O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/111
Sana29.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#592851
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
Bog'liq
Lizing

Ikkinchi bosqich
bu bitimni huquqiy rasmiylashtirishdir. Bu bosqichda 
quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 

lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi; 

lizing obyektini ekspluatatsiyaga qabul qilish dalolatnomasi; 

lizing shartnomasi; 

lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma; 

lizing obyektini sug‘urtalash shartnomasi. 
Uchinchi bosqich
lizing to‘lovlarini amalga oshirish, monitoring, 
buxgalteriya hisobi va hisoboti, lizing obyektining lizing beruvchiga qaytarib 
berilishi yoki lizing oluvchiga berilishidan iborat bo‘ladi. 
 
3.2. Lizing bitimlarini tayyorlash va asoslab berish 
Lizing kompaniyalari yoki banklar lizing operatsiyalarini amalga 
oshirishlaridan avval juda katta tashkiliy ishlarni bajarishlari zarur. Kompaniya 
yoki bank muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun potensial mijozlarga lizing 
operatsiyalarini keng reklama qilish imkoniyatlariga va bir qator ustunliklarga 
ega bo‘lishi lozim. Lizing bozori va uning asosiy tendensiyalarini o‘rganish, 
ma’lum turdagi asbob-uskunalarga talabni aniqlash muhim rolь o‘ynaydi. Bunda 
asbob-uskunalarning bozor narxi tebranishi, lizing obyektiga qo‘shimcha 
ko‘rsatiluvchi (ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish) xizmatlar narxi va tariflari, 
transport tariflarining o‘zgarishi kabi bir qator omillar e’tiborga olinadi. 
Tayyorgarlik ishlarining umumiy maqsadi lizing beruvchining lizing 
olishdan manfaatdor mijozlarni izlab topishidir. SHu bilan bir paytda, lizing 
bitimini tuzish tashabbusi o‘zi mustaqil ravishda zarur asbob-uskunalarga ega 
bo‘lgan ta’minlovchini topuvchi yoki lizing kompaniyasiga ta’minlovchini 
topishda yordam berishni so‘rab murojaat qiluvchi bo‘lajak lizing oluvchi 
tomonidan ham bildirilishi mumkin. Biroq bu holatda lizing kompaniyasi taklif 


35 
etayotgan variantlar ichidan lizing obyektini va muayyan ta’minlovchini tanlash 
huquqiga lizing oluvchi ega bo‘ladi. 
Lizing kompaniyalari amliyotidan kelib chiqqan holda, lizing jarayonini 
to‘liq kuzatish mumkin.
1
Hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘lajak lizing 
oluvchining lizing beruvchiga ariza berishidan boshlanadi. Bu arizada lizing 
oluvchining tashkiliy-huquqiy shakli, lizing obyektining qiymati, asbob-
uskunalarni yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi hamda potensial qarz oluvchida 
lizing operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur resurslarning mavjudligi 
haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tiladi. Ariza topshirilgandan so‘ng lizing 
oluvchi zarur hujjatlar to‘plamini (nizomning nusxasi, biznes-reja, so‘nggi ikki 
yil uchun buxgalteriya balansi, loyihani texnik va iqtisodiy jihatdan asoslash, 
lizing oluvchining iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uning rivojlanish 
istiqbollari va hokazolar) taqdim etadi. Potensial lizing oluvchining moliyaviy 
holati tahlili natijalariga ko‘ra, lizing loyihasi iqtisodiy ekspertizadan 
o‘tkazilgach, shuningdek, lizing oluvchining hujjatlarini huquqiy jihatdan 
tekshirish bo‘yicha ma’lumotlarga asosan lizing kompaniyasi rahbariyati 
tomonidan lizing loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida 
qaror qabul qilinadi. Ijobiy natijalarga ega bo‘lgandan so‘ng lizing beruvchi bu 
haqda lizing oluvchini xabardor qiladi hamda unga tanishib chiqish uchun lizing 
shartnomasi loyihasini yuboradi. Loyihaning barcha qoidalari bo‘yicha kelishib 
olingach, lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida lizing shartnomasi tuziladi. 
Bu shartnoma kelgusida ushbu xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solib boradi. Shartnomada lizing obyektidan foydalanish va uni saqlash 
shartlari, lizing to‘lovlari muddati, shuningdek, lizing obyektidan foydalanish 
bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning lizing oluvchi zimmasiga o‘tishi ko‘rsatiladi. 
Shu bilan bir paytda lizing beruvchi bilan mulkni yetkazib beruvchi o‘rtasida 
oldi-sotdi shartnomasi imzolanadi. Mulkni yetkazib beruvchini lizing oluvchi 
tanlaydi. Kelajakda mulkning sifati, uning butligi va yetkazib berish muddati 
bo‘yicha barcha e’tirozlar lizing oluvchi tomonidan bevosita mulkni yetkazib 
beruvchiga bildiriladi. Ko‘rsatilgan mulk uchun pul to‘langach lizing obyekti 
ta’minlovchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga beriladi. Lizing obyektini 
qabul qilish-topshirishda uch tomon – lizing beruvchi, lizing oluvchi va lizing 
obyektini yetkazib beruvchi ta’minlovchi ishtirok etadi. Lizing muddati lizing 
oluvchi lizing obyektini amalda qabul qilgan paytdan boshlab hisoblanadi. 
Lizing beruvchi tomonidan lizing loyihasi monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar 
1
Мезенцев Е., Маъмуров А. Лизинговые операции и этапы их проведения // Рынки, деньги и кредит, 
2000 №1 17-18б. 


36 
ko‘rilib, ular lizing obyektidan to‘g‘ri foydalanish va lizing to‘lovlarining o‘z 
vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Monitoring davomida 
shuningdek, lizing oluvchining moliyaviy ahvoli ham doimiy ravishda o‘rganib 
boriladi. Lizing operatsiyalarida tavakkalchilik yuqoriligi sababli mijozlar bilan 
ishlash har bir lizing jarayonining asosini tashkil etadi. Lizing kompaniyasi 
mazkur ishga – mulk olish uchun arizadan tortib to to‘lovlarning o‘z vaqtida 
bajarilishini ta’minlash, lizing shartnomasi muddati tugaguncha lizing obyektini 
to‘g‘ri ekspluatatsiya qilishni nazorat qilishga katta e’tibor qaratishi lozim. 
Umuman, lizing jarayoniga aniqlik va tezkorlik zarur bo‘ladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish