A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma


 - rasm. Magnitli yurgizgich yordamida asinxron dvigetelni boshqarish



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

9.1 - rasm. Magnitli yurgizgich yordamida asinxron dvigetelni boshqarish 
sxemasi a) noreversiv, b) reversiv.
Motorni yurgazish uchun 
o‗chirg‘ichini ulanadi va SB1 tugmasi bosiladi. 
Bunda KM kontaktor chulg‗ami manbaga ulanib o‗zining kuch kontaktlari bilan 
asinxron motorning stator chulg‗amlarini tarmoqqa ulaydi. KM blok kantakti ―SB1 
YURISH‖ tugmasini shuntlaydi, tugma qo‗yib yuborilgandan keyin KM kontaktori 
ulangan xolda qoladi. Motorni o‗chirish uchun ―SB2 TO‗XTASH‖ tugmasini 
bosish kerak, natijada KM kontaktor manbadan uziladi. 9.1a rasmdagi sxema 
bo‗yicha qisqa tutashuv tokidan ximoyalanish FA eruvchan saqlagichlar 
yordamida amalga oshiriladi. 9.1b rasimda esa QF
 
avtomatik o‗chirgich va FA 
saqlagichlari yordamida ximoya tizimi ishlaydi. Dvigetelning ortiqcha yuklamadan 
himoyalanishi KK isiqlik relelari orqali amalga oshiriladi. Bu rele yuklama ortib 
ketish natijasida qizib ishga tushib kantaktor chulg‗ami zanjirni uzadi. Isiqlik 


243 
relesi ishga tushib zanjir uzulgandan so‗ng undagi maxsus tugma bosilib uni 
avvalgi ish holatiga qaytariladi. Tarmoq kuchlanishi yo‗qolganida motorni o‗z 
o‗zidan ishga tushib ketishidan ximoya SB1
 
tugmasini shuntlovchi KM blok 
kontakti vositasida amalga oshiriladi. 
Reverslash yurgizgichida stator chulg‗amini manbaga xar xil fazalar
tartibida ulovchi (9.1b- rasm) KM 1 va KM 2 ikkita kontaktor mavjud. Ikkala 
kontaktorni bir vaqtda ishga tushishini oldini olish maqsadida mexanik va elektrik 
blokirovkadan foydalaniladi. Buning uchun kantaktor normal yopiq blok- 
kantaktnini boshqa kontaktor chulg‗ami zanjiriga kiritiladi. 
Boshqarish va ximoya relesi. Boshqaruv va ximoya tizimida elektrmagnitli 
relelar keng ko‗lamda qo‗llaniladi. Ular boshqaruv zanjirlarini ulash uchun 
ishlatiladi. Rele kontaktorlarining kommutatsion qobiliyati odatda 6 A dan 
oshmaydi. 
Oraliq relelar bir zanjirdan boshqa zanjirga buyruq uzatish uchun hamda bir 
vaqtda ishlaydigan kontaktorlar sonini oshirish uchun, shunigdek uzatilayotkan 
signal quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi. Kuchlanish relesi tarmoqdagi 
kuchlanish yo‗qolib qolishidan va sezilarli kamayib ketishidan ximoya qilish 
uchun ishlatiladi. Kuchlanish va oraliq relelarning chulg‗amlari 12, 24, 48, 110, va 
220 v kuchlanishli o‗zgarmas tokka mo‗ljallangan bo‗ladi. Oraliq relelar 8 ta gacha 
ochiq va yopiq kantaktlarga ega bo‗ladi. 
Vaqt relesi boshqaruv signalini uzatishda ma‘lum muddatga kechiktirilishni 
ta‘minlaydi. O‗zgarmas tokda ishlaydigan REV 800 rusumli elektrmagnitli relelar 
keng tarqalgan. Bu relelarda vaqtning kechiktirilishi rele chulg‗ami manbadan 
uzulgandan keyin ishga tushiriladi; bunda rele magnit o‗tkazgichiga kiydirilgan 
gilzadagi uyurma toklari ta‘sirida hosil qilinadigan magnit oqimi hisobiga 1 s. dan 
15 s. gacha ushlab turiladi. 
Bundan tashqari pnevmatik, mexanik va elektron vaqt relelari ishlatiladi. 
Pnevmatik rele pnevmatik diafragmali elektrmagnit relesidir. Bunda xovoning 
difragmadan asta o‗tkazilishi xisobiga rele yakori xarakati sekinlashadi va kontakt 


244 
ulanishi kechiktiriladi. Pnevmatik relelar 2.5 s dan 180 sek. gacha kechiktirishni 
ta‘minlaydi. 
O‗lchov relelari nazoratdagi parametr kerakli qiymatga erishganda ishga 
tushadi (o‗chadi yoki ulanadi). Tok kuchi va kuchlanish qiymati qaytarish uchun 
mo‗ljallangan prujina burilishi rostlash yo‗li bilan rostlanadi.
Issiqlik relelari dvigeatelarni ortiqcha yuklanishdan saqlaydi. Bu relening 
sezgi organi bimetal plastina bo‗lib, ortiqcha yuklanish bo‗lganda u qizib egiladi 
va kantaktlarning uzilishiga olib keladi. 
Sanoatda turli xil maqsadlar uchun mo‗ljallangan ko‗plab relelar ishlab 
chiqariladi. Ulardan RPUO va RPU-1, 2, 3, 4 rusumli tok elektrmagnit relelari, 
REV- 800 rusumli kuchlanish va vaqt relelari, RVP- 72 rusumli pnevmatik relelar, 
TRN va TRTP rusumli issiqlik relelari keng miqyosida ishlatiladi. 
Elektr yuritmalarni boshqarish tizimlarida yuqoridagilardan tashqari boshqa 
kontaktli elektr apparatlar ham ishlatiladi. Ular haqida ma‘lumotlar maxsus 
adabiyotlarda [18] va so‗rovnomalarda keltiriladi. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish