So’z o’zlashtirish- boshqa til so’zlarining o’zbek tiliga olinishi.
O’zicha olish- boshqa til leksemasining o’zgarishsiz yoki juz’iy o’zgarish
bilan o’zlashtirilishi.
Kalkalab olish- boshqa tildagi so’zning morfemik tarkibidan qismma-qism
nusxa ko’chirish orqali so’z yasalishi, bu so’zda boshqa til leksemasi ma’nosining
ifodalanishi.
Semantik kalka- tilda azaldan mavjud bo’lgan so’zga boshqa til
leksemasining ma’nosini yuklash.
LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI
Leksemalarning ishlatilish doirasi
Leksemalarning ishlatilish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan bo’lishi
mumkin. Bunday ikki guruhga ajralish asosan ot, sifat, ravish va fe’l
turkumlaridagi leksemalarga xosdir. Son va olmosh turkumlarida, shuningdek,
bog’lovchi, yuklama, ko’makchi va undovlarda ishlatilish doirasi chegaralangan
so’zlar yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |