113
- quyidagi me‘zonlarni inobatga olgan holda texnologik jarayonni
boshqarish: maksimal samaradorlikni ta‘minlash; ishlov berish aniqligi va sifatini
ta‘minlash; energiya sarfi tejamliligini ta‘minlash. Boshqarishning
aniq vazifalari
juda ham keng bo‗lib, ular texnologik jarayon xarakteriga ko‗ra aniqlanadi.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning ikkinchi funksiyasi to‗liq elektr
yuritmaning xarakatini xarakterlovchi kattaliklarni rostlash bilan bog‗liq (masalan,
tezlik, moment, ishchi organ holati). Bu funksiyani faqatgina rostlanuvchi elektr
yuritma orqali amalga oshirish mumkin. Bu maqsadda mexanik va gidravlik
rostlash vositalaridan (variator,
uzatish qutisi, gudromufta) foydalanish bugungi
kunda texnik va iqtisodiy jixatdan o‗zini oqlamoqda.
Rostlanuvchi elektr yuritma deganda tezlik yoki momentni berilgan
diapazonda silliq (ravon) va aniq rostlashni ta‘minlaydigan elektr yuritma
tushuniladi. Biroq rostlanuvchi elektr yuritmaga talab bu bilan chegaralanmaydi.
Rostlanuvchi elektr yuritmani
boshqarish tizimi shuningdek, tezlik moment va
yuritmaning boshqa parametrlari o‗zgarganda o‗tkinchi jarayon boshlang‗ich
xarakterini ta‘minlash ham kerak.
Elektrmotorlar iste‘mol tarmog‗iga oddiy sxema bilan ulanganda o‗zining
elektrmexanik xususiyatlari bilan elektr yuritma xarakatining sifatli rostlanishini
ta‘minlab bera olmaydi. Shuning uchun elektr yuritmani rostlash maqsadida elektr
motorga berilayotgan yoki undan olinayotgan elektr energiyasini o‗zgartirib
turishga to‗g‗ri keladi. Elektr energiyani o‗zgartirish yarim o‗tkazgichli
o‗zgartgichlar yordamida amalga oshiriladi.
O‗zgartirilgan elektr energiya parametrlarini rostlash bilan (chastotasi,
kuchlanish, impulslanish turi) rostlanuvchi yuritma uchun talab qilingan mexanik
va dinamik xarakteristikalarni olishga erishiladi. Yarim o‗tkazgichli o‗zgartgichlar
parametrlarini boshqarish uchun avtomatik rostlashning
ichki konturlari xizmat
qiladi. Ular E.YU.K., qozg‗atish toki rostlanuvchisi va boshqalardir. Bu ma‘noda
rostlanuvchi elektr yuritma doimo avtomatlashtirilgan bo‗ladi. Ya‘ni yuritmaning
xarakteristikalarini shakllantiruvchi avtomatik boshqaruv vositalariga ega bo‗ladi.
114
Rostlashning tashqi konturlari elektr yuritmani xarakatini izoxlovchi
o‗zgaruvchilarni aniqlaydi: tezlik va ishchi organ holatini. Odatda bu rostlash
konturlari yopiq bo‗ladi. Ya‘ni rostlanadigan parametrlar bilan teskari bog‗lanishga
ega bo‗ladi. 4.1. - rasmda tezlikni rostlash yopiq konturli sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: