Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

yoki

distantsion (
masofaviy
) bo’limlarini tashkil qilish mamlakat ta’lim tizimi, 
ta’lim dargohlaring rivojlanishi va yoshlarning bilim olishi uchun katta 
imkoniyatlar yaratib beradi; 

Turli xil ko’rinishdagi ta’lim turlarining xosil bo’lishi ta’lim vazirliklari 
qoshida malakali professor-o’qituvchilarni (
shu jumladan, nafaqaga 
chiqqanlarni ham
) jalb qilgan holda raqamli interaktiv electron kitoblar, 


231 
electron o’quv qo’llanmalari va alohida fanlar bo’yicha masofaviy ta’lim 
kurslari tayyorlash zaruriyatiga olib keladi (
bu ish hozigiga o’xzhab tekinga 
emas, balki professor-o’qituvchilar bilan shartnomalar tuzish asosida 
amalga oshiriladi
). Bu esa ushbu ishlarni amalga oshirish bo’yicha 
respublika ishchi kengashini (
tashkilotini yoki kompaniyasini
) tashkil qilish 
vazifasiga olib keladi. Uning zimmasiga respublika miqyosida zamonaviy 
hamda sifatli raqamli interaktiv electron kitoblar, raqamli electron o’quv 
qo’llanmalari va masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash (
yoki ularni chet 
tillardan o’zbek tiliga o’girish
) vazifasi yuklanadi; 

Bu ishga majburiy tarzda mamlakatda information texnologiyalarning 
tadbiqi bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlarni, ta’lim muassasalarini, 
kompaniyalarni va yetakchi institut hamda universitetlarni jalb qilish; 

Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni qoshida eng malakali 
mutahassislarni jalb qilgan holda bu ishlarni koordinatsiya qiluvchi ishchi 
guruhlar tuzish; 

Barcha ta’lim muassasalari uchun raqamli interaktiv elektron kitoblar va 
raqamli o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish 
kerakligini ustuvor vazifa sifatida ko’rsatish hamda bu ishlarni bajarish 
bo’yicha reyting ko’rsatgichlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish; 

Chet ellarda ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o’tgan biz uchin muhim 
bo’lgan raqamli interaktiv electron kitoblar, qo’llanmalar, ta’lim sohasiga 
oid komp’yuter o’yinlari, intellectual ta’lim platformalari, masofaviy ta’lim 
tizimlari, dasturlar va saytlari o’zbek tiliga o’girib, ularni mahsus respublika 
fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda barcha 
ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish; 

Har yili eng yaxshi raqamli interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, ishga 
tushirilgan masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq 
komp’yuter o’yinlari tanlovini o’tkazish va g’oliblarni munosib taqdirlash va 
erishilgan natijalarni respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga 


232 
joylashtirish hamda ularni barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun 
tarqatish; 

Har yili bir marta respublikada yaratilgan raqamli interaktiv kitoblar, o’quv 
qo’llanmalar, masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq 
komp’yuter o’yinlari bo’yicha anjuman va seminarlarni respublika va 
viloyatlar miqyosida tashkil qilish; 

O’zbekistondagi turli sohalarda o’rta va oliy ta’lim olishni istagan 
fuqarolarning ishlab chiqarish va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan 
holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan masofaviy ta’lim (
distance 
education
) tizimini rivojlangan chet ellarning “
distance education – MOOC 
– massive open online cources
” platformalari andozalari asosida tashkil 
qilish va ularni zudlik bilan ishga tushirish. Bu – birinchidan barcha ta’lim 
olishni istovchilar uchun teng imkoniyatlar yaratsa, ikkinchidan, ta’lim 
tizimi uchun sarflanayotgan mablag’larni ancha kamaytirishga imkon beradi 
va uchinchidan, yosh yigit-qizlar uchun davlat tomonidan sarf-harajat talab 
qilmaydigan juda ko’p miqdordagi yangi ish joylarini yaratadi; 

Ta’lim 
muassasalaridagi 
professor-o’qituvchilarning 
ish 
faoliyati 
monitoringi ba baholovida ularning raqamli interaktiv electron kitoblar, 
interaktiv o’quv qo’llanmalar hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter 
o’yinlarini ishlab chiqishlari va ulardan foydalanishlarini ham hisobga olish; 

Ta’lim dargohlari o’qituvchilarining ilmiy, uslubiy, tarbiyaviy, tashkiliy va 
ma’naviy ishlar bilan to’laqonli shug’llanishlarini ta’minlash uchun ta’lim 
muassasalaridagi asosiy shtatda to’liq bir stavkada (
va undan ortiq 
stavkalarda
) ishlaydigan barcha professor-o’qituvchilar uchun kuniga 6 soat, 
haftasiga 6 kunlik ish kuni joriy qilish va buni qat’iy nazorat qilishni o’quv 
va monitoring bo’limlariga yuklash. Chunki ish vaqti aniq bo’lmagani 
tufayli ko’pchilik professor-o’qituvchilar ta’lim muassasasidagi o’z ishlarini 
ikkilamchi deb hisoblab, asosan boshqa joylarda ishlaydilar (
firmalarda, 
kompaniyalarda, biznesda, dalada, ichki va tashqi bozorlarda va shunga 
o’xshash joylarda
). Bu esa ularning ish sifatiga, bilimiga, ish unumdorligiga 


233 
jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatayapti. Xuddi shuning uchun ham raqamli 
innovatsion ta’lim usullarini joriy qilish va ularni qo’llash o’qituvchilar 
uchun ortiqcha tashvish bo’lib hisoblanadi, albatta; 

Agar yuqoridagi tartib amalga oshirilsa, boshqa joylarda asosiy ish joyi 
sifatida faoliyat ko’rsatadigan barcha professor-o’qituvchilar yarim (
yoki 
chorak
) stavkaga ishga o’tishga yoki soatbay ishlashga yoki ishdan 
bo’shashga majbur bo’ladilar. Bular o’rniga esa ta’lim maskanlariga 
yoshligidan qat’iy-nazar malakali, bilimdon, kuchga to’lgan, chet tillarni 
biladigan, zamonaviy komp’yter dasturlarida bemalol ishlay oladigan, ilg’or 
fikrli, iste’dodli va tashabbuskor pedagoglarni ishga olish mumkin bo’ladi. 
Xuddi shularginaraqamli innovatsion ta’lim usullarini ta’lim muassasalariga 
olib kirish va keng miqyosda tadbiq qilishda jonbozlik ko’rsatishlari 
mumkin; 

Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan (
yoki tarjima qilingan, 
moslashtirilgan

raqamli 
interaktiv 
electron 
kitoblar 
va 
o’quv 
qo’llanmalardan barcha talabalar va o’qituvchilar foydalana olishlari uchun 
ularni mahsus ta’lim portaliga (
shu jumladan, vazirliklar va ta’lim 
muasasalari saytlariga, kutubxonalarga, resurs markazlariga
) joylashtirish 
maqsadga muvofiq bo’lar edi; 

Raqamli interaktiv kitoblar, masofaviy ta’lim platformalari va elektron 
o’quv qo’llanmalar yaratgan kimsalarni yaxshilab moddiy va ma’naviy 
taqdirlash ham ularning soni va sifati oshishiga ijobiy ta’sir qilgan bo’lar 
edi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish