Keltirilgan xarajatlar usulidan
foydalangan holda ham eng samarali
loyihani aniqlash mumkin. “Keltirilgan xarajatlar” deganda jahon tajribasida
investitsiyalarning iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti yoki foiz stavkasi
darajasi yordamida yagona yillik hajmga keltirilgan bir qismigina tushuniladi.
Bu shu bilan bog‘liqki, investitsiyalar katta hajm, mablag‘ kiritish uchun
cheklangan vaqt, o‘zini qoplash muddatining uzunligi bilan tavislanishiga
bog‘liq, ishlab chiqarish xarajatlari esa odatda yillik bo‘ladi. Bozor
iqtisodiyotida har bir korxona r foiz stavkasi darajasida En normativini yoki Rn
investitsiyalar rentabelligi normativini belgilaydi. Bundan kelib chiqqan holda,
keltirilgan xarajatlar quyidagi nisbatlardan kelib chiqadi:
Sp = S + rxK = min, Sp = S + Rn x K = min yoki Sp = S + EnxK (5)
1
Газман В.Д. Лизинг: теория, практика, комментарии. Учебник – М.: Фонд “Правовая
культура”, 2000, 43 c.
40
bu yerda S – yillik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari; K –
investitsiyalar; En = 0.1 – iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti. U
taqqoslanayotgan loyihalarda investitsiya kiritish uchun birinchi va ikkinchi
loyihalarning yillik xarajatlari nisbati sifatida aniqlanadi (3-jadval).
3-jadval
Investitsiya loyihalarining asosiy ko‘rsatkichlari
1
(ming so‘m)
Loyihalar Investitsiyalar 1dona mahsulotni
ishlab
chiqarish
xarajatlari
Yillik ishlab
chiqarish
hajmi, ming
dona
Kelitirilgan xarajatlar
Birinchi
500000.0
0.15
1000
(0.15x1000)Q 0.1x500000 q
50.150
Ikkinchi
450000.0
0.16
2000
(0.16x2000) Q 0.1x 450000
q
45 320
Demak, ikkinchi loyiha samaraliroq hisoblanadi.
Shu tariqa, loyiha samaradorligini aniqlash usullaridan foydalanish yo‘li
bilan lizing kompaniyalari eng samarali loyihalarni tanlab oladilar. Bunda lizing
kompaniyasi zarurat tug‘ilganda ekspertizaning har bir bosqichida malakali
maslahatchilarni jalb qilishi mumkin. Olingan ma’lumotlar asosida lizing
kompaniyasi loyiha bo‘yicha ijobiy yoki salbiy xulosaga keladi. O‘z navbatida
lizing oluvchi lizing kompaniyasiga murojaat qilishdan avval uning loyihasidan
foydalanishga tarafdor va qarshi bo‘lgan barcha holatlarni o‘rganib chiqishi
lozim. Masalan, asbob-uskunalar narxi, undan samarali foydalanish imkoniyati,
buzilish xavfi, loyihaning likvidligi. Agar lizing va kredit (yoki
moliyalashtirishning boshqa usullari) variantlari o‘rtasida taxminiy paritet
kuzatiladigan bo‘lsa, u holda lizing loyihasini batafsil ishlab chiqish mumkin
bo‘ladi.
Lizing oluvchining kredit layoqatini, ya’ni lizing to‘lovlarini lizing
shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarga mos ravishda o‘z vaqtida to‘lash
layoqatini aniqlash eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan
bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
1
Газман В.Д. Лизинг: теория, практика, комментарии. Учебник – М.: Фонд “Правовая
культура”, 2000, 45б.
41
Do'stlaringiz bilan baham: |