4- §. Doiraviy kesimli bo‘lmagan sterjenlarning buralishi Yuqorida (7.1b-rasmda) ko‘rsatib o‘tilganidek, ko‘ndalang kesimi
doirasimon bo‘lmagan sterjenlarning buralishida tekis kesimlar
qiyshayadi, ya’ni ko‘ndalang kesimlarda deplanatsiyasi hodisasi ro‘y
berib, materiallar qarshiligining asosiy gipotezasi – tekis kesimlar
gipotezasini qo‘llash mumkin bo‘lmaydi. Shu sababli doirasimon
shaklda bo‘lmagan sterjenlardagi kuchlanish va deformatsiyalarni
aniqlash masalasi elastiklik nazariyasi usullari vositasida yechiladi.
Ushbu usullar bilan olingan natijalar materiallar qarshiligida
ko‘rilayotgan masalalarda qo‘llanilganligi sababli, bu bo‘limda asosiy
formulalarni isbotsiz keltirib o‘tamiz.
Doirasimon bo‘lmagan sterjenlarni hisoblashda ishlatiladigan
formulalar qulay bo‘lishi uchun ularning doiraviy kesimli sterjenlar
buralishida olingan ko‘rinishda yozamiz, ya’ni
b b W М =
max
τ
(7.20)