MA’RUZA № 6. KO‘P TARTIBLI MODULYATSIYALAR TURLARI
Reja:
1. Kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK);
2. Yulduz
turkumli diagramma;
3. Kvadraturali amplitudaviy modulyatsiyalash (QAM).
Kvadraturali fazaviy manipulyatsiya (QPSK - Quadrature Phase Shift
Keying).
BPSK oddiyligi loyihachilarni har bir signal elementida 2 bitdan
ishlatishga majbur qilgan edi. Shu sababli bod uzatish tezligi pasayadi va natijada
kerakli o‘tkazish polosasi kamayadi. Sxema o‘zida
kvadraturali PSK
yoki
QPSK
ni aks etadi, sababi u ikkita alohida BPSK modulyatsiyani ishlatadi. Bittasi sinfazli
va boshqasi kvadraturali (nosinfazli) hisoblanadi. Kiruvchi
bitlar avvalo ketma-
ketli o‘zgartirishdan parallel o‘zgartirishga o‘tadi. Bunda 1 bit bir modulyatorga
uzatiladi va navbatdagi bit boshqa modulyatorga uzatiladi. Agar kiruvchi
signaldagi har
bir bit davomiyligi
T
bo‘lsa, mos BPSK signaliga uzatiluvchi har bir
bit davomiyligi
2
T
ga teng bo‘ladi. Bu esa BPSK signali boshlang‘ich signal
chastotasining yarmiga ega ekanligini bildiradi. 6.1-rasmda g‘oya ko‘rsatilgan.
Ikki tashkil etuvchi signal har bir ko‘paytirgich
tomonidan
generatsiyalanadi, lekin fazalar har xil. Ular qo‘shilgan vaqtda natija bo‘lib yana
bir sinusoidal to‘lqin hisoblanadi. Uning fazasi to‘rtta bo‘lishi mumkin bo‘lgan
45°, -45°, 135° va -135° fazalardan biri bo‘ladi. Chiquvchi signalda signal
elementining 4ta turi (L=4) mavjud. Shuning uchun biz bitta signal elementiga 2
bit (r=2) uzatishimiz mumkin.
6.1-rasm. QPSK va uning amalga oshirilishi.
Yulduz turkumli diagramma.
Yulduz turkumli diagramma
bizga, ayniqsa
ikki tashuvchi signal (bitta sinfaz va bitta kvadraturali) ishlatganimizda signal
elementi ampitudasi va fazasini aniqlashda yordam berishi mumkin. Bu
diagramma ko‘p
sathli ASK, PSK yoki QAM bilan ish ko‘rganda juda qulay
hisoblanadi. Yulduz turkumli diagrammada signal elementi turi nuqta kabi taqdim
qilinadi. Uning yonida ko‘pincha u olib o‘tishi mumkin bo‘lgan bit yoki bitlar
kombinatsiyasi yoziladi.
Diagramma ikki o‘qga ega. Gorizontal X o‘qi sinfaz tashuvchi bilan bog‘liq
bo‘lsa, vertikal Y o‘qi kvadraturali tashuvchi bilan bog‘liq. Diagrammaning har bir
nuqtasi uchun to‘rtta axborot qismini chiqarish mumkin. X o‘qidagi
nuqta
proektsiyasi sinfaz tashkil etuvchi amplituda cho‘qqisini aniqlaydi. Y o‘qiga nuqta
proektsiyasi kvadraturali tashkil etuvchi amplituda cho‘qqisini aniqlaydi. Nuqtani
boshi bilan bog‘lovchi liniya (vektor) uzunligi signal elementi (X va Y
komponentalari kombinatsiyasi) amplituda cho‘qqisini taqdim etadi. X o‘qi bilan
liniya hosil qiladigan burchak signal elementi fazasi hisoblanadi. Barcha kerakli
axborot yulduz turkumli diagrammada oson topilishi mumkin. 6.2-rasmda yulduz
turkumli diagramma ko‘rsatilgan.
6.2-rasm. Yulduz turkumli diagramma tushunchasi.
6.3-rasmda 3ta yulduz turkumli diagrammalar ko‘rsatilgan.
Har bir holatni
alohida ko‘rib chiqamiz:
- ASK uchun biz faqat sinfaz tashuvchini ishlatamiz. Shuning uchun, ikki
nuqta X o‘qida bo‘lishi kerak. Ikkilik 0 amplitudasi 0 V va ikkilik 1 amplitudasi 1
V (misol uchun). Nuqtalar o‘q boshida va 1 birlikda joylashgan.
- BPSK ham shunday sinfaz tashuvchini ishlatadi. Lekin, modulyatsiya
uchun biz polyar NRZ signalni ishlatamiz. U ikki turdagi
signal elementini hosil
qiladi: bittasi 1 amplituda bilan, ikkinchisi -1 amplituda bilan. Boshqacha
aytganda, BPSK ikki har xil signal elementini hosil qiladi: bittasi faza bo‘yicha 1
V amplituda bilan, boshqasi esa fazadan 180° tashqarida 1 V amplituda bilan.
- QPSK
ikki tashuvchini ishlatadi, bittasi sinfaz va boshqasi kvadraturali.
11ni ifodalovchi nuqta 1 V amplituda kabi ikkita kombinatsiyalangan signal
elementlaridan tashkil topgan. Bitta element sinfaz tashuvchi va boshqasi
kvadraturali tashuvchi bilan taqdim qilingan. 2-bitli ma’lumotlar
elementi uchun
uzatilgan oxirgi signal elementi amplitudasi 2
1/2
ga teng va fazasi 45°. Ushbu
argument boshqa 3ta punkt uchun bir xil. Barcha signal elementlari 2
1/2
amplitudaga ega, lekin ularning fazalari farq qiladi (45°, 135°, -135° va -45°).
Albatta, biz yakuniy amplitudalarni 1 V qilish uchun tashuvchi amplitudasini
1/(2
1/2
) deb tanlab olishimiz mumkin edi.
6.3-rasm. 3ta yulduz turkumli diagrammalar.