93
VIII bob. O‘ZBEKISTONDA LIZINGNING PAYDO BO‘LISHI VA
RIVOJLANISHI
8.1.
Respublikamizda investitsiya faoliyatining holatini tahlil qilish
Mazkur bosqichda iqtisodiyotda yuzaga
kelgan muammolar iqtisodiy
islohotlarning borishi va aholining turmush farovonligi o‘sishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarda investitsiyalarning
yo‘qligi mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarida ham, iste’molchilarda
ham bir qator yangi muammolarni yuzaga keltiradi.
Sanoat korxonalari odatda yangi texnika uchun pulni birdaniga to‘lash
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ular buni asta-sekinlik bilan,
ushbu texnikani
ekspluatatsiya qilishdan olinuvchi daromadlar hisobiga amalga oshirishlari
mumkin. Bunda sanoat texnikasi ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga bu
muammoni hal qilishga yordam bera olmaydilar, chunki ularning o‘zlari ishlab
chiqarishni tashkil qilish uchun katta aylanma mablag‘lariga muhtojlik sezadilar.
Shu tariqa bir tomondan, mahalliy iste’molchilar
mamlakatimizda ishlab
chiqarilgan texnikani ishlab chiqaruvchilar kreditga sotganda xarid qilishlari
mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan korxonalar zarur mulkni xaridor darhol pul
to‘lagan taqdirdagina ishlab chiqarishga tayyor bo‘ladi.
Natijada mahalliy sanoat korxonalari zarur texnikani ko‘pincha G‘arb
mamlakatlarida lizing krediti asosida turli xil texnikalar
sotish tajribasini keng
qo‘llovchi chet ellik ishlab chiqaruvchilardan sotib oladilar.
Iqtisodiyotning hozirgi holati investitsiya siyosati va uni amalga oshirish
mexanizmi, shuningdek, davlatning bu sohada ro‘y berayotgan jarayonlarga
ta’sir ko‘rsatish shakllariga yangicha yondashishni talab qiladi. Bu
yondashuvlardan biri investitsiyalashning yangicha shakli – lizing bo‘lib, u
iqtisodiyot rivojlanishining mazkur bosqichida uzoq
muddatli investitsiyalarni
jalb qilishning yagona istiqbolli shakli hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda lizing biznesining rivojlanishiga turtki
bo‘luvchi bir qator sabablar mavjud:
Birinchi navbatda bu davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish bo‘lib, davlat
tomonidan lizing rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan bir qator chora-
tadbirlarni, aynan lizingning huquqiy ta’minlanishida aks ettiriladi.
Bundan
tashqari, respublikamizda “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining
tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kompaniya TIF Milliy Banki va
Amerikaning “ALC, Inc.” moliyaviy guruhi bilan birgalikda sug‘urta
kompaniyalarining keng tarmog‘ini yaratgan. Lizing
loyihalarini tuzish va
94
ekspertiza qilish, ularni tezlashtirish maqsadida TIF Milliy Banki tomonidan
respublikamizning
loyiha-konstruktorlik
muassasalari
zamirida
maxsus
injiniring kompaniyasini tuzdi.
Lizing operatsiyalarini soliqqa tortish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoidaga ko‘ra imtiyozlar davlat hukumat va boshqaruv organlari tomonidan
beriladi. Bu imtiyozlar asosan lizing bitimi ishtirokchilarini foyda solig‘i, QQS,
boshqa soliq va yig‘imlardan, lizing obyektlari importi
va eksportida bojxona
bojlari va soliqlardan to‘liq va qisman ozod qilish, shuningdek,
lizing bitimi
ishtirokchilari
uchun
qulay
sharoitlar
yaratishdan
iborat.
Umuman
respublikamizda
amal
qiluvchi
qonunchilikka
asosan
lizing
biznesi
ishtirokchilariga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: