Leksikologiyaning obyekti- tilning lug'at boyligi, leksik tizimi.
Lug'aviy birliklar- so'z va iboralar (leksema va frazemalar).
Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar) –tilning strukturaviy va sistemaviy
xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.
Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar) – til taraqqiyotiga (shu
jumladan, leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta'sir o'tkazuvchi omillar: ijtimoiy-
siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot,
san'at va boshqalar.
Umumiy leksikologiya – leksikologiyaning barcha (yoki ko'pchilik) tillar
lug'at boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlarni aniqlash va yoritish bilan
shug'ullanuvchi turi.
Xususiy leksikologiya – leksikologiyaning muayyan bir til lug'at boyligi
haqida ma'lumot beruvchi turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |