“Ehtiyojlar savatchasi” o‘yini
. maqsad: sonlarning ketma-ketligini aniqlash, bo‘lish jadvali
va xona birliklari mavzusini mustahkamlash.
Jihoz: sonlar yozilgan kartochkalar solingan “ehtiyojlar savatchasi”.
mazmuni: ikki o‘quvchiga bir xil son beriladi va savatchadan undan oldin, keyin keladigan
sonlar, bo‘linuvchisi, xona birliklarini olish buyuriladi. musobaqa tarzida o‘tkazilsa, yanada
52
Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
yaxshiroq natijaga erishiladi. Bu o‘yindan bo‘g‘inlardan so‘zlar hosil qilishni o‘rganish uchun
ham foydalanish mumkin.
“So‘zning o‘rtasiga harf qo‘shib yangi so‘z hosil qilish”
maqsad: o‘quvchining so‘z boyligini o‘stirish, kutilmagan yangi so‘zlar hosil qilishga o‘rgatish.
Jihoz: ikki bo‘g‘inli so‘zlar yozilgan kartochkalar va harflar yozilgan kartochkalar.
mazmuni: bunda ikki bo‘g‘inli so‘zlardan foydalaniladi. ikki bo‘g‘inli so‘z o‘rtasiga undosh
tovush qo‘shish orqali yangi so‘z hosil qilinadi. masalan, ko‘mak – ko‘lmak, qara – qayra, ola
– olma, biron – biyron.
“Farazlar” o‘yini
maqsad: yaxshilik va yomonlik va uning oqibatlarini uqtirish, bunyodkorlik g‘oyalarini
singdirish, kreativ fikrlashga o‘rgatish, ichki xissiyotlarini namoyon qilishga o‘rgatish.
Jihoz: ma’lum bir mazmundagi hikoya, ertak, qahramonlar haqida ma’lumot, kerakli savollar.
mazmuni: o‘quvchi qobiliyati, uning nima qila olishini, qanday yo‘l tutishi haqidagi fikrlarini
ochib beradi, kimningdir o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rishga tahlil qilishga undaydi. “nima bo‘lar
edi”, “men nima qilgan bo‘lar edim?”, “agar men bo‘lsam?” kabi savollar yordamida o‘quvchilar
o‘z fikrlarini bildiradilar, noodatiy xulosalar chiqarishga o‘rganadilar.
“Eng yaxshi hisobchi” o‘yini
maqsad: narsalar soni bilan raqamlar orasida moslik o‘rnatishni o‘rgatish.
Jihoz: bittadan o‘ntagacha narsalar rasmi chizilgan kartochkalar, 1 dan 10 gacha qirqma
raqamlar.
mazmuni: o‘qituvchi ko‘rgazma taxtasiga predmetlar soni turlicha bo‘lgan kartochkalarni
qo‘yadi. o‘quvchilar ularning sonini tanlab, mos raqamli kartochkani ko‘rsatishi kerak. Birinchi
hisoblab to‘g‘ri raqamni ko‘rsatgan o‘quvchi – eng yaxshi hisobchi bo‘ladi. o‘yinni raqamga
mos rasmni ko‘rsat, qaysi rasmda predmetlar ko‘p, nechta ko‘p degan savollar bilan mazmunini
o‘zgartirish mumkin. didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarning bilim samaradorligiga erishish
mumkin. Bunday o‘yinli topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilar o‘z motivlariga tayanadilar.
Tengdoshlaridan boshqacharoq bajarish yo‘lini izlaydilar. o‘z qobiliyatlarini ishga soladilar. Bu
esa o‘z o‘rnida o‘quvchilarda motivatsiya va kreativ fikrlashning rivojiga turtki bo‘ladi.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. T.g‘.g‘afforova, sh.nurillayeva, o.haydarova. “Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va
o‘qishdan didaktik materiallar”. – T. : “ilm ziyo”, 2004 – 80 b
2. vahobov.m.m “maktab va hayot” jurnali. 2016 – yil. 3-son. 2-b.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |