildiradi: “
Binkoinni mahsus hizmatlar ishlab chiqqan va
uni bekdoor (tizimni izdan chiqarish imkoniyati) bilan ta’minlaganlar degan fikr
dunyo miqyosidagi fitna nazariyasi kabi asosga ega emas, chunki blokcheyn
loyihalarning bacha kodlari ochiq va ularni istalgan inson (yoki tashkilot) istalgan
paytda tekshirib audit qilishi mumkin. Undan tashqari, xuddi bitkoin singari
boshqa turdagi kriptovalyutalar ham paydo bo’layapti va ular ham blokcheyn
texnologiyasi asosida yaratilgan. Ular bitkoinga nibatan ancha katta bo’lgan
anonimlilik darajasiga ega bo’lishlari mumkin
”. Ammo dunyodagi yirik va
ko’zga ko’ringan moliyachilarning kriptovalyutalar bo’yicha turli-tuman
323
munozaralariga qaramay, raqamli kriptovalyutalar borgan sari ko’proq jahon
iqtisodiyotiga ta’sir qilayaptilar va ularga bo’lgan investitsiyalar miqdori kun sayin
ortmoqda. Nima uchun kriptovalyutalar kursi juda tez o’zgaradi va unga egalik
qilishda tavakkalchilik miqdori juda ham katta miqdorda degan savolga
quyidagicha
javob
berish
mumkin.
Moliyaviy
ekspertlarning
fikricha,
kriptovalyutalarning ortida real iqtisodiyot,
tovar va hizmatlar harakati, kapital
harakati, to’lov qobiliyati pariteti kabilar turmaydi, xuddi shu tufayli ham
kriptovalyutalar ularni boshqarish bo’yicha Yangiliklar va shu kabi boshqacha
stress faktorlarga juda ham sezgirdirlar. Shu tufayli turli mamlakatlarda
kriptovalyutalarga turlicha yondoshuv mavjud: Ba’zi mamlakatlarda ular umuman
nazorat qilinmaydilar, boshqalarida esa kriptovalyutalar allaqachon to’lov vositasi
sifatida ishlatiladilar. Bu yo’nalishda umumjahon qonunlari paydo bo’lishi ham
ehtimoldan holi emas. Kriptovalyutalar bozorining kelajakdagi xolatiga nazar
solsak, bu bozorda tavakkalchilik xali-hanuz ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun
ham uzoq va qisqa muddatli perspektivalarda ko’tarilish
va pasayishga tayyor
bo’lgan investorlargagina bu bozorda o’ynash tavsiya etiladi.
И
Quyida nima sababli, kriptovalyutalar kursi tez-tez va shiddatli tarzda
o’zgarishining yana boshqa bir qancha sabablari keltiriladi: Bularning birinchisiga
xuddi oddiy pullar va qimmatli qog’ozlar bozorida bo’lgani kabi “ruhiy”
faktorlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, investorlarni kutish, talabning
vaqtinchalik ko’payib ketishi, talab o’sishining sekinlashuvi, juda tez o’sishdan
so’ng charchoqlik xolati kabilar. Kriptovalyutalar bozorining boshqa turdagi
aktivlar bozoridan asosiy farqi uning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liq emasligidir.
Mamlakatlar iqtisodiy hayotiga bitkoinlar kursining o’sishi
yoki kamayishi
xozircha ta’sir qilmaydi. Aksincha, dollar kursi tebranishi yoki neft narxi
o’zgarishi iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi sabab, kriptovalyutalarning
Yangi raqamli valuta turiga mansubligidir. Ko’pchilik uning nimaligini juda yaxshi
tushunmaganligi uchun informatsion o’yinlar vositasida kriptovalyutalar kursini
ko’tarish yoki tushirib yuborish mumkin. Bunda ommaviy axborot vositalari va
ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyatga ega. Internetdagi qandaydir Yangilik uning
324
kursini
tushirsa, boshqasi kursni ko’tarib yuboradi. Bu boradagi ko’pchilik
ma’lumotlarni tekshirishning o’zi ham katta muammodir. Uchichi sabab sifatida
kriptovalyuta dastur kodining Yangilanishini (
hardfork
) keltirish mumkin. Kurs
ma’lum maksimal darajaga yetgandan so’ng oldi-sotti vaqtincha to’xtatilishi
mumkin, ammo bu umumiy xolatga katta ta’sir ko’rsatadi. Bitkoinning kursi juda
ham o’zgaruvchan (
volatil)
bo’lgani uchun yirik investorlarning savdoga aralashuvi
kursni anchagina o’zgarishiga olib keladi. Bu esa bitkoin puffagi xali bir necha bor
kattalashishi va kichiklashishi mumkinligini anglatadi. Bitkoin kursi qachon
stabillashishini xozircha hech kim bashorat qila olmaydi, shuning uchun bitkoin
egalariga sabr qilish tavsiy etiladi.
Qaysi kriptovalyutani sotib olish kerak va qaysisini sotish kerak degan
savolga javob berish ham juda murakkab masala. Ammo hozirgi sharoitlarni
hisobga olgan xolda bitkoindan voz kechish ham unchalik to’g’ri bo’lmas. Negaki
xozirgi paytda investorlar unga juda qattiq ishonadilar. Bitkoinga bo’lgan ishonch
bitcoin cash
va
bitkoin gold
ga bo’lgan ishonchga nisbatan ancha katta miqdorda.
Undan tashqari, bitkoinning boshqa koinlarga nisbatan ishonch zahirasi anchagina
kattaligini payqash mumkin. Agarda eng ommabop raqamli valyuta – bitkoinga
al’ternatuva qidirilsa, u xolda bir qancha variantlarni taklif etish mumkin. Masalan,
bitkoin daromad darajasi bo’yicha bir qancha kriptotokenlardan quyiroqda yuradi.
Misol uchun, Stratis (STRAT) ning narxi 2016 yil
iyulidan buyon ICO tashkil
qilingandan keyin 600 barobarga o’sgan bo’lsa, xuddi o’sha davrda bitkoin bor-
yo’g’i 30 barobarga o’sgan. SpectroCoin (
kriptovalyutalar birjasi
) narxi esa 2017
yil yanvaridan buyon 400 barobarga o’sgan. Expertlarning fikricha, 2018 yil ham
kriptovalyutalar uchun oldingi yilga o’xshash buhronli bo’ladi. Rossiyadagi Wirex
kriptobankining asoschilaridan biri Pavel Matveevning fikriga ko’ra esa, 2017 yil
oxiridagi tendentsiyalar bitkoin narxi 8000 dollargacha tushishini anglatadi.
Boshqa expertlar esa bitkoinning narxi 2018 yil davomida 50 ming dollargacha
o’sishini bashorat qilishadi. 2018 yilda bitkoin (BTC) ning narxiga Yaponiya,
Xitoy, Belorusiya, Venesuela, Rossiya va dunyoning boshqa yetakchi
kriptoiqtisodiyotli davlatlarida tegishli qonunlarning qabul qilinishi katta ta’sir