30
1. Qonun va shartnomaga
mos ravishda aniq bajarish, lizing predmeti
shartlariga rioya qilish,
bajarish shartlari, vaqti, o‘rni va usullarini sifatini
ta’minlash.
2. Bajarishning tejamkorligi, ya’ni bajarish
usulini tanlashda eng kam
xarajatlarga yo‘l qo‘yish.
3. Hamkorlik – hamkorlarning huquq va manfaatlariga zarar etkazmaslik,
ishbilarmonlik etikasiga rioya qilish, majburiyatlarni bajarishda bir-biriga
ko‘maklashish.
4. Bajarishni belgilangan muddatda amalga oshirish.
5. Majburiyatlarning umuman yoki kerakli
tarzda bajarilmasligi uchun
javobgarlik. Shartnoma bandlarini bajarishni kafolatlashni ta’minlash maqsadida
tomonlardan har biri uchun jarima choralari qo‘llanishi ko‘zda tutiladi.
Shartnoma shartlarini buzuvchilar uchun qonunchilikda quyidagi qoidalar
ko‘zda tutilgan:
•
majburiyatlarni umuman yoki kerakli tarzda bajarmaslik tufayli
yetkazilgan zararni aybdor tomon qoplaydi;
•
ish va xizmatlar bajarilmaganda kreditor ularni bajarishni uchinchi
shaxslarga topshirishi va xarajatlarni qarzdor hisobidan undirishi mumkin;
•
lizing oluvchi bitim muddati tugagach lizing obyektini sotib olmasdan
o‘z
vaqtida qaytarmasa, lizing beruvchi mulkni qaytarib olish yoki zararni
qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar iqtisodiy jihatdan zararlarni
qoplash va jarimani to‘lash shaklida aks ettirilib, ularni zararlarsiz to‘latish ham
mumkin. Jarima bu shartnoma shartlarini buzuvchi tomonidan to‘lanuvchi pul
miqdori. U erkin konvertasiya qilinuvchi valyutada
majburiyatlarning yoki
qarzning foizida jarima ko‘rinishida va penya ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.
Lizing shartnomasi bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari quyidagi
hollarda to‘xtatilishi mumkin: to‘lov miqdori to‘laligicha to‘lansa, bitimni
berkitish summasi bir vaqtning o‘zida to‘lansa, shartnoma bir tomonlama bekor
qilinsa. Shartnomani bekor qilishga asos sifatida quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:
•
shartnoma muddatining tugashi yoki sud qarori;
•
tomonlarning kelishuvni muddatidan oldin to‘xtatish
qarori yoki
tomonlardan birining tugatilishi;
•
lizing beruvchining tashabbusi bilan quyidagi hollarda: oldi-sotdi
shartnomasi kuchga kirmasa yoki bekor qilinsa;
sotuvchi mulkni lizing
31
oluvchiga yetkazib bermasa; lizing oluvchi 30 kundan ortiq qarzni to‘lamasa;
mulkdan texnik sharoitlar buzilgan holda foydalanilsa;
•
lizing oluvchining tashabbusi bilan quyidagi hollarda: lizing obyektini
qabul qilishda tuzatib bo‘lmaydigan kamchilik
va nuqsonlar aniqlansa; lizing
obyekti o‘z vaqtida yetkazib berilmasa.
Shu tariqa, lizing shartnomasining tashabbus taklifidan tortib to
shartnomaning bekor qilinishigacha bir nechta bosqichlarini ko‘rsatish mumkin
(6-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: