«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 - rasm. Uyumni sun’iy «kesish»



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

12.2 - rasm. Uyumni sun’iy «kesish» 
shiziqlari bo’ylab qatlamga suv 
haydash. 
Quduqlar: 1 – birinshi 
navbatdagi, 2 – ikkinshi navbatdagi; 
qolgan shartli belgilar izohi 12.1 
rasmdan qaralsin 


287 
Ko’p qatlamli
ob’ektlar odatda chegara ichkarisiga suv bostirish yo’li bilan 
ishlatiladi. Bunday ob’ektlarni ishlatishni tartibga solishning eng ma’qul printsipi 
kesim bo’yicha hamma qatlamlarni bir xil tezlik bilan ishlatish hisoblanadi. Bunda 
kesim bo’yicha neftlilik chegarasi va uyumga haydalayotgan suv fronti bir me’yorda 
oldinga surilib boradi. SHuni qayd etish lozimki, ishlatish ob’ektining qatlamlari 
maydon bo’ylab bir xil tarkibli va mahsuldor bo’lgan taqdirdagina bu printsipni 
qo’llash imkoniyati yuzaga keladi. Ammo bunday sharoitlar tabiatda kam uchraydi. 
Ko’pincha ko’p qatlamli ob’ektlarda hamma qatlamlar yoki ularning bir qismining 
muhim litologik-kollektorlik xususiyatlari o’zgaruvchan bo’ladi. Bundan tashqari 
ular bir-birlaridan o’tkazuvchanligi bilan ham farqlanadilar. Tuzilishi bir xil 
bo’lmagan shunga o’xshash ob’ektlarni tartibga solishda printsipial yondoshish 
uchun ularning litologik-kollektorlik xususiyatlari va qatlamlarni tashkil etgan 
jinslarning geologik jihatdan har xilligi xal etuvchi rol o’ynaydi. 
Ko’pincha ko’p qatlamli ob’ektning kesimi bo’yicha qatlamlarning qalinligi va 
o’tkazuvchanlik qobiliyati pastdan yuqoriga tomon ortib boradi. Bunday sharoitlarda 
pastdagi har qaysi qatlamni uning yuqorisida joylashganiga nisbatan 
tez ishlatish 
printsipi
ahamiyatga ega. Ya’ni, dastlab ostki qatlamlar ishga tushiriladi, yuqoridagi 
qatlamlar esa asta-sekinlik bilan jalb etilib, ularni to’liq ishlatish imkoniyati 
yaratiladi. Suv bostirish jarayonida pastki qatlamdan foydalanishni to’xtatish uchun 
dastlab chiqarish quduqlari, so’ngra haydash quduqlari to’xtatiladi. Shu yo’l bilan 
ishlatilayotgan quduq faoliyati to’xtatilib, keyin uning ustidagi qatlamni ildam 
ishlatishga o’tiladi. Binobarin, shunday usul bilan qatlamni pastdan yuqoriga tomon 
ishlatish tezligining ortib borishiga erishiladi. Bunday printsip Rossiyadagi 
Romashkin konida sinab ko’rilgan. 
Ko’p qatlamli ob’ektlarda mahsuldorligi turlicha bo’lgan qatlamlar kesimda 
hech qanday qonuniyatga bo’ysinmagan holatda joylashadi. Bunday sharoitda eng 
mahsuldor va uyumning asosiy zaxirasini o’zida saqlagan qatlam, ob’ekt kesimining 
qanday qismida joylashganidan qat’iy nazar, 
oldinroq ishlatish printsipiga 
amal 
qilgan holda ishlatiladi. Bir vaqtning o’zida uyumni ishlatishni tartibga solishdan 
maqsad asosiy qatlam ostida yotgan qatlamdan foydalanishni imkon boricha 
jadallashtirishdan iborat. Yuqoridagi asosiy qatlamlarning suvlanishi paytida pastki 
qatlamlardan imkon qadar ko’proq mahsulot olishga harakat qilish lozim. Chunki 
ob’ektning yuqorida va oraliqda joylashgan qatlamlarini izolyatsiyalash metodlari 
unchalik 
ishonchli 
bo’lmagani 
sababli, 
qatlamni 
oxirigacha 
ishlatish 
murakkablashgan sharoitlarda amalga oshiriladi. Qayd etilayotgan printsip 
Romashkin konining D
1
gorizontida amalga oshirilgan. Ob’ektning eng yuqorisida 
joylashgan qatlamning kollektorlik xususiyatlari yaxshi bo’lib, u deyarli hamma 
yerda uchraydi, unda ob’ekt zaxirasining 45 % mujassamlashgan. Pastdagi qatlamlar 
har xil tarkibli bo’lib, zaxiralari kam va o’tkazuvchanligi yomon. Bunday sharoitda 
qatlamga yuqori sur’atda ishlov berish va pastki qatlamlardagi zaxiralarni chiqarib 
olishni jadallashtirish tavsiya etilgan. 
Neftlilik qavati katta, tuzilishi keng bo’lgan uyumlarda neft asosan ostki suvlar 
bilan siqib chiqariladigan bo’lsa yoki suv bostirish natijasida suv-neft tutash yuzasi 
ko’tarilib ketsa, bunday sharoitda ishlatishni tartibga solishning suv-neft tutash 
yuzasini uyumning hamma maydoni bo’ylab bir me’yorda ko’tarilishini 


288 
ta’minlaydigan printsipidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu jarayon suv-
neft tutash yuzasining yuqoriga asta-sekin ko’tarilishi va chiqarish quduqlarining eng 
ma’qul rejimda ishlayboshlashi paytida quvurni kesim bo’yicha ketma-ket yuqoriga 
o’tkazib perforatsiyalash orqali amalga oshiriladi (12.3-rasm). 
Gaz-neft uyumlarini ishlatishni tartibga solish printsiplarini aniqlashda 
qatlamdagi neftni gazdan ko’ra suv bilan to’liq siqib chiqarish afzalligini hisobga 
olish zarur. Bunda siqib chiqarish gaz qalpog’ining kengayishi hisobiga bo’ladi. 
Shuning uchun chegara suvlari tabiiy faol bosimga ega bo’lganda yoki chegara 
bo’ylab suv bostirilganda gaz-neft tutash yuzasi sathining qo’zg’almasligini, suv-neft 
tutash yuzasining bir me’yorda ko’tarilishini va neftlilik chegarasining siljishini 
ta’minlaydigan uyumning ishlatishni tartibga solish printsipi amalga oshiriladi. 
Gaz-neft tutash yuzasining qo’zg’alib ketmasligini ta’minlash uchun gaz 
qalpog’idan gaz olish jarayoni tartibga solinadi. Gaz qalpog’idagi bosim hamma vaqt 
uyumning neftli qismidagi bosimga teng bo’lishi kerak (gazni ortiqcha miqdorda 
olish gaz-neft tutash yuzasining ko’tarilib ketishiga, ya’ni neftning gaz qalpog’iga 
kirib kelishiga sabab bo’ladi, keyinchalik esa bunday neftning ko’p qismini gaz 
qalpog’idan chiqarib bo’lmaydi). 
Gaz-neftli uyumlarga 
to’siqli suv bostirish
1
qo’llanilganda qatlamning neft va 
gazga to’yingan qismlari oralig’ida yaxlit suv to’sig’ini barpo etish ishlatishni 
tartibga solishning tamoyilli yo’nalishi hisoblanadi. 
1
To’siqli suv bostirish deganda neft

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish