A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma


 - rasm. Releli boshqaruv tizimli elektr yuritmaning yopiq konturli



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

10.8 - rasm. Releli boshqaruv tizimli elektr yuritmaning yopiq konturli 
funksional sxemasi 


278 
Impulsli boshqaruv tizimli elektr yuritmalarda rostlash zanjirida impulsli 
element bor bo‗lib, u uzluksiz signalni uzluksiz ketma – ketlikdagi aniq 
xarakteristikali impulslarga o‗zgartirib beradi. Elektr yuritmalar tizimlarida kengli 
impulsli o‗zgartirgichlar (KIO‘) keng ko‗lamda ishlatiladi. Ular impulslarni aniq 
ketma – ketlikda, o‗zgaruvchan davomiylikda, doimiy davrda va amplitudada 
shakllantirib beradi. 
Raqamli rostlash tizimlarida o‗zgaruvchi xaqidagi axborot raqamli kodga 
aylantiriladi. Hozirgi vaqtda raqamli tizimlar asosan mikroprotsessorlar 
ko‗rinishida yaratiladi. Ular rostlagich va axborot o‗zgartirgich tuzilmalari 
vazifalarini raqamli ko‗rinishda amalga oshiradi. 
Chiquvchi rostlanuvchi koordinatalar bo‘yicha tasnif. 
Chiquvchi rostlanuvchi koordinatalar bo‗yicha yopiq konturli rostlash tizimi 
quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
Momentni (zo‗riqishni) rostlash tizimlari. Bu sinfga metallurgiya 
sanoatidagi listli prokat ishlab chiqarishda metalni tortish tizimi elektr yuritmasi 
yoki kimyoviy – texnologiya ishlab chiqarishida yupqa plyonkalarni tortish tizimi 
elektr yuritmalari misol bo‗la oladi. Ishchi organ momentini rostlash qonuniyati 
texnologik jarayon bilan aniqlanadi. 
Tezlikni rostlash tizimlari. Ular ko‗pchilik texnologik mashinalarning elektr 
yuritmalarida qo‗llaniladi: metallarga ishlov beruvchi dastgoxlarda, prokat 
stanlarida. Tezlikni rostlash tizimi ikkita katta guruhga bo‗linadi. 
Tezlikni stabillashtiruvchi tizim. Bunda har xil ta‘sirlarga qaramay tezlikni 
bir maromida ushlanadi. Bu tizimga qog‗oz ishlab ishlab chiqaruvchi mashina 
elektr yuritmasi misol bo‗ladi. 
Tezlikni boshqarish tizimi. Bunda ishchi organ tezligi texnologik jarayon 
talablariga ko‗ra yuqori aniqlikda rostlanadi. Ekskavator, ko‗tarma – transport 
mashinalari elektr yuritmalari bunga misol bo‗la oladi. 
Ishchi organ holatini rostlash tizimi. Bu tizimlar prokat stanlarining 
vintlarini qotirish tizimi elektr yuritmalarida va sanoat ishlab chiqarishning 


279 
robotlashtirilgan tizimlari elektr yuritmalarida ishlatiladi. Bu tizimda ishchi 
organning holati texnologik jarayon talabiga ko‗ra aniq belgilanadi. Holatni 
rostlash yopiq konturli tizimi ikki xil turda namoyon bo‗ladi – holatlashtirish 
(pozitsiya) tizimi va kuzatuvchi tizim. 
Holatlashtirish tizimida ishchi organning boshlang‗ich va oxirigi holatlari 
beriladi, ko‗chish parametrlari esa nazorat qilinmaydi. 
Kuzatish tizimida ishchi organning har bir holati aniq berilib, uning xarakat 
traektoriyasi to‗liq nazorat qilinadi. 
Bajariladigan vazifasiga ko‗ra tasniflanish texnologik jarayon xarakteri va 
xususiyatlariga qarab quriladi. Barcha yopiq konturli elektr yuritma tizimlari 
quyidagilarga bo‗linadi: 
1.
Rostlanadigan parametrlarni stabillashtirish tizimi (moment, tezlik). 
Bunday tizimlarning asosiy xususiyati rostlanadigan parametrlarning 
uzoq vaqt davomida o‗zgarmay bir xil qolishidadir. Rostlanadigan 
parametrlarning xaqiqiy qiymati ta‘sirlar va siljishlarga qaramay 
o‗zgarishsiz qolishi kerak. 
2.
Tezlikni rostlash tizimi, bunda tezlikning berilishi operator tomonidan 
amalga oshirilib, elektr yuritma tomonidan kerakli aniqlanadi qayta 
ishlaydi (bajariladi). 
3.
Elektr yuritmaning kuzatuvchi tizimi. Bu erkin ravishda o‗zgaruvchi 
kirish boshqaruvchi signalli yopiq konturli holatni rostlash tizimi bo‗lib, 
ishchi organ tomonidan kuzatish ob‘yekti xarakatini amalga oshiradi. 
Kuzatuvchi tizimlar nusxali – frezer dastgoxlarda, radiolokatsiya 
stansiyalarining navigatsiya tizimlarida ishlatiladi. 
4.
Dasturli boshqaruvli tizim. Bunda texnologik jarayonni bajarishda 
berilgan signal va rostlanuvchi parametrlar dasturlash tuzilmasiga 
kiritilgan qonuniyat bo‗yicha o‗zgaradi. Bunday tizimlar metall qirquvchi 
dastgoxlarda qo‗llaniladi. 


280 
5.
Adaptiv tizimlar (moslanuvchi). Bunday yopiq konturli rostlash tizimida 
elektr yuritmaning ish rejimi aniq texnologik holat va ish sharoitiga qarab 
avtomatik tarzda tanlanadi. 
TO‘ – D o‗zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash tizimlari jamlanuvchi 
kuchaytirgich bilan va yuritmaning bo‗ysinuvchi rostlash parametrlari bilan 
bajariladi. 
Chastotali boshqaruvchi asinxron elektr yuritmalarni rostlash tizimlari 
rostlash prinsipiga ko‗ra quyidagicha bo‗ladi: 
- parametrik boshqarish tizimi; 
- chastota – tokli boshqarish tizimi; 
- vektorli boshqarish tizimi. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish