108
etadi. Jinslarning donadorligi nafaqat ularning
granulometrik tarkibiga, shuningdek,
solishtirma yuzasiga ham bog’liq.
Solishtirma yuza
deganda 1 sm
3
hajmdagi namuna
zarralari yuzasining yig’indisi tushuniladi. Solishtirma yuza tog’ jinsining
molekulyar yuzasi kuchlarini aniqlaydi.
Granulometrik tarkib va solishtirma yuza orasida ma’lum bir bog’liqlik mavjud:
jinsda mayin zarralar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning solishtirma yuzasi shunchalik
katta bo’ladi yoki yirik zarralar qanchalik ko’p bo’lsa,
solishtirma yuza shunchalik
kam bo’ladi. Solishtirma yuza qancha ko’p bo’lsa, molekulyar kuchlar suyuqlik
shimilishiga shuncha ko’p ta’sir etadi.
Pelit fraksiyalarning solishtirma yuzasi juda ko’p, alevritlarniki kamroq,
psammitlarniki - yanada kam bo’ladi. Solishtirma yuzaning ortishi jinslarning
kollektorlik xususiyatlarini yomonlashtiradi. F.I.Kotyaxovning ma’lumotlariga ko’ra
(agarda zarralar yumaloq shaklda bo’lsa), psammitlar solishtirma yuzasi 950 sm
2
/sm
3
gacha, alevritlarniki ― 950-2300, alevrolitlarniki ― 2300 dan katta.
SHuningdek, granulometrik tarkib ma’lumotlari bo’yicha
jinslarning bir xillilik
darajasini bilish mumkin. Buning uchun granulometrik tarkib yig’indisi va qum
zarralarining o’lchamiga ko’ra taqsimlanish egri chizig’i tuziladi, ordinata o’qiga
fraksiyaning oshib boruvchi miqdori foizda, abstsess o’qiga
esa zarralar diametri
logarifmik masshtabda qo’yiladi. Masalan, mayda zarrali gilli qumning
granulometrik tarkibiga asosan egri chiziq quyidagicha tuziladi. 6.1-jadvalda berilgan
ma’lumotni egri chiziqda ifodalash uchun zarralar diametriga mos keluvchi
fraksiyalar miqdori qo’shib chiqiladi va 6.2-jadvalga yoziladi.
6.2-jadval
Quduq
uchastka
Namuna
raqami
Namuna
olingan
chuqur-
lik, m
Namuna og’irligiga nisbatan fraksiya miqdori
(%) va zarralar diametri (mm)
< 0,01 < 0,05 < 0,07 < 0,149 < 0,21 < 0,297 < 0,42
2/15
1
1000
3,6
5,1
15,5
86,3
92,8
97,3
100
Shunday yo’l bilan hisoblangan ma’lumotlar asosida granulometrik tarkib
yig’indisi egri chizig’i chiziladi. (6.1-rasm). Ushbu egri chiziq orqali jinslarning har
xillik koeffisienti aniqlanadi. Jinslarning
har xillik koeffisienti
deganda qum tarkibida
jinsning umumiy og’irligiga nisbatan 60% bo’lgan zarralar
fraksiyasi diametrini
jinsning umumiy og’irligiga nisbatan 10% dan kam bo’lgan zarralar fraksiyasi
diametriga nisbati tushuniladi, ya’ni
K
h
=
10
60
d
d
.
6.1-rasmda keltirilgan misolga ko’ra
109
K
h
=
068
,
0
08
,
0
=1,17.
Tarkibi bir xil diametrli zarralardan tuzilgan qum uchun koeffisient birga teng.
Neft va gaz konlaridagi jinslarning har xillik koeffisienti miqdori 1,1 dan 20 gacha
o’zgaradi. Tahlil qilingan qumning har xillik koeffisienti miqdori uning bir
tarkibliligini bildiradi.
Jinslar
tarkibining
bir
xilligi
ularning
kollektorlik xususiyatlarini
nisbiy baholash imkonini
beradi. SHuningdek, granulometrik tarkibni bilgan
holda qatlamdan quduqqa qumning kirib kelishini
oldini olish yoki uni cheklash
maqsadida ishlatish
quduqlariga tushirilgan filtrlar teshiklari (yoriqlari)
o’lchami tanlanadi. Quvurdan ochilgan teshiklar
yumaloq
yoki
yoriq
ko’rinishidagi
to’g’ri
to’rtburchak teshikchalardan iborat bo’ladi. Filtr
yoriqlari o’lchami granulometrik tarkib yig’indisi
egri chizig’i va zarralarning taqsimlanishi bo’yicha
aniqlanadi. Egri chiziqda elak teshigi diametriga mos
keluvchi nuqta belgilanadi, bu elakda 10% yirik
fraksiyalar qoladi, qolgan 90% mayda fraksiyalar
elakdan o’tadi degani. Ushbu nuqtadan abstsissa
o’qiga tushirilgan perpendikulyar chiziq qumning d
90
diametriga to’g’ri keladi, bu miqdor orqali filtr
teshiklarining o’lchami aniqlanadi. O’rganilayotgan
qum
uchun d
90
=0,17 mm ga teng. Filtrning to’g’ri
to’rtburchak yoriqlarining kengligini aniqlash uchun
d
90
qiymati 2 ga ko’paytiriladi, filtrning yumaloq teshiklari o’lchamini aniqlashda u 3
ga ko’paytiriladi. Graviyli filtrlarda graviy diametri d
90
qiymatini 10-12 ga
ko’paytirib topiladi. Ushbu misolda: filtrning to’rtburchak yoriqlari kengligi
h=2·d
90
=2·0,17=0,34mm; yumaloq teshiklar diametri d=3·d
90
= 3·0,17=0,51mm;
graviy zarrasi diametri D=10
d
90
=10·0,17=1,7 mm bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: