5. 3. Bosh miya po‘stIog‘ida qo‘zg ‘alishlarning analizi
(tahlili) va sintezi (umum lashtirilishi)
A nalitik-sintetik faoliyat haqida tushunchalar.
Katta yarim-
sharlar po 'stlo g 'ig a tushayotgan impulslarning asosiy manbayi
bo'lib organizmning retseptorlari bilan qabul qilinuvchi tashqi
dunyoning va ichki muhitning ju d a ko'plab qo'zg'atuvchilari hi
soblanadi. Po'stloqqa tushayotgan impulslar analizi farqlanadi va
sintezlanadi — umumlashtiriladi va sharhlanadi.
Ayrim q o ‘zg"alishlarni po'stloqda farqlanishi, qismlarga ajrati-
lishi va bo'linishi, y a ’ni ularning differensiyasi bosh miya po'st-
log'ining tahlillovchi faoliyatining namoyon boiishidir.
Shuni qayd qilish kerakki, qo'zg'alishlarning dastlabki tahlili
retseptorlardayoq boshlanadi (ulardan biri nur qo'zg'atuvchilarini,
boshqasi - tovush, uchinchisi - kimyoviy va boshqalar). Tahlilning
eng oliy shakli katta yarimsharlar p o 'stlog 'id a yuz beradi.
Bosh miy aning analitik faoliyati uning sintetik faoliyati bilan uz-
viy bog'langan bo'lib, turli qismlarida turli qo'zg'atuvchilar ta ’siri
ostida yuzaga kelgan qo'zg'alishlarni umumlashtiradi va sharhlash
bilan namoyon boMadi. Katta yarim sharlarning sintetik faoliyati
ga misol bo'lib har qanday refleksni hosil qilishda uning asosida
votuvchi vaqtinchalik bog'lanishlar xizmat qiladi. M urakkab sin
tetik faoliyat ikkinchi, uchinchi va oliy tartibdagi reflekslar hosil
www.ziyouz.com kutubxonasi
b o iish id a namoyon bo'ladi. Umumlashning asosida q o 'z g ’alish-
ning irradiatsiya (to iq in sim o n tarqalishi) jarayoni yotadi.
Analiz va sintez bir-biri bilan uzviy bog'liq va po'stloqda m urak
kab analitik-sintetik faoliyat kechadi.
Dinam ik steriotip.
Organizmga tashqi dunyo ayrim. alohida
qo'zg'atuvchilar bilan ta'sir etmay, balki, odatda. bir vaqtda va
navbatma-navbat qo'zg 'atu v ch i tizim bilan ta'sir ko'rsatadi. Agar-
da ushbu tizim shu tartibda. tez-tez takrorlansa, bu esa bosh miya
p o 'stlo g 'i faoliyatida tizimli yoki dinamik steriotip hosil bo'lishiga
olib keladi.
Dinam ik steriotip bu qat'iy bir vaqtda navbatma-navbat ba
jariladigan m ustahkam langan shartli reflektor aktlam ing zanjiri va
organizmning musbat (m ustahkamlangan) va manfiy (inustahkam-
lanmagan) shartli qo'zg'atuvchilarning murakkab tizimli reaksi
yasining natijasi hisoblanadi.
Steriotipni hosil qilish - bu po'stloqning murakkab sintezlov-
chi faoliyatiga misoldir. Odatda. steriotipni hosil qilish juda qiyin,
lekin u hosil qilinsa. uni q oilab-quvvatlab turish uchun po'stloq
faoliyatida jiddiy kuchlanish talab qilinmaydi. K o'pchilik ta'sirlar
bu paytda o 'z-o 'zid an bajariladi (avtomatik holda). Dinamik ste
riotip odamlarda odatlarni hosil bo'lishi, mehnat operatsivalarida
bajariladigan ishlarni m a'lum tarzda shakllanishi, turli murakkab
ishlarni bajara olishiga asos bo'ladi.
Yurish. yugurush, chang'ida sayr qilish, royalda o'ynash, ovqat-
lanishda pichoq, qoshiq. sanchqidan foydalanish, xat yozish -
bulam ing hammasi katta yarim sharlar p o 'stlo g 'id a hosil bo'luvchi
dinam ik steriotipning asosida yotuvchi ko'nikm alar hisoblanadi.
Har bir odamning kun tartibining asosida dinamik steriotipning
hosil bo'lishi yotadi. Steriotip uzoq yillar davomida saqlanib qoladi
va odamlarning xulq-atvorini asosini tashkil qiladi. Steriotiplarni
o'zgartirish juda qiyin kechadi. odatda, uni o'zgartirish m um kin
emas. Esga oling bola yozishda ruchkani n o to 'g 'ri ushlashga, par-
tada, stolda n o to 'g 'ri o'tirishga va boshqalarga o'rgangan bo'lsa,
uni esidan chiqarish qanchalik qiyin. Steriotiplarni o'zgartirish-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ni qiyin ekanligi bolalarni, ularning hayotini dastlabki yillaridan
boshlab tarbiyalash va o'qitish usullarining to 'g 'ri ekanligiga aso
siy e'tiborni berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |