Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
O’QUVcHILAR SHAXSIDA BILISHGA QIZIQISHNI OSHIRISH VA UNI TASHKIL
ETISH OMILLARI
Turg’unova Dilfuza Oktyabrovna
Namangan viloyati Namangan
tumanidagi 12- sonli maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Tel. raqam: +998941710517
Annotatsiya:
ushbu maqolada o’quvchilarda bilishga qiziqishni oshirish va uni tashkil etish,
bilishga qiziqishning afzallik tomonlari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
bilishga qiziqish, ta’lim jarayoni, pedagogik jarayon, didaktik o’yinlar,
izlanuvchanlik faoliyati, yangi bilim, o’quv materiali, o’qish- o’rganish jarayoni.
o’quvchilarni darsga qiziqtishda, avvalo, ularda shu dars va mashg’ulotga nisbatan bilishga
qiziqishni orttira bilish kerak. Bilishga qiziqish- bu o’quvchilarning o’qishga qiziqishini
oshiruvchi omillardan biridir.
Bilishga qiziqish hatto bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ham samarali ishlashiga katta
yordam beradi.
har qanday to’g’ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda o’quvchilar faoliyati, tarbiyaviy
faoliyat tizimi muntazam tashkil etilsa, bilishga qiziqish o’quvchi shaxsining asosiy sifatlaridaan
biriga aylanadi va uning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Bilishga qiziqish ta’lim jarayonining kuchli vositasiga aylanishi kerak. Bu borada abu
rayhon Beruniy ham o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtirish muhim vazifa ekanligini
uqtirib, “qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida “maqsad gapni cho’zish emas, balki
o’quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlik olib
keladi. o’quvchi fandan –fanga o’tib tursa, turli bog’larda yurganga o’xshaydi… Bir xil narsa
charchatadi, xotiraga malol keladi”,- degan edi.
o’quvchining bilish jarayonini faollashtirmasdan turib, uni bilimga qiziqtish mumkin emas.
shuning uchun ham ta’lim jarayonida o’quvchini bilimga doimiy qiziqtirish , uning o’qish
motivini rivojlantirish tarbiyalovchi ta’limning eng muhim vositasidir.
o’quvchilarning bilishga qiziqishi ikki asosiy yo’l bilan tashkil etiladi. Birinchisi o’quv
materialining o’zi o’quvchilarni bilimga qiziqish paydo qilishi, chunki o’rganilmagan yangi
narsa insonlar tomonidan qisiqish bilan o’rganiladi. o’quvchilar uchun yangi bo’lgan, hali
tushunilmagan material ularda hayratlanish hissini uyg’otadi. hayratlanish esa, o’quv materialini
bilishga qiziqish uyg’otadigan eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
o’quvchilarning fanning yangi yutuqlari bilan tanishtirish o’quv dasturlari doirasini
kengaytirish, ularni ilmiy, ijodiy izlanishlar doirasi bilan tanishtirish o’quvchilarning bilishga
qiziqishlarini yanada oshiradi.
ikkinchisi o’quvchilarning bilish faoliyatini qiziqarli tashkil etishdir. Bunda o’quvchi qiziqarli
mashg’ulot orqali bor diqqat- e’tiborini shu mashg’ulotga qaratadi.
hamma o’quv materiali ham qiziqarli bo’lavermaydi. Bunday hollarda bolalarni ta’lim
jarayoniga qiziqishini oshirishning birdan bir yo’li didaktik o’yinlardan foydalanish va ularni
tashkil etishdir.
didaktik o’yinlar o’quvchilarda mustaqil fikrlashni tarbiyalshning eng to’g’ri va samarali
vositasidir. u ma’lum bir materiallar yoki shart- sharoitlarni talab etmaydi, balki o’qituvchidan
o’yinni tashkil etish sohasidagi bilim va malakalarni talab etdi. o’yinni ma’lum bir tizim va
metodika asosida tashkil etilsagina o’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalshda
muhim o’rin tutadi.
o’qituvchilar tajribasida qo’laniladigan ba’zi bir didaktik o’yinlarga misollar keltiramiz.
“o’qib ko’r-chi” o’yini. o’qituvchi o’quvchilarga yozma va bosma harflar bilan katta- katta
qilib yozilgan harflarni ko’rsatadi. o’quvchilar o’qiydilar. Tez va xatosiz o’qigan o’quvchilar
rag’batlantiriladi. Bunda o’quvchilarda ikki xil – bosma va yozma yozuvni ham o’qish texnikasi
rivojlanadi. Bu o’yinni “ alifbe” davrida ham qo’llash mumkin. dastlab faqat harflardan
foydalaniladi.
138
Do'stlaringiz bilan baham: |