O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


“O‘zkeysagrolizing” qo‘shma korxonasi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/111
Sana29.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#592851
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   111
Bog'liq
Lizing

“O‘zkeysagrolizing” qo‘shma korxonasi
asosan qishloq xo‘jalik texnikasi 
lizingiga 
ixtisoslashgan. 
“O‘zkeysagrolizing” o‘zbek-amerika qo‘shma 
korxonasi 1997 - yilning 27 - fevralida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
1
 
www.uzbekleasing.com
.  


102 
Mahkamasining 111-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Uning nizom kapitali 
5 mln AQSH dollariga teng. Qo‘shma korxonaning ta’sischilari nizom 
kapitalidagi ulushi 51 % yoki 2550000 AQSH dollari bo‘lgan “Keys kredit 
xolding” (KXX) va nizom kapitalidagi ulushi 49 % yoki 2450000 AQSH dollari 
bo‘lgan O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hisoblanadi. “O‘zkeysagrolizing” 
qo‘shma korxonasi 1997 - yilda 10 - sholi o‘ruvchi “Keys” kombaniyalarini 
importqilgan va Xorazm viloyatidagi uchta MTP DAJga lizingga bergan. 1998 - 
yilda korxona 25 ta kombayn yetkazib bergan bo‘lsa, ulardan 13 tasi boshoqli 
g‘alla ekinlari o‘rim mavsumida ekspluatatsiya qilingan. Import qilingan 
kombaynlar qiymati 5349664 AQSH dollari bo‘lib, nizom kapitali to‘laligicha 
zarur texnika importi uchun foydalanilgan. 
Lizing kompaniyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan 
zamonaviy texnikalarni lizing shartlarida 20 %ini oldindan to‘lash va qolgan 80 
%ini 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan beradi. Lizing oluvchidan 
kelib tushuvchi lizing to‘lovlari va oldindan to‘langan pul miqdori konvertasiya 
qilingandan so‘ng zarur texnikalar importiga sarflanadi. 
“Baraka” universal lizing kompaniyasining
tajribalari ham katta 
qiziqish uyg‘otadi. “Baraka” ULK O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 - yil 4 - 
noyabrdagi 427-sonli “O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha 
kompleks dastur”ga asosan ta’sis etilgan. Kompaniyaning nizom jamg‘armasi 
to‘laligicha O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi hisobiga shakllantirilib, 200 
mln. so‘mni tashkil etadi. 1998 - yilida Yevropa lizing kompaniyalari 
assotsiatsiyalari federatsiyasi (Leaseurope) ijroiya qo‘mitasi va raislar qo‘mitasi 
“Baraka” ULKga muxbir-a’zo maqomini berdi. 
O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi Kengashi rahbariyati topshirig‘iga 
binoan kompaniya o‘zining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini quyidagicha 
belgilagan: 

ishlab chiqarish vositalarini respublika iqtisodiyotining ustuvor 
tarmoqlariga yetkazib berish bo‘yicha lizing operatsiyalarini amalga oshirish 
vositasida uzoq va qisqa muddatli moliyalashtirishni amalga oshirish; 

ilg‘or texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni izlab topish va 
harakatlantirish, shuningdek, O‘zbekiston sharoitlarida ulardan samarali 
foydalanish imkoniyatlari tahlili; 

lizing operatsiyalari amalga oshirish va ixtisoslashgan lizing 
bo‘linmalarini tashkil etishda banklarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish; 


103 

ko‘p kanalli moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi lizing loyihalarini 
banklar bilan birgalikda amalga oshirish; 

lizing loyihalarini investitsiyalash uchun kredit va qarz mablag‘larini 
jalb qilish. 
O‘z faoliyatini boshlagandan beri kompaniya mutaxassislari tomonidan 
umumiy qiymati 15271 mln. so‘m bo‘lgan 69 ta lizing loyihasi 
moliyalashtirilgan. Lizing jarayonlarini amalga oshirish jarayonlarida, 
shuningdek, marketing tadqiqotlari tufayli kompaniyalari tomonidan bir 
qonuniyat aniqlandi. Unga ko‘ra mamlakatimizdagi lizing oluvchilar lizing 
sharoitlarida mahalliy xom-ashyo bilan ishlovchi mini-texnologiya va asbob-
uskunalarni (go‘sht, sut, meva, sabzavot, terini qayta ishalsh va hokazo), 
shuningdek, “UZDAEWOOavto” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan 
avtomobillarni lizingga olishga moyillik bildiradilar.
Loyihalarni ko‘rib chiqishda mutaxassislar mahalliy xom-ashyoni qayta 
ishlash, ularni tayyor raqobatbardosh mahsulotga aylantirish, faoliyati import 
o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishga 
yo‘naltirilgan rentabelli yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning paydo 
bo‘lishi, iste’mol bozorini birlamchi zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish 
bilan bog‘liq loyihalarni afzal ko‘radilar. 
Erishilgan natija va tajribalar kompaniyalar uchun o‘zlarining faol va 
mahsuldor 
faoliyatini 
davom 
ettirishga 
turtki 
vazifasini 
bajaradi. 
Kompaniyalarning respublikaning barcha mintaqalarida o‘z vakolatxonalarini 
tashkil qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Bundan tashqari, lizing bo‘yicha 
mutaxassislari lizing kompaniyalari assotsiatsiyasi va O‘zbekistonda lizingni 
rivojlantrish fondini tashkil qilishda ishtirok etishni rejalashtirmoqdalar. 
Bularning barchasi, lizing faolyatini samarali amalga oshirib, jo‘shqin 
rivojlangan holda O‘zbekiston uchun yangi lizing turlarini joriy qilib 
O‘zbekistonning moliyaviy bozorida o‘z o‘rnini topganligini ko‘rsatadi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish