9
muqaddimasidayoq hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'ullikni nazarda
tutuvchi norma belgilab qo‘yilgan. Sababi davlatimiz huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarimizning ertangi
kun uchun munosib vorislik
masalasiga e'tibor qaratmoqda.
Davlat va uning sub`ektlari zimmasidagi yoshlar siyosati bo’yicha vakolatlarga
quydagilar kiradi:
Yoshlar faoliyatiga oid umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tashkiliy holatni aniqlash;
Mavjud vakolatlar doirasida davlat yoshlar siyosati sohasiga huquqiy
regulyatsiya munosabatlari;
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy,
demografik, madaniy, etnik va boshqa
xususiyatlari va jihatlarini hisobga olgan holda hududiy yoshlar siyosatini dasturlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Davlat yoshlar siyosatining viloyatlar doirasidagi boshqaruv organlarini
shakllantirish, yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlari tizimini
aniqlash;
Hudud miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi bolalar va
yoshlar tashkilotlarining
restrini amalga oshirish;
davlat yoshlar siyosati me`yorlar asosida belgilangan tartibda uni amalga
oshirishda mamlakat miqyosida byudjet moliyaviy sarf-harajatlarni shakllantirish;
davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha muassasalar
va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Davlat siyosatini amalga oshirishda mahalliy o’zini o’zib
boshqarish
organlari doirasidagi vakolatlar quyidagilardan iborat:
mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida davlat yoshlar siyosatini
amalga oshirishni rejalashtirish, tashkil qilish va boshqarish;
o’z vakolatlari doirasida davlat yoshlar siyosatini
amalga oshirish yuzasidan
me`yoriy hujjatlar tayyorlash;
hududiy mahalliy jamiyatlar miqyosida davlat yoshlar siyosatini amalga
oshirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish;
10
davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda mahalliy buyudjet va fondler sarf-
harajatlarni tashkil qilish;
davlat yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar va muassasalar
faoliyatini muvofiqlashtirish.
Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shu va shu
kabi normalari Konstitutsiya normalari asosida qabul qilingan qator qonun
hujjatlarida, ularning muayyan tarkibiy qismlarida o‘zining to‘la ifodasini topgan.
Mazkur davrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga
oid davlat siyosatining
asoslari to‘g‘risida”gi (1991-yil 20-noyabr), “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi
(1992),
“Ta'lim to‘g‘risida”gi (1992-yil, 1997-yil 29-avgust yangi tahrirda) qonunlar,
qator kodekslar, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 yil 29 avgust), Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi (1997) qabul qilindi. 1992 yilda
esa, Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga qo‘shildi.
Shuningdek
mazkur yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Do'stlaringiz bilan baham: