Parkinsonizmga qarshi moddllar
Parkinson
kasalligida, parkinsonizm xolatlarida ekstrapiramid sistema mag`izlari
jarohatlanadi. Ekstrapiramid sistema esa mushaklarning uyg`un harakatlanishini, alohida
mushaklarning o`zaro qisqarish davomliligini ta`minlaydi. Ekstrapiramid usulning negizi
striopallidar sistema hisoblanadi. Striopallilar sistema morfologik tuzilishdan va
faoliyatidan striatum va pallidumdan iborat. Striatum esa dumli magiz hamda
po`stloqdan, pallpdum qora substaniiya va qizil mag`izdan iborat. Pallidum
jarohatlamganda qora substansiya va retikulyar formatsiya o`rtasidasi
aloqa izdan
chiqadi, natijada mushaklar harakati kamayadi, diskineziya yuz beradi, mushaklar
tortishadi hamda qaltiraydi. Striatum jarohatlanishi tufayli pastda joylashgan markazlarga
uning ta`siri kamayadi: mushaklar tonusi pasayadi, beixtiyor harakatlar — giperkinezlar
(duduqlanib
gapirish, qaltirash) paydo bo`ladi, ya`mi parkinsonizm xolati ro`y beradi.
Parkinsonizmda dumli yadroda, po`stloqda, qora substansiyada dofamin miqdori keskin
kamayadi, xolinergik tizimlar faolligi oshib boradi. Shuning uchun parkinsonizm,
diskineziyalarni davolash uchun dofaminergik ta`sirlarni kuchaytiruvchi
va xolinergik
ta`sirlarni kamaytiruvchi moddalar qo`llanadi.
Dofamnonergik ta`sirlarni kuchaytiradigan moddalar. Bu maqsadda dofamiining
o`zini qo`llash maqsadga muvofiq bo`lar edi. lekin dofamin gematoeitsefalik to`siqdan
o`tolmaydi. Shuning uchun parkinsonizmni davolash uchun katexolaminlar biosintezida
dofamindan oldin hosil bo`ladigan modda—levodopa qo`llanadi.
Levodopa
— ichilganda me`da ichakdak yaxshi so`rilib, gematoensefalik to`siqdan
markaziy nerv sistemasiga o`tadi. Bu yerda dekarboksillanib,
dofaminga aylanadi;
dofamin
esa
striopallidar
sistemada
uniig
yetishmovchiligini
to`ldiradi,
dofaminoreseptorlarni qo`zg`atib, davolovchi ta`sir ko`rsatadi.
Og`izdan yuborilgan dofaminning ko`p mikdori jigar, ichak, buyrak to`qimalarida
ham dekarboksillanib, dofaminga aylanadi. Dofamii esa gematoensefalik to`siqdan
o`tolmaydi. Levodopaning shu to`qimalarda dofaminga aylanishini sekinlashtirish uchun
levodopa dofamindekarboksilaza fermenti ingibitorlari — karbidopa benserazid bilan
qo`llaniladi, tayyorlangan tabletkalar nakom (levodopa + karbidopa),
moddalar ham
parkinsonizm xolatlarini davolashda qo`llanadi.
Levodopa ta`siri asta-sekin boshlanib, birinchi galda mushaklar gipokineziyasi va
rigidligi, ksyinchalik bir oz kaltirash,
disfagiya kamayadi, harakatlar ortadi. Bir oyning
ichida ta`siri ko`rinarli bo`ladi, uzoq vaqt mobaynida qo`llanadi. Qo`llashdan to`xtatilsa,
parkinsoiizm holati yana qaytalanadi.
Levodopa markaziy nerv sistemasida dofamin miqdorini oshiradi, shu bilan birga
noradrenalin miqdori ham oshadi va nojo`ya ta`sirlar paydo bo`ladi. Bemorning ishtahasi
pasayadi, ko`ngli aynaydi,
qayt qiladi, boshi og`riydi, ortostatik gipotoniya, aritmiya va
boshqalar yuzaga keladi.
Levodopani ateroskleroz,
gipertoniya, buyrak, jigar, o`pka kasalliklarida qo`llanish
man etiladi. Levodopa vitamin Be papaverin, Mao (monoaminooksidaza) fermenti
ingibitorlari bilan qo`llanmaydi, chunki bu moddalar lsvodopa ta`sirini . yo`qotishi
(vitamin Ve), oshirishi (Mao ingibitorlari) yoki kamaytirishi (papaverin) mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: