128
XI bob. INVESTITSIYA LOYHALARiNI SHAKLLANTIRISH
11.1. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishning o‘ziga xos
xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsiya loyihasi, ya’ni korxona
faoliyatining barcha asosiy jihatlari: ishlab chiqarish, moliya va ijtimoiy sohani
aks ettiruvchi hujjatni tayyorlash odat tusiga kirdi.
Investitsiya loyihasi
quyidagilarga imkon yaratadi:
•
boshqaruv qarorlarida xatoga yo‘l qo‘yish tavakkalchiligini kamaytirish
va samarali qaror qabul qilishga ko‘maklashishi;
•
mahsulot ishlab chiqarish va sotishni birlashtirish hamda mazkur
tarmoqda tadbirkorlikni rivojlantirish.
Har qanday investitsiya loyihasi biznes-rejaga asoslanadi. Biznes-reja bu
belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi, vaqt bo‘yicha
bir-biriga
bog‘liq va kelishilgan hamda amalga oshirish rejalangan tadbirkorlik harakatlari
tizimidir.
1
Biznes-reja tadbirkorning o‘ziga bitimning asoslanganligi, ishonchliligi va
amalga oshirilishidan dalolat sifatida kerak bo‘ladi. Uning mavjudligi
rejalashtirilayotgan operatsiya va tashkilotchilarning ishonchliligidan darak
beradi hamda rejalashtirilgan ishlarni amalga
oshirish uchun qulay muhit
yaratadi. Biznes-reja xarajatlar, ularni qoplash manbalari, to‘lov balansi,
korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining
iqtisodiy samaradorligini
baholash aks ettirilgan hujjat hisoblanadi. Odatda biznes-rejani ishlab chiqish
yakuniy maqsadlarni belgilash, ya’ni tadbirkor o‘ylangan
dasturni amalga
oshirishdan qanday naf ko‘rishi va qanday moliyaviy natijalarga erishilishini
aniqlashdan boshlanadi. Biznes-rejani tuzishda ma’lum bir tuzilmaga amal
qilinib, unda quyidagi asosiy bo‘limlar mavjud bo‘lishi zarur (15-chizma):
Tadbirkor u bilan hamkorlik qilishlarini istasa biznes-rejani albatta puxta
ishlab chiqishi zarur. Agar tadbirkor lizing beruvchining
huzuriga ajoyib
innovatsion g‘oyalar bilan, biroq tayyor biznes-rejasiz tashrif buyuradigan
bo‘lsa unga albatta mos keluvchi rejali dasturni tayyorlash va boshqa safar
kelishni taklif qiladilar. Tadbirkor potensial investorni qiziqtirib qo‘ysagina o‘z
ishining muvaffaqiyatga erishishidan umid qilsa bo‘ladi. Masalan,
mamlakatimizdagi
lizing
kompaniyalari
mutaxassislarining
investitsiya
loyihalarini tahlil qilishi shuni ko‘rsatadiki, biznes-rejalarning
katta qismi
tadbirkorlar tomonidan yetarlicha puxta tayyorlanmaydi. Aksari hollarda
1
Вахрин П.И. Инвестиции: Учебник – М.: 2002, 136 c.
129
buyurtmachi faqat bitta g‘oya bilan cheklanib qolib,
ishning detallarini puxta
o‘rganib chiqmaydi, texnik-iqtisodiy baholashni ko‘ngildagidek tayyorlamaydi
hamda biznes-rejaning barcha asosiy jihatlarini batafsil tavsiflamaydi.
Biznes-rejani ishlab chiqish davomida korxona ishlab chiqarish va bozor
tuzilmasining huquqiy asoslarini hisobga olishi zarur. Xususan:
Do'stlaringiz bilan baham: