E. M. Colocassides College of Tourism & Hotel Management, Doctor of Science in



Download 32,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/402
Sana30.04.2022
Hajmi32,47 Mb.
#595351
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   402
Bog'liq
Science and Education Volume 2 Issue 12 (2)

Abstract:
Before considering the relationship between language and speech 
activity, it is necessary to take into account the definitions and classifications given to 
it. At this point, F. Saussure's views on language and speech, and A.I. Smirnisky's 
analysis of the relationship between language and speech, bypasses the concept of 
speech activity, but he tries to give more meaning to the concept of human speech 
than Saussure. 
Keywords:
individual and psychophysical aspects, language product, actual 
language, speech activity, language culture, speech culture. 
Kirish.
Til-imkoniyat sifatida aloqa-aralashuv, fikr almashuv quroli. Nutq - 
tildan fikr almashuv maqsadida foydalanish usuli, jarayoni.
Demak, bu tushunchalar 
bir-biridan farqli va mohiyatan oʻziga xos tushunchalar ekan. Til oʻrnida nutqni, nutq 
oʻrnida tilni tushunishimiz xato hisoblanadi. Til va nutq oʻrtasidagi munosabatlarni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
641


oʻrganish hozirgi zamon tilshunosligining eng muhim vazifalardan biridir. Bu masala 
alohida bir milliy tilni yoki umuman tillarni nazariy taʼriflashdagi boshlangʻich 
nuqtadir. Til va nutq hodisalarini farqlash aksariyat tilshunoslar tomonidan tan 
olinadi, ammo ularning mohiyatini, chegarasini aniqlash mezonlari haqidagi fikrlar 
turli-tuman. 
F.Sossyur til va nutqni nutq faoliyatining ikki ajralmas boʻlagi deb hisoblab, 
ularni "bir paytning oʻzida fizik, fiziologik va psixik, bundan tashqari, individual va 
ijtimoiy munosabatlarga daxldor" jarayonlar deb ta'riflagan edi. Til, Sossyurning 
fikricha, nutq faoliyatining ijtimoiy va psixik tomonlaridir, nutq esa uning individual 
va psixofizik tomonlari, yoli "odamlar nimani gapirsa, oʻshalarning yigʻindisidir".
"Til faoliyat mahsuli emas, balki faoliyatning oʻzidir" degan gʻoyani ilgari surgan 
V.Fon Gumboltdan farqli oʻlaroq, Sossyur "til faoliyat emas, balki soʻzlovchi 
tomonidan passiv qayd qilinadigan tayyor mahsulot, nutq mahsulidir" deydi. Uning 
ta'kidlashicha, "tilning voqeligi, oʻz tabiatiga koʻra nutqqa nisbatan kam emas".
Analiz va tahlillar. 
A.I.Smirniskiy til va nutq munosabatlarini tahlil qilar ekan, 
nutqiy faoliyat tushunchasini chetlab oʻtadi, ammo u Sossyurga qaraganda umumiy 
insoniyat nutqi tushunchasiga koʻproq mazmun bagʻishlashga harakat qiladi. 
Jumladan, olim nutq quyidagi shakllarda mavjudligini alohida ta'kidlaydi:
 
1) tashqi tovushli belgili ogʻzaki nutq; 
2) tashqi grafik belgili yozma nutq; 
3) hech qanday real belgilarga ega boʻlmagan botiniy nutq.
A.I.Smirniskiy fikricha, nutqning ogʻzaki va yozma shakllarda mavjud boʻlishi 
uning obʼektiv tomonini tashkil etadi va ular tashqi nutqqa tegishli boʻladi, ichki nutq 
esa faqat subʼektiv shaklda mavjud boʻladi va tafakkurdagi fikrni ifodalaydi. 
Shuningdek, "inson nutqi son-sanoqsiz va cheklanmagan miqdordagi turli-tuman 
nutqiy harakatlar natijasidir" va uning turlicha koʻrinishida aynan bir xil 
komponentlar va bu komponentlarning qoʻllanishidagi qonuniyatlar aniqlanadi. 
Turlicha nutq boʻlaklarining majmuasi va bu komponentlarning ishlatilishi 
toʻgʻrisidagi qonuniyatlar va qoidalar umumiylikda muayyan bir sistemani tashkil 
qiladi, yaʼni oʻzaro bir-birlariga bogʻlangan birliklar majmuasini va ular orasidagi 
munosabatlarni hosil qiladi. Birliklarning bunday tizimi tildir.

Olimlarning fikricha, 
nutq umuman olganda "tadqiqot uchun xom materialdir", til esa bu "materialga 
asoslangan tadqiqot predmatidir". 
F. de Sossyur va A.I.Smirniskiy faqat bir masalada hamfikrdirlar, yaʼni til 
nutqdan hosil boʻladigan mahsulotdir va u tilshunoslar uchun ilmiy tadqiq 
predmetidir. 
Ayrim tadqiqotchilar til va nutq munosabatiga boshqacha yondashadilar. 
Ularning fikricha, nutq tildan hosil boʻladi, yaʼni til mutaxassislarning lingvistik 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
642


faoliyatning natijasi emas, balki nutqda oʻz ifodasini topadigan obʼektiv mavjud 
hodisadir.
Masalan, T.P.Lomtevning fikricha, "Til shunday maʼno-mazmunni anglatadiki, 
uning mavjud boʻlishi va ifodalanishi nutq orqali amalga oshadi".
Oʻzbek olimi 
Sh.Rahmatullayev ham xuddi shunday fikrni bildiradi. Uning taʼkidlashicha, til nutq 
uchun xomashyo boʻlganidek, nutq ham til uchun xomashyo vazifasini oʻtaydi. 
Olimning fikricha, chaqaloq tugʻilganda uning til zahirasi boʻsh boʻladi va 
atrofdagilarning nutqi hisobiga boyib boradi. Biz bu fikrni maʼqullaymiz, yaʼni til va 
nutq oʻrtasida qarama-qarshilik emas, balki oʻzaro aloqadorlik mavjud deb 
hisoblaymiz. 
Oʻrganilayotgan masala boʻyicha bildirilgan turli-tuman nuqtai nazarlarni 
umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, til nutqiy faoliyatning koʻchmasidir, biroq 
turli tushunchalarni ifodalovchi bu atamalar turli maʼnolarda ishlatib kelinmoqda. Til 
bir tomondan nutq hosil qilinadigan va tushuniladigan qurilma sifatida talqin qilinsa, 
ikkinchi tomondan, mutaxassislar nutq faktlaridan xulosa qiladigan qoidalar tizimi, 
birliklar majmuasidir. Bu tushunchalarning har ikkalasi ham oʻzaro bir-birlariga 
bogʻliqdir, chunki til qurilma sifatida mohiyatni anglatadi, bu mohiyatni unda mavjud 
boʻlgan qoida va birliklar orqali bilish mumkin. 
Nutq, birinchidan, fikr-mulohaza bildirish jarayoni, ikkinchidan, u til qurilmasi 
faoliyati natijasidir. 
Til va nutq haqida bildirilgan bunday fikrlarga asoslanib xulosa qilish 
mumkinki, ular oʻzaro bogʻliq, bir-birini taqozo etuvchi hodisalardir. 
Til asosida inson ichki dunyosining o'ziga xos shaklda obrazlashuvi sodir 
bo'ladi. Shuning uchun ham til ma'naviy va moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va 
ijtimoiy munosabatlarga bog'liq. Shu bilan birga, u o'z qonuniyatlariga ega mustaqil 
barqaror va turg'un tizim, (masalan, undagi jumlalar, til birliklari, ya'ni o'z 
birikmalari, so'z, morfema va boshqalarga ajraladi). Til insonlar xotirasida saqlansa-
da, biroq u o'z - o'zidan ishlab ketmaydi. Til muayyan ijtimoiy faoliyat (ya'ni 
muloqot) quroli bo'lgani uchun, asosan, nutqiy faoliyat jarayonida unga nisbatan 
kuchli ehtiyoj seziladi. Natijada insonlar o'rtasidagi turlicha munosabat shakllanadi. 
Nutq - mustaqil faoliyat, u orqali til tizimi o'zligini to'liq namoyon etadi. Nutq - 
muloqot, unda jamiyatning u yoki bu qatlamiga tegishli madaniyati ham ma'lum 
darajada o'z aksini topadi. Til va nutqni o'zaro taqqoslaganda quyidagilar yaqqol 
ko'zga tashlanadi: 
1 Til muloqot uchun xizmat qiladi va insonning dunyo haqidagi bor 
tasavvurlarini ma'lum bir belgilar orqali ifodalashga qodir. 
2. Nutq tilning amaliyot jarayonida tatbiq etilishidir; u harakatdagi til bo'lib, 
muloqot vositalarini aniq qo'llash paytidagi ketma- ketligi sifatida namoyon bo'ladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
643


Til biror bir ijtimoiy jamoaga (biror bir millatga) tegishli belgilar tizimi va 
nutqiy faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo'lsa-da, biroq u nutq bilan teng bo'la 
olmaydi. Nutq jarayonida til tizimlari ishga solinadi. Nutq - individual ong va hohish- 
istak shakli. U bir tomondan so'zlovchi til shakllari orqali o'z fikrlarini ifodalashdagi 
almashinuvni taqozo etsa, ikkinchi tomondan - u psixofiziologik mexanizm sifatida 
ushbu almashinuvlar mustaqilligini ta'minlaydi. 
Til va nutq tushunchalarining mohiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, 

Download 32,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish