Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Inkling Systems
 deb nomlangan kompaniyani 
ham keltirish mumkin. Bu kompaniya nashriyotchilar uchun planshet 
komp’yuterlarda va internetda foydalanishga mo’ljallangan raqamli interaktiv 
o’quv qo’llanmalar yaratishga yordam beradigan mahsus dastur-platforma ishlab 
chiqqan. 
Inkling Systems
o’z ilmiy-tijoriy ishlarini yanada rivojlantirish uchun turli 


223 
venchur fondlardan, shu jumladan, 
Sequoia Capital
dan 17 million dollar mablag’ 
jalb qila olgan. 
Video o’yinlar orqali ta’lim olish usuli 
Uzoq davrlar mobaynida ta’lim jarayoniga video o’yinlarni jalb qilish 
masalasiga unchalik katta e’tibor berilmagan edi. Ko’pchilik pedagoglar video 
o’yinlarni bekorchi vaqt o’tkazish deb hisoblaganlar, boshqalari esa uni yosh 
avlodning “
ma’naviy buzilish
” yoki ularni to’g’ri yo’ldan ozdirish vositasi sifatida 
tushunadilar. Xozirgi davrda esa bunday ehtirosli yondoshuvlarni uzoqni ko’ra 
bilmaslik bo’lganligini qayd etish mumkin. Turli darajadagi va sohalardagi 
ta’limga oid mutaxassis-ekspertlarning holisona fikrlariga ko’ra, video o’yinlari, 
boshqa turdagi media vositalarga qaraganda real dunyodagi bilimlarni va 
tajrivalarni virtual dunyoga kirgan holda yaxshiroq o’zlashtirish imkonini yaratar 
ekanlar. Avstraliyadagi 
Foresign Institute
ning ilmiy izlanishlariga ko’ra, video 
o’yinlarining 
Civilisation III
deb nomlangan strategiyasi modeli tarixiy 
jarayonlarning rivojlanish mantiqi haqida juda yaxshi taa’surot hosil qiladi va 
buning natijasida nega ba’zi bir tsivilizatsiyalar yer yuzidan izsiz yo’qolib ketishi 
va ba’zilarining esa tez sur’atlar bilan rivojlanib ketishi sabablarini tushuntirib 
beradi. Shunday qilib, agarda o’quvchi oddiy tarix kitoblaridan o’tmishning muhim 
voqea-hodisalari haqida qandaydir ma’lumotlar olsa, katta miqyosdagi va yaxshi 
o’ylab tashkil qilingan o’yin simulyatorlari undan ko’ra ko’proq va muhimroq 
ma’lumotlarni bilish hamda o’zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Ya’ni, insoniyat 
jamiyatining rivojlanishi aniq qonuniyatlarga bo’ysunishini va xuddi shu tufayli 
qandaydir yo’nalishlarda rivojlanishini anglashga imkon beradi. Masalan, 
Serious 
Games
deb nomlangan jiddiy komp’yuter o’yinlari tarafdorlari bunday 
o’yinlarning tashqi ko’rinishiga kamroq ahamiyat berib, uning o’yin mexanikasiga 
asos solingan abstract printsiplarga ko’proq e’tibor berish kerakligini uqtiradilar. 
Nimalargadir o’rgatuvchi va nimalardir bo’yicha malaka oshirishga imkon 
beruvchi komp’yuter o’yinlarining ko’zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklariga 
qaramasdan, zamonaviy ta’lim tizimida video o’yinlar vositasida o’qitish usulidan 
juda kam miqyosda foydalaniladi. Buning sababi nafaqat jamiyatning komp’yuter 


224 
o’yinlariga nisbatan salbiy munosabati, ko’pchilik katta mavqega ega va keksa 
yoshdagi pedagog-olimlarning kom’yuter o’yinlari kontseptsiyasini juda yuzaki 
tushunishi (
yoki komp’yuter savodxonligi past darajada ekanligi tufayli umuman 
tushunmasligi
), balki murakkab, mantiqli, chiroyli, qiziqarli va aynan kerakli 
bo’lgan komp’yuter o’yinlarini yaratish uchun juda katta mablag’lar kerakli 
bo’laganligidir. Bu to’siqni muvaffaqiyatli yengib o’tish uchun ishonch, bilim, 
intilish, moliyaviy va tashkiliy baza hamda siyosiy chora-tadbirlar kerak boladi. 
Misol sifatida, zamonaviy komp’yuter o’yinlarining asosiy nazariyotchilaridan biri 
bo’lgan 
Yan Bogost
tomonidan ishlab chiqilgan tijoriy yo’nalishdagi 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish