Kommutatsion apparatlarning mikroprotsessorli boshqarish tizimlari



Download 353,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.04.2022
Hajmi353,38 Kb.
#592661
1   2   3
Bog'liq
12-MA’RUZA

12.52-расм. ЭЪМ нинг 
функционал схемаси. 



UVV – informatsiyalarni kiritish-chiqarish periferiya qurilmalari. 
ALU lar raqamlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish kabi arifmetik 
vazifalarni, shuningdek VA (I); YOKI (ILI); INKOR (NE); YOKI-INKOR (ILI-
NE); VA-INKOR (I-NE) va b. mantiqiy vazifalarni bajarish uchun belgilanganlar. 
UU- E’M tarkibidagi boshqa asosiy elementlarning ishlashini boshqarish 
bilan birga E’Mga kiritilgan boshqa informatsiyalarni (ma’lumotlarni) boshqaradi. 
UU larning ‘arakati tegishli komandalar bilan aniqlanadi. E’M oldiga qo‘yilgan 
vazifani to‘liq ijrosini ta’minlovchi komandalar majmuasi 
dastur 
deb ataladi. 
ZU yoki boshqacha aytganda E’M ning 
xotirasi 
– ‘ar biri eslab qolish 
(‘otiraga olish) elementlarini o‘z ichiga olgan yacheykalardan iborat bo‘lib, 
dasturlarni va ishlov berilayotgan ma’lumotlarni (informatsiyalarni) ‘otirada 
saqlash vazifasini bajaradi. E’Mlarda hisoblash va boshqarishni amalga oshirishda 
asosini 2 raqami tashkil etuvchi 
ikkilangan 
(yoki boshqacha aytganda, ikkita 
raqamdan iborat) hisoblash tizimidan foydalaniladi. Ushbu tizimga ko‘ra, ‘ar 
qanday son mantiqiy nolp (O) va mantiqiy bir (1) raqamlardan tuzilgan «so‘z»larni 
ifodalaydi. Xotiralash elementlari yarim o‘tkazgichli triggerlar negizida 
tayyorlanadi, yacheykalar esa, negizini triggerlar tashkil etuvchi registrlar negizida 
tayyorlanadi. Trigger o‘zida ikkilangan raqamlardan (1 yoki O) birini saqlaydi. 
YAcheykaga birorta raqamni kiritish, yoki undan saqlanayotgan ma’lumotni olish 
uchun shu yacheykaning manzili ko‘rsatilishi talab qilinadi. 
Xotira qurilmasi operativ ‘otira (OZU) va doimiy ‘otira (PZU) qurilmalariga 
bo‘linadi. OZU yordamida ALU va UU larga tashqi informatsiyalar kiritiladi. 
PZUda esa vazifalar dasturi saqlanadi. 
Perfokartalar magnit (lentalari) tasmalari va boshqalardagi 
informatsiyalarni hisoblab, E’M uchun qulay formaga keltiruvchi UVVlar 
periferiya qurilmalari deb yuritiladi. UVVlar, shuningdek, teletaypdagi sonlar 
ko‘rinishidagi matnlarni va monitor ekranidagi informatsiyalarni hisobga olib 
boradi. 
ALU va UU majmuasi o‘zidan yaxlit kompleksni ifodalab, berilgan dasturga 
ko‘ra informatsiyalarga avtomatik ishlov berish imkoniyatini beradi. Bunday 
majmua mashinaning (E’Mning) 
markaziy protsessori 
yoki oddiy qilib aytganda
protsessori 
deb ataladi. 
Bir yoki bir necha BISdan iborat protsessor mikroprotsessor deb ataladi. 
Mikroprotsessor so‘zidagi «mikro» qo‘shimchasi qurilmaning yuqori darajadagi 
integratsiya qobiliyatini, kichik o‘lchamlari va kichik massasini belgilaydi. 
Mikroprotsessorning kirish qismiga UVV va ZU orqali ikkilangan kod 
ko‘rinishidagi boshqarish signallari va qayta uzatish signallari uzatiladi. ZUga 
kiritilgan dasturga ko‘ra ALU yordamida informatsiyalarga ishlov beriladi va 
chiqishda olingan signallar yordamida ob’ektni boshqarish amalga oshiriladi. 
Mikroprotsessorlar universal va maxsuslashtirilgan mikroprotsessorlarga 
bo‘linadi. Universial mikroprotsessor markaziy protsessor vazifasini bajarib, 
EXMlarda, avtomatik boshqarish tizimlarida, o‘lchov asboblarida va tash’islash 
qurilmalarida keng qo‘llaniladilar. 
Maxsuslashtirilgan mikroprotsessorlar esa aniq vazifalarni bajarish uchun 
belgilangan bo‘lib, ma’lum parametrga ko‘ra optimallashtirilgan bo‘ladi. Bunday 


protsessorlar vazifalarni universal mikroprotsessorlarga nisbatan bir necha marta 
tez bajaradi. 
Mikroprotsessorli komplekt tushunchasi o‘zidan bir biriga mos keluvchi, 
o‘zlarining konstruktiv va texnologik belgilariga ko‘ra birlashtirilishi mumkin 
bo‘lgan mikroprotsessor va boshqa integral sxemalari majmuasini ifodalaydi. 
Odatda komplekt tarkibiga BIS, mikroprotsessor, ZU va UVV lar kiradi. 
Konstruksiyasiga ko‘ra plata ko‘rinishida yaratilgan mikroprotsessorli 
komplekt mikrokontroller yoki odiy qilib, kontroller deb yuritiladi. Belgilanishiga 
ko‘ra bunday kontroller kontaktli kontroller bilan bir xildir. Mikroprotsessorli 
komplektning BISi (katta integral mikrosxemasi) mikroprotsessorli tizim tarkibiga 
kiradi. Bunda mikroprotsessor yuritmalarni boshqarish sistemasi, o‘lchov va
boshqa maqsadlar bo‘yicha informatsiyalarga ishlov beruvchi element hisoblanadi. 
Agar mikroprotsessorli tizim tarkibida bir necha mikroprotsessorlardan 
foydalanilsa, bunday tizim-mulptimikroprotsessor tizimi deb yuritiladi. 
MikroE’M konstruktiv ji’atdan tugallangan qurilma bo‘lib, tarkibi 
mikroprotsessor, elektr manbasi, ‘otira qurilmasi, informatsiyalarni kiritish-
chiqarish qurilmalari va boshqarish pulptlaridan iboratdir. 
Elektr yuritmasini mikroprotsessor yordamida boshqarish uchun belgilangan 
eng sodda ko‘rinishdagi qurilmaning strukturaviy sxemasini ko‘rib chiqamiz. 
12.53-rasm. Mikroprotsessor yordamida o‘zgarmas tok dvigatelini boshqarish 
qurilmasining funksional sxemasi. 
Elektr manbasi vazifasini bajaruvchi tiristorli o‘zgartirgich TP ga ulangan 
dvigatelp M, mikroprotsessor MP yordamida boshqariladi. Sxemadagi BS- 
mikroprotsessor MP va TP larni muvofiqlashtiruvchi blok (yoki interfeys) 
vazifasini bajaradi. 
Dvigatelpni ishga tushirish (yuritish) vaqtida uning tezligi tok datchigi DT 
va aylanish chastotasi datchigi DCHV lar yordamida o‘zgartirib (boshqarib) 
boriladi. DT sifatida drosselli magnit kuchaytirgichlardan, DCHV sifatida esa 
taxogenerator TG lardan foydalaniladi. DT va DCHV larning analogli kirish 
signallari ATSP-ya’ni, analogli raqamli o‘zgartirgichlar yordamida raqam 
ko‘rinishidagi informatsiyalarga aylantiriladi (o‘zgartiriladi) va mikroprotsessor 
MP ga uzatiladi. 
Tashqi ta’sir etish apparatlari (knopkalar, datchiklar) mikroprotsessor MP ga 
UVV va ZU lar orqali ta’sir etish orqali dvigatelp tezligini belgilangan 
qonuniyatga ko‘ra talab qilingan tezlikgacha etib borishini ta’minlaydi. Zarur 
xollarda dvigatelp tezligini boshqarish uchun belgilangan qonuniyat PZU 
xotirasidagi dasturni o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. 



Download 353,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish