4-Mavzu: Antik davr madaniyati (2 soat) Reja



Download 237,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana29.04.2022
Hajmi237,2 Kb.
#593703
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
4 mavzu matni (pdf) (1)

Mark Tulliy Sitseron 
(mil. av. 106-43) ― Rim siyosiy arbobi, notiq, 
yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik san’atini egallaydi. Elchilik davrida 
Katilina fitnasini fosh etgani uchun “fuqarolik chambari” bilan taqdirlanadi 
va Rim fuqarolari orasida birinchi bo‘lib, 
“YUrt otasi” 
unvoniga sazovor 
bo‘ldi. Ammo rimlik fitnachilarni sudsiz qatl etgani sababli mil. av. 58 yilda 
quvg‘inga uchrab, xorijda yashashga majbur bo‘lgan. Sezar o‘ldirilgach (mil. 
av. 44 yil), Antoniy buyrug‘i bilan qatl etilgunga qadar Rimning amaldagi 
hukmdori sanalgan. 
Sitseron siyosat, falsafa va adabiyotda “o‘rta oqim” hisoblangan 
barqarorlik va vazminlik aqidalariga sodiq bo‘lgan. “Aralash davlat 
tuzilmasi” (
monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning qo‘shilishidan 
paydo bo‘lgan hokimiyat
) Sitseronning siyosiy ideali bo‘lib, mil. av. II asr 
boshidagi Rim respublikasini buning namunasi deb hisoblagan. 
Sitseronning 58 ta nutqi, 19 ta asari va 800 dan ziyod maktublari 
saqlanib qolgan. Uning asarlari Rimdagi fuqarolar urushi davri to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar manbasi hisoblanadi. Sitseron jahon tarixida notiqlik san’atining 
mukammal egallagan kishi sifatida shuxrat qozongan. Sitseron o‘z asarlari 
(“
YAxshilik va yomonlikning cheagaralari to‘g‘risida”

“Davlat to‘g‘risida”, 
“Qonunlar to‘g‘risida”, “Majburiyatlar to‘g‘risida”) 
hamda nutqlari bilan 
Rim mumtoz nasri va adabiy tiliga tamal toshini qo‘ygan. 
U baxtning birdan-bir manbai sifatida oliy ezgulik, oliy fazilat 
xususidagi, axloqiy burch va shaxsiy foyda ziddiyati haqidagi masalalarga 
e’tibor berib, amaliy tavsiyalar bergan. Kamolotga erishish uchun to‘rt fazilat 
- donishmandlik, adolat, mardlik, mo‘tadillik zarur, deb uqtirgan. 
Rim arxitekturasi, tasviriy va amaliy-bezak san’ati antik badiiy 
madaniyatning so‘nggi, yakunlovchi davri hisoblanadi. Rimda issiq va sovuq 
suvi bor hammomlar, gimnastika zallari, dam olish xonalari qurilgan. 
Imperiya davrida Rim shaharlari rejasi ancha yaxshilanadi, chiroyli 
maydonlarga, yashash uchun qulay bo‘lgan uylarga alohida e’tibor berildi. 
Neron 
hukmronligi davrida Rim shahrida yong‘in yuz bergan va 14 ta 
tumandan 10 tasi yonib tugagan. Bu tumanlarda uylar asosan yog‘ochdan 
qurilgan. Yo‘llari esa juda tor bo‘lgan. YOng‘indan keyin imperator shaharni 
yangi reja bo‘yicha ko‘chalarni keng, uylarni, imperator saroyini toshdan 
qurishga farmon bergan. 
Imperiya davridagi shaharlarning farqli xususiyatlaridan biri ― 
kommunikatsiya vositalari
(tosh ko‘prik, vodoprovodlar, kanalizatsiya)
ning 
borligi edi. Milodiy I asrga kelib Rimda 11 ta vodoprovod, 600 ga yaqin 
fontan bo‘lib, vodoprovodlardan ikkitasi hozirgacha ishlaydi. 
Rimda arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik san’atida realizm 
kuchaydi, ularda YUnoniston san’atidagidek afsona (
mif
)lar emas, tarixiy 
shaxslar, voqealar ko‘proq aks ettirildi. Rim san’atining qadimgi davrida 
Etruriya san’atining ta’siri kuchli bo‘ldi. Puni urushlari va oxirgi respublika 
davri (mil. av. III-I asrlar) san’atida Buyuk YUnoniston (
Janubiy Italiya
) va 
rimliklar istilo qilgan sharqiy yunon shaharlari san’ati bilan uyg‘unlikda rivoj 


topdi. Binolar ulug‘vor qurildi, turar joylar tabiatga yaqinlashtirilib, barpo 
qilina boshlandi (
ayniqsa, shahardan tashqaridagi villalar
), mil. av. II asrdan 
boshlab beton kashf qilib, undan unumli foydalanildi, bu binolarni arzon va 
tez qurishga, shakllari turli-tuman bo‘lishiga imkon berdi. Mil. av. II-I 
asrlarda tomoshaxonalar, teatr binolari takomillashtirildi, tomoshabinlar 
o‘tiradigan joylar galereya, zinapoyalar bilan sahnadan, tomosha 
ko‘rsatiladigan maydondan ajratildi. 
Tasviriy san’atda mil. av. III-I asrlarda portret, haykal rivoj topdi, 
shaharlar rasmiy kishilar va qahramonlarning haykallari bilan bezatildi. 
Respublika davrida tarixiy mavzularda releflar ko‘p ishlandi, monumental 
bezak rassomligi, mozaika, qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash san’ati 
yuksaldi. Qadimgi Rim me’morligining yuksak ravnaqi imperiya gullab- 
yashnagan davrga to‘g‘ri keladi. Binolarning monumentalligiga (
arkalar, 
toqli, gumbazli binolar) 
ahamiyat berildi, imoratlar haykaltaroshlik, 
rassomlik san’ati asarlari bilan jozibadorlashtirildi. Arxitektura imperator 
shaxsiyatini ulug‘lashga va imperiya qudratini ko‘z-ko‘z qilishga xizmat 
qildi. 
Ulkan gumbazli 
Panteon 
kabi ulug‘vor binolar, yirik amfiteatrlar 
bunyod etildi. Imperatorlardan Troyan davrida haykallarda qahramonlik 
ko‘proq ifodalangan bo‘lsa, Adrian va Antoniy hukmronligi yillarida 
obrazlarda psixologik teranlik ko‘zga tashlandi. Bezak rassomligida engil 
naqshlar, kichik syujetli rasmlar ishlashga ko‘proq ahamiyat berildi (
63 
yilgacha
), keyin murakkab arxitektura kompozitsiyalari ko‘proq aks ettirildi. 
II asrdan oq-qora tosh mozaikadan keng foydalanildi. 
Imperiya davrida amaliy bezak san’atida metallni badiiy ishlash, qizil 
sirli sopol idish va buyumlar, shisha buyumlar tayyorlash avj oldi. Imperiya 
tushkunlikka uchragan davr (III-IV asrlar)da viloyatlarda yangi forumlar, 
yirik ibodatxonalar ko‘plab qurildi. Haykaltaroshlikda shartlilik keng o‘rin 
ola boshladi. III-IVasrlarda miniatyura (
yupqa zar qog‘ozga ishlab 2 
qavat shisha orasiga o‘rnatiladigan
) portretlar ishlash, xristian afsonalari 
aks ettirilgan syujetli releflar bilan bezatilgan marmar sarkofaglar tayyorlash 
san’ati rivoj topdi. 
Antik davrga oid Rim me’morligining noyob numanalari sifatida 
Panteon (
yunon ibodatxona
)ni ko‘rsatish mumkin. Panteon yarim doira 
shaklidagi qirrador gumbazli (
diametri 43 metrdan oshiq
) inshoot. Markazida 
inter’erni yoritib turuvchi tuynuk bor (
diametri 9 metrga yaqin
). Ichki 
gumbazi hovuzaklarga (
kataksimon shaklda
) bo‘lingan. Kirish tomoni 
peshtoqli, 16 ta korinf ustunlari (
8 tasi peshtoq oldida, qolganlari 
ichkariroqda
) bezab turadi. 

Download 237,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish