O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/111
Sana29.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#592851
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   111
Bog'liq
Lizing

 
Asosiy adabiyotlar: 
1. Газман В.Д. Лизинг. Теория и практика. - М.: 2000. 
2. Лещенко М.И. Основы лизинга.- М.: 2001. 
3. 
www.irc.org/centralasia
Международная Финансовая корпорация 
Проект по развитию лизинга в Центральной Азии. 
4. Горемыкин В.А. Лизинг – М.: Дашков и Ко, 2003. 
 


81 
VII bob. LIZING JARAYONINI BOSHQARISH 
7.1. Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy shakllar 
Lizing munosabatlarini davlat tomonidan tartibga soluvchi asosiy 
shakllari bo‘lib, quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
Birinchidan, lizing faoliyatiga ixtisoslashgan me’yoriy-huquqiy asoslarni 
shakllantirish. Respublikamizda lizing munosabatlarini rivojlantirishning 
huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‘lidagi vazifalardan biri bo‘lib 
"Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi, "Lizing to‘g‘risida"gi qonunlarni xalqaro 
lizing qonunchiligi va davlat iqtisodiyotiga oid boshqa qonunlar bilan tartibga 
keltirilishi hisoblanadi. Bunda Ottavada qabul qilingan (1988 - yil) va 1995 - yil 
1 - maydan kuchga kirgan BMT Konvensiyasi qoidalari va ushbu Konvensiyaga 
a’zo bo‘lgan va bo‘lmagan davlatlar qonunchiligini inobatga olish asosiy 
muammolardan biri edi. Ayniqsa, sobiq Ittifoqqa a’zo bo‘lgan davlatlarning 
lizingni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki yillarda qabul qilgan qonun va 
qoidalarini o‘rganish va ularni o‘z qonunchiligimizni takomillashtirishda 
inobatga olish maqsadga muvofiq edi. 
Lizing bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish 
maqsadida mamlakatda huquqiy islohotlar davom ettirildi. “O‘zbekiston 
Respublikasi ayrim qonuniy hujjatlariga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida”ga qonun qabul qilinib, unga muvofiq O‘zR Fuqarolik va Soliq 
kodeksiga, O‘zR “Lizing to‘g‘risida”gi va “Bojxona tariflari to‘g‘risida”gi 
qonunlariga 38 ta o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Ta’kidlash joizki, ushbu 
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha asosiy tayyorgarlik ishlari qator 
vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, hamda lizing kompaniyalari va xalqaro 
moliyaviy institutlar vakillari qatnashgan, “Baraka” kompaniyasi tashabbusi 
bilan 2001 - yilda tashkil etiltan “Lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishga 
qaratilgan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha” ishchi guruh tomonidan amalga 
oshirildi.
Ishchi guruhning faoliyati tufayli 2003 - yil 30 - avgustida O‘zbekiston 
Parlamenti tomonidan xo‘jalik prosessual kodeksga o‘zgartishlarni qabul 
qilinishi natijasida, lizing oluvchi shartnomada belgilangan majburiyatlarni 
bajarmaganda lizing obyekti lizing beruvchi tomonidan talab qilib olinishining 
soddalashtirilgan mexanizmi yaratildi. Taklif etilgan o‘zgarishlar lizing beruvchi 
tomonidan nafaqat o‘z operatsiyalarining hajmini oshirishga, balki ta’minot 
uchun yetarli aktivlari bo‘lmagan kichik biznes vakillarining lizing bo‘yicha 


82 
uskunalar olishlariga qulaylik yaratdi. Bu esa mamlakatda lizing rivojlanishiga 
qo‘shimcha rag‘batlantirish bo‘lib xizmat qiladi. 
2003 - yildagi O‘zR Vazirlar Mahkamasining 260-raqamli “Istiqbolda 
valyuta kurslarini unifikatsiyalash va valyuta bozorini liberallashtirish tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori lizing operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta hisobiga 
lizing obyektlarini import qilish shart-sharoitlarini yengillashtirdi, hamda 
xalqaro lizing operatsiyalarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratdi. 
Ikkinchidan, soliq va amortizatsiya imtiyozlarni berilishi. Xususan, lizing 
to‘lovlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish, lizingga berish maqsadida 
O‘zR hududiga olib kirilayotgan texnologik uskunalarni QQS va bojlardan ozod 
etish, xo‘jalik subyektlarini-lizing oluvchilarni lizingga berilgan mulkni mulk 
solig‘idan ozod etish va boshqalar kabi jiddiy soliq imtiyozlari berilishini 
nazarda tutiladi. Soliqqa tortish masalalarini hal etish bilan birga, lizing 
bitimlarining qatnashchilariga lizing obyekti bo‘yicha jadal amortizatsiyani 
mustaqil qo‘llash imkoniyati berilishi kerak. Bu tadbir eksportga mo‘ljallangan 
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish bilan birga 
mashina va uskunalar parkini yangilash muammosini hal etadi. O‘zbekistonning 
amaldagi qonun hujjatlariga binoan jadal amortizatsiyani qo‘llashga ruxsat 
beriladi, biroq, me’yoridan yuqori bo‘lgan amortizatsiya ajratmalari soliqqa 
tortiladigan bazaga kiritiladi va undan soliq undiriladi. Shu munosabat bilan, 
investitsiyalarni 
rag‘batlantiradigan 
va 
soliqqa 
tortiladigan 
bazani 
qisqartiradigan jadal amortizatsiyani hisoblashning zarur usullaridan erkin 
foydalanishni amaliyotga joriy etish zarur, bu esa jamg‘ariladigan amortizatsiya 
summasini inflyatsiya ta’siridan saqlash imkonini beradi. 
Uchinchidan, mutaxassislarni tayyorlash. Lizing operatsiyalari bilan 
shug‘ullanuvchi mutaxassislar tijorat bo‘yicha, yangi va ishlatilgan asbob-
uskunalarga bo‘lgan talab va taklifni aniqlash, ishlab chiqarish texnologiyalari, 
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, nazorat, qonunchilik bo‘yicha, mol-mulkni 
sug‘urtalash va boshqa sohalar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishlari talab 
etiladi. Ma’lumki, lizing operatsiyalarini amalga oshirishda lizing oluvchining 
mol-mulkdan qoniqarsiz foydalanishi, lizing beruvchi ishlatilgan asbob-
uskunalarni samarasiz sotishi, lizing obyektini egasiga o‘z vaqtida 
qaytarilmasligi va shu kabi salbiy xolatlar lizing beruvchining risklarini oshiradi. 
Shu sababli lizing sohasidagi mutaxassislar lizing mulkini sug‘urtalash bo‘yicha 
bilimli va tajribali bo‘lishi katta ahamiyatga egadir. Huquqiy masalalarni bilish 
va lizing shartnomalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish ham muhim vazifalardan 
biridir; 


83 
To‘rtichidan, ilmiy-texnik va axborot qo‘llab-quvvatlanishi; 
Beshinchidan, lizing fondlarini, lizing tizimini rivojlantirish federal 
dasturlarni, lizing kompaniyalarni uyushmasini shakllantirish. Shu kunlarda 
respublikamizda lizing kompaniyalari uyushmasi va ularni qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasini tashkil etish yuzasidan faol harakat olib borilmoqda. 
Aksiyadorlik lizing kompaniyalarining namunaviy ustavlarini, moliyaviy li-
zingni joriy etishga oid namunaviy bitim-shartnomalarni, lizing haqini to‘lashga 
oid uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va tasdiqdash ham asosiy vazifalardan 
hisoblanadi. Bu tuzilmalar faoliyatining asosiy vazifalari sifatida O‘zbekistonda 
lizing bozorining rivojlanishining huquqiy va iqtisodiy asoslarini yanada 
mustahkamlash deb belgilanmoqda. 
Hozirgi paytda O‘zbekiston lizingni tartibga soluvchi qonunchilik 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish