Dialektlarga xos so’zlar qo’llanishi territoriyaga ko’ra chegaralangan
leksemalardir. Bunday so’zlar leksik dialektizmlar sanaladi. Ular ikki xil bo’ladi:
a) dialektizm-so’z. Bunda so’zning ifoda plani, demak, nomemasi shevaga xos
bo’ladi: buzog’- Toshk. sh., go’sala- Bux. sh., o’djak- Xorazm. sh. (ad.-orf.
buzoq); rayhon- Toshk. sh., nozvoy- Sam. sh. (ad.-orf. rayhon); yostiq- Toshk. sh.,
taka- og’iz. dial, bolish- Bux. sh. (ad.-orf. yostiq); do’ppi, to’ppi- Toshk. sh.,
qalpoq- Sam. sh., kallapo’sh- Bux. sh. (ad.-orf. do’ppi) kabi.
b) dialektizm-ma’no. Bunda leksemalarning ifoda plani (nomemasi) emas,
ma’nosi (sememasi) shevaga xos bo’ladi, nomema es adabiy tilda ham qo’llanadi.
Masalan, chopqi (Toshk. sh.) - chopqi (Sam.sh.) – chopqi (ad. tilda). Demak,
chopqi nomemasi dialektizm so’z sanalmaydi, ammo uning shevalardagi ma’nolari
bir xil emas. Qiyos qiling: chopqi (Toshk. sh.-“shox-shabba qirqish, go’sht, piyoz
qiymalash va sh. k. ishlarda qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash
asbob”) - chopqi (Sam.sh.-“tig’i sopi ichiga qayirib yopib qo’yiladigan pichoqcha,
qalamtarosh”) – chopqi (ad. tilda.-“shox-shabba qirqish, go’sht qiymalashda
qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob”). Demak, chopqi
leksemasining semantik tarkibida ikkita semema (leksik ma’no) bor: 1) Toshkent
shevasi va adabiy tildagi ma’nosi. Bular dialektizm emas; 2) Samarqand
shevasidagi ma’nosi. Bu ma’no faqat shevaga xos bo’lib, adabiy tilga o’tmagan,
shuning uchun u dialektizm- ma’no (dialektizm-semema) sanaladi. Bunday holni
lagan leksemasida ham ko’ramiz. Bu leksema adabiy tilda “quyuq ovqatlar
solinadigan, tarelkadan katta yassi idish” ma’nosini anglatadi. Demak, u shu
shaklda va ma’nosida dialektizm emas, ammo lagan leksemasining shevalarda
“katta chuqur to’garak idish”, “kir yuviladigan tog’ora” ma’nolari ham bor, lagan
so’zining ayni shu ma’nolari dialektizm-sememalar sanaladi.
Tilning lug’at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari, frazeologik
dialektizm ham uchraydi (Bu haqda “Frazeologiya” bo’limiga qarang). Leksik va
frzeologik dialektizmlar birgalikda lug’aviy dialektizmlar hisoblanadi.
Dialektizm hodisasi tilning fonetik va grammatik sathlarida ham bor:
a) fonetik dialekizmlar dialektga xos nutq tovushlari yoxud so’zning u yoki bu
shevadagi fonetik tarkibi. Masalan, o’zbek tilining qipchoq lahjasi shevalarida 9 ta
unli fonema bor: i-ы, a'-a, u'-u o'-o va e. Bunday zidlanishning har bir a’zosi
ma’nosini farqlashga xizmat qiladi. Qiyos qiling: tish (“odamning tishi”) – tыsh
(“tashqari”), ыs («qurum») – is («hid»), sыz («chiz») – siz («siz»)
1
, ot (o't: «olov»,
«o'simlik») – o't («o'tishga buyruq»), or (o'r: «bedani o'r») – o'r («sochni o'r»), tur
(«turishga buyruq») – tu'r («xil», «jins»)
2
kabi. Biroq hozirgi o’zbek adabiy tilining
fonologik tizimida unli fonemalarning bunday zidlanishi (“yo’g’onlik” va
“ingichkalik” belgilari bilan farqlanish) yo’q, demak, yuqoridagi so’zlarning har
biridagi unli fonema faqat shevaning o’zigagina xos, shunga ko’ra ular fonetik
dialektizmlar sanaladi.
Sirg’aluvchi y va qorishiq dj undoshlari shevalarda ham, adabiy tilda ham
bor. Demak, ular dialektizm emas, ammo bu tovushlarning shevada va adabiy tilda
qo’llanishi farqlanadigan o’rinlar uchraydi. Xususan, so’zning boshida adabiy
tildagi y o’rnida qipchoq lahjasining “dj”-lovchi shevalarida qorishiq dj ishlatiladi:
yo’q (ad.-orf.) - joq (shevada); yigit (ad.-orf.) - jigit (shevada); yilon (“y”-lovchi
shevalarda)-jilan (“j”-lovchi shevalarda) kabi. Bu hodisa k va g, t va d
undoshlarining qo’llanishida ham yuz beradi: ko’z (ad.-orf.) – go’z (Xorazm sh.),
kel (ad.-orf.) – ga’l (Xorazm sh.), til (ad.-orf.) – dil (o’zbek tilining o’g’uz
lahjasida) kabi
1
. Bu hodisa leksik-fonetik dialektalizm deb baholanadi.
b) grammatik dialektizmlar- biror shevaning o’zigagina xos (adabiy tildagidan
o’zgacha) grammatik shakllari. Mas., adabiy tildagi “-miz” (shaxs-son affiksi)
o’rnida Toshkent shevasida “-vuz” affiksi ishlatiladi: boramiz (ad.-orf.) – borovuz
(Toshk. sh.) kabi. Adabiy tildagi “-da” (o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi) o’rnida
Samarqand shevasida “-ga” qo’llanadi: Toshkentda o’qiyapman (ad. tilda) -
Toshkentga o’qopman (Sam. sh.) kabi. Hozirgi zamon davomli fe’li shakllari
shevalarda “-vot” (Toshk.), “-op” (Sam.), “-utti” (Nam.) affikslari bilan
ifodalanadi: borvotti, boropti, borutti kabi. Keltirilgan misollarning shevalardagi
turlari grammatik dialektizmlar sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |