9-mavzu: global jarayonlar va barqaror taraqqiyot reja: 1


Global ongni shakllantirish zaruriyati



Download 379,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana29.04.2022
Hajmi379,4 Kb.
#593090
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
9-Mavzu (3)

Global ongni shakllantirish zaruriyati
. Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab etish 
va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o„ta og„ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan 
natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega 
bo„lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini 
ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va 
uning insonparvarlashuvi bilan bog„lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe‟l-
atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning 
hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi tasavvurlarni o„zgartirish, qotib 
qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va odamlar ongida insoniylikning yangicha tamoyillarini 
shakllantirishning o„zi umuminsoniy muammolar echimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur muammolarni 
bartaraf etish yo„lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u muttasil o„zgaruvchi vaziyatga mos bo„lgan 
va hozirgi davr ruhini aniq aks ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog„liq. Bunday 
yangilangan dunyoqarash zamirida faqat so„nggi yuz yillikka xos bo„lgan jamiyat hayoti 
internatsionallashuvining keskin o„sishi bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlarning yangicha 
mazmuni va shakl-shamoyillarini aks ettiruvchi yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur 
yangicha 
insoniylik global ongni shakllantirishga qaratilishi va uch asosiy negiz: globallik tuyg‘usi, zo‘ravonlikka 
nisbatan murosasizlik va insonning asosiy huquqlarini tan olishdan kelib chiqadigan adolatparvarlikni 
o‘z ichiga olishi darkor.
Xalqaro kuchlarning birlashuvi
. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi 
bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish 
ko„rishida ham namoyon bo„ladi. Shu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi 
lozimligi to„g„risida so„z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba‟zi bir amaliy 
7
Karimov I.A. BMT Sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag„ishlangan yalpi majlisdagi nutq
.-Т.: 
O„zbekiston

2010. 


natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to„xtatishga hali muvaffaq 
bo„lmaganini e‟tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada 
birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud 
emas. Nega shunday bo„lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to„la 
dunyoda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo„lsa, bunga qanday asosda 
erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa echishga harakat 
qilayotgan bosh masalalardir.
Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos kelgan joyda ayniqsa 
yaxshiroq yuz berishini ko„rsatadi. O„zaro manfaatdorlik turli qiyinchiliklarni tez bartaraf etish, savdo-
sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko„maklashadi.
Odatda bu yo„lda engishga to„g„ri keladigan eng katta qiyinchiliklar eskicha qarashlar, qotib qolgan 
fikrlash uslubi, an‟analar bilan bog„liq bo„ladi. Ular o„zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta 
qiyinchiliklar bilan tashqi yoki ichki omillar ta‟sirida yuz beradi. Masalan, 
tashqi omillar qatoriga 
ekologik tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va nafaqat odamlarning 
turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki ularning ongiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan 
boshqa global muammolar kiradi. Ichki omillar inson manfaati, uning sub’ektiv, shaxsiy asosi bilan 
bog‘liq. 
U yoki bu muammolarning keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shart-sharoit va etarli 
asoslar paydo bo„lgan hollarda ham, nima uchun pasaymayapti, degan savolga javob topishda yuqorida 
zikr etilgan omillar, ayniqsa manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim.

Download 379,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish