Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifi
Leksemalarning
leksik
birlik
sifatidagi
tavsifida
quyidagi
belgi-
xususiyatlarning alohida o’rni bor:
1.
Har qanday leksema ikki tomonning – ifoda va mazmun planlarining
(nonema va sememaning) birligidan tashkil topadi:
a) leksemaning ifoda plani uning fonetik qobig’idir (fonemalar, bo’g’inlar va
so’z urg’usidan iborat moddiy-material shakli). Masalan, quloq leksemasining
ifoda plani 5 ta fonema (q,u,l,o,q), 2 ta bo’g’in (qu-loq) va 1 ta so’z urg’usi
(qulo`q) bor.
Leksemaning ifoda plani bo’g’in tiplari, uning fonetik tarkibi bilan
bog’langan bo’ladi: o’zbek tilining o’z qatlamidagi umumturkiy leksemalarning
ko’pchiligi bir va ikki bo’g’inli tub so’zlardir. Bir bo’g’inli tub leksemalarning
fonetik tarkibi undosh+unli+undosh (bosh, ko’z), unli+undosh (osh, o’n)
sxemalarida bo’ladi: bo’g’in va so’z boshida ikki undosh qatorlashib kelmaydi,
ammo so’z oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi uchrab turadi: to’rt, qirq
kabi. Ikki bo’g’inli tub leksemalarning birinchi bo’g’ini unli (o-na), unli+undosh
(ol-ti), undosh+unli+undosh (kat-ta), undosh+unli (bo-la), ikkinchi bo’g’ini esa
undosh+unli (o-ta), undosh+unli+undosh (ol-tin) sxemalarida bo’ladi. Ikkinchi
bo’g’in hech qachon unli bilan boshlanmaydi, ammo unli bilan tugash holatlari
(ochiq bo’g’in bo’lishi) ko’p uchraydi (ke-cha, qay-g’u, bo-la, bo-bo kabi).
O’zbek tilining o’zlashgan qatlamidagi leksemalarning bo’g’inlarida,
binobarin, so’zning ifoda planida ham bir qator o’ziga xosliklar bor.
Yasama so’zlarda o’zak morfema va so’z yasovchi morfemalar leksemaning
ifoda plani bo’ladi: ish-chi>ishchi, bosh-la(moq)>boshla(moq) kabi. Fonemalar esa
1
Толстой. Н. И. Из опытов типологического исследования славянского словарного состава. «Вопросы языкознания»,
1963. №1
1
Кодухов. В. И. Введение в языкознание.-М.: “Просвещение”. 1979. С. 184-186.
o’zak va affikslarning ifoda plani vazifasida qo’llanadi: ishchi-i,sh\ch,i;
boshlamoq-b,o,sh\l,a\m,o,q kabi.
Leksik mazmunli juft va takroriy so’zlar ham yaxlitlangan bir leksema
hisoblanadi: katta-kichik (bitta leksema), bola-chaqa (bitta leksema) jangir-jungir
(bitta leksema) kabi.
Leksemaning ifoda planidagi turli shakllar uning tashqi formasi sanaladi:
b) leksemaning mazmun plani deyilganda uning ma’nosi (yoki ma’nolari) va
uslubiy bo’yoqlari (ma’no qirralari) nazarda tutiladi. Masalan, quloq leksemasining
mazmun planida quyidagi leksik ma’nolar bor: «eshitish a'zosi» (odamning
qulog'i), «dutor, tanbur torlarini sozlash uchun o'rnatilgan murvatlar» (dutorning
qulog'i), «qozonning yon tomonlaridan chiqarilgan tutqich-dastalar» (qozonning
qulog'i) kabi. Chehra leksemasining mazmun planida esa leksik ma'no qo'shimcha
ottenka- uslubiy bo'yoq bilan qoplangan. Bu bo'yoq kishi kayfiyati, ruhiy holati
yoki xulq-atvorining yuzdagi aksini ifodalaydi: chehra degan ko'ngilning oinasidir
(Hamza).
Leksemaning mazmun planidagi leksik ma'no (yoki ma'nolar) va uslubiy
semalar uning ichki formasi sanaladi.
Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning shakl va mazmun
kategoryalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo'lishini taqozo qiladi,
mazmun esa shaklsiz yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham. Qiyos qiling: shahar,
hashar leksemalarining ikkialasida bir xil fonemalar qatnashgan, ammo bu
fonemalarning joylashish tartibi, demak, leksemaning shakli har xil. Bu hol shu
ikki leksema ma'nolarining tilda farqlanishini ta'minlaydi. Ulardagi fonemalar
tartibini o'zgartirish esa shaklning yo'qolishiga olib keladi: shahar (so'z, leksema)-
ashhar (so'z emas), hashar (so'z, leksema)- rashah (so'z emas). Demak,
tovushlarning har qanday yig'indisi so'z (leksema) bo'lavermaydi: bunday yig'indi
til birligining (leksik birlikning) shakli darajasiga ko'tarilishi uchun u albatta
mazmun bilan bog'langan bo'lishi kerak.
2. Leksemalarga xos muhim belgilardan yana biri shuki, ularning har biri u
yoki bu leksik-grammatik guruhlarga mansub bo'ladi: predmet nomlari ot
turkumiga, belgi-xususiyat nomlari sifat turkumiga, miqdor anglatuvchi so'zlar son
turkumiga, harakat mazmunli so'zlar esa fe'l turkumiga kiradi. Bunday mansublik
leksemalarning nutqdagi grammatik shakllarini belgilaydi: otlar egalik, kelishik,
ko'plik yoki birlik shakllarida, sifatlar oddiy, orttirma yoki qiyosiy daraja
shakllarida, fe'llar shaxs-son, zamon, mayl, bo'lishli yoki bo'lishsiz, nisbat
shakllarida qo'llanadi. Bu hol tilning leksik va grammatik sathlari o'rtasidagi
aloqadorlikdan kelib chiqadi.
3. Leksemalar albatta yaxlitlangan, bir butun birlik bo'ladi, shu xususiyati
bilan grammatik shakllardan, so'zlar birikmasi va gapdan farq qiladi. Chunonchi,
maktab leksemasi leksik birlik sifatida o'zgarmasdir, ammo uning grammatik
shakllari nutqda o'zgarib turadi: maktabning, maktabni, maktabga, maktabda,
maktabdan kabi. Shuningdek, «beshta olma» birikmasini «beshta qizil olma» deb
qo'llash( birikma tarkibiga «qizil» so'zini qo'shish) mumkin, ammo maktab
leksemasi tarkibiga boshqa bo'g'in yoki so'z kiritilmaydi.
4. Leksemada bitta bosh (asosiy) urg'u bo'ladi, u shu leksemaning yaxlitligini,
bir butun birlik bo'lishini ta'minlovchi muhim supersegment birlikdir: qovo`q,
oshqovo`q, temi`r, temirbeto`n (so'nggi so'zning ikkinchi bo'g'inida ikkinchi
darajali urg'u, oxirgi bo'g'inda esa bosh urg'u qo'llangan) kabi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkin: har qanday lleksema shakl
va ma'no butunligiga ega. Leksemaning shakli uning tashqi formasi, mazmun plani
esa uning ichki formasi bo'ladi. Shakl ma'noni borliq tusiga kiritadi, shu orqali
ma'noning tilda va inson ongida yashashini ta'minlaydi.
Tekshirish savollari va topshiriqlar
1.
Nima uchun so’z nominativ birlik sanaladi ?
2.
Leksik so’zlar va grammatik so’zlar qanday farqlanadi ?
3.
Leksik va grammatik mazmunli so’zlar tilshunoslikning qaysi
bo’limlarida o’rganiladi ?
4.
Leksema, nomema, semema atamalarini tushuntiring.
5.
Leksemaning ifoda va mazmun planlari haqida ma’lumot bering.
6.
Tub va yasama so’zlarning ifoda planlari qanday farqlanadi?
7.
Leksemaning tashqi va ichki formalari haqida ma’lumot bering.
8.
Leksemaning
ifoda
va
mazmun
planlari
dialektikaning
qaysi
kategoriyalariga mos ?
9.
Leksemaning yaxlit bir butun ekanligi nimalarda namoyon bo’ladi ?
10. Leksemaning leksik birlik sifatidagi asosiy belgilarini tushuntiring.
Tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |