Oyto’ldi ko’zini yumib oladi, unga savol bilan murojaat qilsa, yuzini teskari buradi. Qaxri kelgan
podshoga u shunday deydi: «Sening jahlingni chiqishiga sabab bo’lgan narsalar mening
odatlarimdir. Sen menga joy ko’rsatding men o’tirmadim. Bu bilan mening o’rnim yo’qligini
senga anglatmoqchi bo’ldim. Men – davlatman. Davlat bir joyda muqim turmaydi. Sen iltifot
bilan boqqaningda men ko’zimni yumganimni boisi men ham bir ko’r kabiman. Kim menga
ilashib qolsa, unga qattiq yopishib olaman. YAna savol bilan boqqaningda yuzimni teskari
burganimni boisi shuki meni hamma qilmishlarim jafo, menga ishonma, men bevafoman», – deb
javob berdi. SHoir yuqoridagi savol-javob orqali, inson davlatiga mast bo’lib, aldanib
qolmasligini uqtiradi, chunki mol, boylik beqaror, vafosizdir. U kelib ketadi, degan fikrni ilgari
suradi.
YUsuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asaridagi asosiy g’oya
kishilarni komil inson
qilib tarbiyalash, odamni halokatga boshlovchi boylikka sajda qilish va uning ketidan quvish,
adolatsizlik, uyatsizlik, yolg’onchilik kabi illatlardan xalos bo’lib, yaxshiliklarni egallashga
chorlashdir. Mutafakkirning fikricha, ezgulik va ezgu kishilar misoli qorong’i kechani yorituvchi
chiroqdir. Ezgu kishilar faqat yaxshilik qiladilar, evaziga mukofot kutmaydilar. Insonning dili
doimo to’g’ri bo’lishi kerak. To’g’rilik aynan insonparvarlik demakdir. Odamlar ikki xil bo’ladi:
yaxshilar va yomonlar. YAxshilar ham o’z navbatida ikki guruhga bo’linadilar. Ba’zi bir yaxshi
odamlar yomonlarga qo’shilib qolsalar, darrov ayniydilar, yomonlarning yo’liga kiradilar. YAna
bir toifa yaxshilar esa, umrlarining oxirigacha yaxshi bo’lib o’tadilar. Bular tug’ma yaxshilardir.
Agar yaxshi fe’l oq sut bilan kirsa, unday odam umrining oxirigacha yaxshi bo’lib o’tadi:
Yaxshi qiliq oq sut bilan kirsa,
O’lim kelib tutmaguncha o’z tarzini o’zgartirmaydi.
Mijozga aralashib yaratilgan qiliq
O’lim buzmaguncha aslo buzilmaydi.
Mutafakkir Oyto’ldining eligga javobi orqali yana shunday fikr yuritadi. Agar yurtboshi
yaxshi bo’lsa,
bunday yurt tinch, farovon bo’ladi. Bekning oldidagi odamlar yaxshi bo’lsa,
boshqa insonlar ham yaxshi bo’ladi. Agar bekning yaqinidagi odamlar yomon bo’lsa,
yomonlarning qo’li yurt ustidan g’olib keladi. Yaxshilik – bu yuksalishdir. Lekin hamma
insonlar ham yaxshi bo’la olmaydilar. Hech qachon mardga yovuz do’st bo’la olmaydi. Kim
yaxshilik qilsa yaxshilik topadi. Kimda-kim bir kunlik huzurni o’ylab andishasizlik qilsa, so’ng
pushaymon bo’ladi. Kimda-kim yomonlik qilgan odamga yaxshilik qila olsa, men uni doim orzu
qilaman. Ezgulik, yaxshilik ertangi kun uchun koni foyda. YOmonlikning mukofoti balo,
mehnat, mashaqqat va o’kinchdir degan fikrni aytadi u:
Qilgan ezguliklari uchun qaysi ezgu o’kindi ko’r,
Yomonlik bilan nom chiqargan oqibat
noiloj pushaymon qiladi
Yomonlik qilinsa, yomonlik evazi o’kinch,
Andishali bo’l, ataylab yomonga yaxshilik qil.
Vaqti kelib Oyto’ldi qarib, kuni bitdi. U aqlli, donishmand bo’lganligi uchun yaxshi
yashadi. Barcha orzu-tilaklariga etdi, mol-dunyo, hatto davlatning o’ziga xam vafo qilmadi:
Oyto’ldi barcha tilaklarini tugal topdi,
/Lekin/ tirikligini tugatdi, mol-dunyo qolib ketdi.
Uning yolg’iz o’g’li bor edi. O’limi oldidan Oyto’ldi o’g’liga pand-nasihatlar qilib
dunyodan ko’z yumdi. Otasining o’rniga eligga O’gdo’lmish xizmat qila boshladi. Kuntug’di
O’gdo’lmishga shunday dedi: “Otangning menda haqqi ko’p edi, men bularni qaytara olmadim.
Endi qolgan xaqlarini senga qaytaraman. Men senga ko’p nasixatlar qilay. Gaplarimni
ko’nglingga tukkin. Agar birov senga biror yaxshilik qilsa uni yaxshiligini bil, unutma.
Odamgarchilikli bo’l, doim odamgarchilik qil”, – degan pand-nasihatlarni qiladi va bu nasihatlar
orqali inson degan ulug’ nomni oqlash, unga loyiq bo’lish murakkab ekanligini ta’kidlaydi:
Birov senga muayyan mehnat singdirsa,
U mehnatni unutma, misli o’lik bo’lma.
Ey asl kishi, odamgarchilikni qo’yma,
Kishilarga doim odamgarchilik qilib tur.
Kimning kimga biror mehnati kirgan bo’lsa,
Sen evazi uchun unga ko’proq mehnat singdir.
Shoir insonlarni har bir ishda aqlga tayanishga, o’zgalarga g’amxo’r va mehribon
bo’lishga, har bir ishni o’z o’rni va mavridi bilan bajarishga chaqirdi. U birovlarning taqdiri va
hayotiga befarq qarab, ularni o’limga yoki boshqa og’ir jazolarga maxkum etgan xovliqma va
ehtiyotsiz amaldorlarni qoralaydi. Bu bilan shoir dadillik va xushyorlikka amal qilishga undaydi
va extiyotkorlikni maslahat beradi.
Shoir mol-davlati bilan takabburlashib ketgan zodagonlarni tanqid qilib, baxt-tole’ga
ortiq darajada
berilib ketmaslik kerak, baxt keladi ham, ketadi ham deb ularni ogohlantiradi.
Agar Xudo seni boshqalardan qo’lingni uzun qilib yaratgan bo’lsa, sen o’z fe’l-atvoringni ezgu
tut. Elga rahnamosan, ularni to’g’ri yo’lga boshla. Odamlarni g’amini egin. Sen har bir och
yupun inson uchun Alloh oldida javobgarsan. Elda adolat o’rnat. Boshliq eliga to’g’rilik va
adolat ko’rsatsa, u barcha tilak va orzulariga etadi. Bahillikdan saqlan, saxiyning nomi mingu
tirikdir. Boylikka xirs qo’yish nodonlikdir. Bu dunyoda oltin, kumish nihoyatda qimmatli narsa.
Ammo o’zini tutgan kishi ulardan ham qadrliroq. Dunyoda odamzod farzandi turli yumushlar
bilan band. Xamma maqsadi sari oshiqadi. Ko’pchilikning maqsadini boylik belgilaydi. Bunday
odamlar yo’ldan adashgandirlar. Ma’naviy boyligim, ezgu a’mollarim ortsin,
degan odam
odamgarchilik qiladi, ko’ngil va tilni to’g’ri tutadi. Odamgarchilik hamma ezgu ishlarga asos
bo’ladi. Agar beklikning asosini mustahkamlamoqchi bo’lsang adolat bilan ish yurit,
Insonparvarliging esa seni ulug’likka etaklaydi
Do'stlaringiz bilan baham: