10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Reja



Download 214,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana29.04.2022
Hajmi214,63 Kb.
#593319
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
10 mavzu matni (pdf)

Ulug‘bek rasadxonasi ― 
Samarqanddagi XV asr me’morchiligining 
nodir namunalaridan biri, ko‘hna astranomik kuzatuv muassasasidir. Mirzo 
Ulug‘bek farmoni bilan 1428-1429 yillarda Ko‘hak (
CHo‘ponota
) tepaligida 
ulkan silindr shaklida bunyod etilgan: ayrim qo‘lyozmalar («
Boburnoma
») ga 
ko‘ra, balandligi 30,4 metrdan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda o‘ndan 
ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo‘lgan. Ulardan eng asosiysi 
radiusi 40,2 metrli qo‘shaloq yoydan iborat kvadrat (
yoki sekstantga yaqin) 
qurilma hisoblanadi. Kvadratning janubiy qismi er ostida, qolgan qismi 


15 
shimol tomonda er sathidan 30 metrcha balandda joylashgan. Asbob 
aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga to‘g‘ri 
keladi. 
XV
asrda madrasa me’morchiligi o‘zining uzil-kesil shakllangan 
qiyofasiga ega bo‘ldi. Madrasa qurilishi yagona tizim bo‘yicha rejalashtirilsa 
ham, asosiy shakllari, ularning o‘zaro nisbatlari va bezaklariga ko‘ra har 
birining alohida uslubini ko‘rish mumkin. Temuriylarning ikki san’at 
durdonasi 
― 
Samarqanddagi 
Mirzo 
Ulug‘bek 
va 
Xirotdagi 
Gavharshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo‘yicha qurilganligiga 
qaramay, bir-biridan farq qiladi. 
Ulug‘bek madrasasi―
Samarqandda barpo etilgan me’moriy 
yodgorlik (1420-1424). Registon ansamblining g‘arbida joylashgan. Ikki 
qavatli, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (
56x81 metr
). Bosh tarzi maydonga 
qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng toqili ravoq (
balandligi 16,5 
metr
), uning ikki yonida guldastalar (
balandligi 32 metr
) bor. 
Ravoq tepasidagi yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari o‘ziga 
xosdir. Guldasta tepasi muqarnas, sharafalar bilan yakunlangan. Peshtoq 
ravog‘ining chetiustunlarimorpech ilonsimon shaklida, tokchasidagi 
namoyonlar o‘ziga xos uslubda pardozlangan. Peshtog‘i, guldastasi va tashqi 
devorlarida girih naqshining to‘rli betakror namunalari aks etgan. Ganchkori 
panjaralar orqali xonaga yorug‘lik tushib turadi. Moviy va ko‘k koshin 
hamda sopol g‘ishtlar vositasida geometrik naqshlar bilan bezatilgan devor 
sathi yozuvlar bilan o‘zaro uyg‘unlashib, ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. 
Peshtoq orqali chorsu hovli (
30x30 metr
)ga o‘tiladi. Hovli atrofi 2 
qavatli hujralar (
48 ta
) bilan o‘ralgan. Madrasaning 4 tomonini darsxona va 
ayvon egallagan. Masjid (
22x8 metr
) janubiy-sharqiy tomonga cho‘zilgan. 
Tashqi to‘rtburchagida 4 ta baland minora bor. Mirzo Ulug‘bek madrasasi 
me’moriy shakli, tuzilishi jihatdan O‘rta Osiyo me’morligida shu turdagi 
binolar orasida eng mukammal yuksak san’at namunasi hisoblanadi. 
Movarounnahr qadimdan bog‘-rog‘lar mamlakati deb ta’riflanib 
kelingan. Unda bog‘ tuzish an’analari yuksak rivojlangan va ularning ajoyib 
namunalari bo‘lgan. Amir Temur davrida bog‘ tuzish san’ati o‘zgacha 
shukuh kasb etdi. SHaxsan Sohibqiron bu sohaga alohida e’tibor berib, 
ko‘plab bog‘lar yaratgani ma’lum. 
Amir Temur bog‘lari tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘lingan: 

Download 214,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish