Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘IcH TA’LIMDA KREATIV FIKRLASH VA MOTIVATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH USULLARI
Xolova Shahnoz Qiyomovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
15 -umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Anotatsiya
: ushbu maqolada o‘quvchilarda motivatsiya hosil qilishda, kreativ fikrlashini
rivojlantirishda didaktik o‘yinlar, noan’anaviy metodlarni qo‘llash va boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi har bir dars jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yinlardan foydalanishlari zarurligi
haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
motiv, motivatsiya, kreativ fikrlash, yaratish, qobiliyat va iqtidor, yaratuvchanlik,
didaktik o‘yinlar, noan’anaviy metodlar.
pedagogika va psixologiya o‘quvchining bilim olishga qiziqishini shakllantirishda motivatsiya
va kreativ fikrlashning o‘rni kata. motivatsiya barcha pedagogik ta’sir tizimida shakllanadi va
o‘qish faoliyatida tarbiyalanadi. shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchida motiv va motivatsiyalarini
hosil qilishga intilishlari va uni o‘stirishlari kerak. motivatsiya bolada bilim olishga ishtiyoq va
qiziqish uyg‘otadi.
hozirgi zamon o‘qituvchisi har tomonlama ijodkor bo‘lishi va o‘quvchilarda ham bu qobiliyatni
rivojlantirishi, tarbiyalashi lozim. Bu esa o‘quvchida kreativlikni rivojlantiradi. kreativlik
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “create” – yaratish ma’nosini bildiradi. kreativlik deganda
shaxsning yangilik yaratish, muammolarini yechishga qaratilgan ijodiy faoliyati tushuniladi.
Ta’lim berish jarayonida o‘qituvchi odatdagi dars uslubidan voz kechishi kerak. harf o‘rganish
jarayonidayoq bolalarning belgilangan chiziqlar bo‘ylab yozishi, topshiriqlarni bajarishda
namunalar orqali ishlashi, pedagogning yaxshi bajarganlarini rag‘batlantirishi natijasida bolalar
bir qolipga tushib qoladilar. Bunday qoliplardan voz kechib, o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini
rivojlantirish, noodatiy xulosalar chiqarishga o‘rgatish zarur.
har bir o‘quvchida o‘ziga xos qobiliyat va iqtidor mujassam. qobiliyat va iqtidor maqsad
sari yetaklaydi, yaratuvchanlikka undaydi. masalan, rangli qog‘ozdan gul yasashni hamma
o‘quvchimizga topshiriq sifatida beramiz. o‘quvchilar bu topshiriqqa turlicha yondashib,
turlicha bajaradilar. Tekshirib ko‘rib boladagi motivatsiya va kreativlikni aniqlashimiz mumkin.
chunki, motivatsiya ma’lum bir natijaga tez va ishonchli erishish uchun miyadagi jarayonlarni
faollashtirsa, kreativ fikrlash esa ijodiy qobiliyatini namoyon qiladi.
Bolalarda motivatsiya hosil qilishda, kreativ fikrlashini rivojlantirishda didaktik o‘yinlar,
noan’anaviy metodlar muhim ahamiyat kasb etadi. shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
har bir dars jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yinlardan foydalanishlari zarur. chunki bunday
darslarda bolalar diqqati to‘liq jalb etiladi, xotirasi mustahkamlanadi. Bilimlarni chuqur egallashga
yordam beradi.
didaktik o‘yinlarni tanlashda o‘quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi tartib-
qoidalariga rioya qilinadi:
1. didaktik o‘yinlarni tanlash va ularni qo‘llashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga
olinadi, bilim saviyasiga e’tibor beriladi.
2. didaktik o‘yinlarni tanlashda ta’limning maqsad va vazifalari asos qilib olinadi. didaktik
o‘yinlar ta’lim mazmunini aniqlashtirishning muhim omillaridandir. u o‘quvchilarda o‘qish
motivini, istagini rivojlantirishga xizmat qiladi.
3. didaktik o‘yinlarni tanlashda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda, o‘quvchilarning
faolligini, tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatini o‘stirishga alohida ahamiyat beriladi. har bir
o‘yin o‘quvchilar uchun ularni mustaqil fikrlashga, his tuyg‘ularini rivojlantirishga da’vat etuvchi
vosita ham bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |