45
IV-BOB
Mashg„ulot davomida interfaol usullardan foydalanish
О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 28-avgust IX sessiyasida
qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” amaliy hujjat bо„lib, ta‟lim
tizimini tubdan isloh qilish, uni dunyoning rivojlangan davlatlar ta‟lim
tizimi
darajasiga yetkazish va yosh avlodni yuksak ma‟naviy, axloqiy va chuqur
bilimlarga ega qilib tarbiyalashni maqsad qilib qо„ydi.
I. A. Karimov “Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch” asarida о„qituvchi va
murabbiylarning sharafli mehnatiga baho berib, shunday fikr bildiradi:
“Barchamizga ayonki, inson qalbiga yо„l avvalo ta‟lim-tarbiyadan boshlanadi.
Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz
qoldirgan bebaho
merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bо„lgan yana
bir buyuk zot - о„qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan
tilga olamiz.”
19
Yuqorida keltirilgan bunday ta‟rif о„qituvchi va murabbiylarning о„z kasblariga
yanada mas‟uliyatli bо„lishlariga undaydi.
Ta‟limning samaradorligini oshirish shaxsning ta‟lim markazida bо„lishini va
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta‟minlash uchun ta‟lim muassasalariga
yaxshi tayyorgarlik kо„rgan va о„z sohasidagi bilimlarni
mustahkam egallashdan
tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan,
ulardan о„quvtarbiyaviy mashg„ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini
biladigan о„qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan о„qituvchilari, xususan,
musiqiy ta‟lim sohasidagi pedagoglarni yangi pedagogik texnologiyalar va
interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini о„quv mashg„ulotlarida
qо„llash malakalariga ega bо„lishlari lozim. Respublikamizda
boshqa fanlar
qatorida musiqiy ta‟lim va tarbiyani tizimli shakllantirishda ham bir qancha ishlar
amalga oshirilmoqda. Musiqa ta‟limi samaradorligini oshirishda magistrlarning
musiqiy ta‟limga bо„lgan qiziqishlarini о„stirishda о„qituvchining о„rni katta.
19
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008.
46
Musiqa о„qituvchisi о„z kasbiga mehr qо„ygan, yuksak madaniyatli, izlanuvchan
va keng dunyoqarashga ega bо„lgan shaxs bо„lishi kerak. Musiqa о„qituvchisi
musiqa san‟atining nazariy va amaliy sohalarda
yetarli darajada bilimga va
tajribaga ega bо„lishi, darsni qiziqarli usullarda olib borishi zarur.
О„tgan asrning 90-yillarida ta‟lim jarayonida noan‟anaviy usullardan: seminardars,
konferensiya-dars, bahs-munozara, musobaqa dars, sahna dars, о„yin darslaridan
foydalanilgan.
“Zamonaviy о„qituvchi-kelajak bunyodkorlari, yangi pedagogik texnologiyalar,
nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqodchisi,
foydalanuvchisi va targ„ibotchisidir”
20
. Ushbu sifatlar haqli ravishda musiqiy
ta‟lim о„qituvchilariga ham taalluqlidir. Musiqiy mashg„ulotlarning boshqa fanlar
bо„yicha о„tkaziladigan mashg„ulotlardan farqi shundaki,
ular asosan amaliy va
yakka tartibda о„tkaziladi. Shundan kelib chiqqan holda pedagogik interfaol
usullarning qay biridan unumli foydalanishni bilish kerak. Quyida о„quv
mashg„ulotlarini samarali о„tkazish uchun musiqiy mashg„ulotlarda foydalanish
mumkin bо„lgan usullardan misollar keltiramiz. Bu usullardan asosan ansambl
ijrochiligi mashg„ulotlarida foydalanish maqsadga muvofiq bо„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: