4
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyuldagi 467-
f-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida
Аxborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Аdliya vazirligi huzuridagi
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʼrsatish
uchun zarur boʼlgan qogʼoz shaklida saqlanayotgan maʼlumotlarni bosqichma-
bosqich raqamli koʼrinishga keltirish borasida ham amaliy ishlar olib borildi.
Xususan, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʼgʼrisidagi hujjatlari tan olinganligi
toʼgʼrisidagi guvoxnomalar berilgan 6000 taga yaqin hujjatlar va ularga berilgan
guvohnomalar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar qogʼoz shaklidan raqamli koʼrinishga
keltirilishiga erishildi.
Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni legallashtirish, tan olish va nostirifikatsiya
qilish bo‘limining axborot bazasidan foydalangan holda, elektron hujjatlar bilan
ishlashni mukamal darajada o‘zlashtirdim. Ta’lim inspeksiyasi nostrifikatsiya
bo‘limiga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko‘rib
chiqish tartibi, javob berish muddatlari haqida tushunchalarga va javob xati yozish
ko‘nikmasiga ega bo’ldim.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim
olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-
sonli qarori bo‘yicha xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan
olish tartibini o‘rganib chiqish jarayonida xorijiy davlatlarda ta’lim
olganlik
to’g’risidagi hujjatlarni tan olishni o‘rganish uchun dalolatnomalar tuzish tajribasiga
va xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish uchun kelib
tushgan arizani qay tartibda bo‘lishi, arizachi qanday hujjatlar taqdim etishi
lozimligi, qancha miqdorda yagona to‘lov amalga oshirishi haqida ma’lumotlarni
o’zlashtirdim.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim
olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-
sonli qarori bo’yicha xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan
olishning to’g’ridan to’g’ri ya’ni hech qanday sinovlarsiz tan olinishini o‘rganib
chiqish va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim
5
olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-
sonli qarori bo’yicha xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan
olishning qanday holatlarda davlat xizmatlari ko’rsatilishi rad etilishi
ko’nikmalariga ega bo’lish bilan birgalikda barcha xorijiy davlatlarda ta’lim
olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olganlik to’g’risidagi guvohnomalarni elektron
bazaga joylash bilan shug‘ullanish ko’nikmalariga ega bo’ldim.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-
son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʼgʼrisidagi
hujjatlarni tan olish tartibi haqida Nizom”ga asosan fuqarolardan ariza orqali qabul
qilingan hujjatlar dastavval texnik ekspertizadan oʼtkazilishi belgilangan.
2021-2022-yillarda davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali orqali qabul qilingan 5384 ta murojaatlar kelib tushgan vaqtdan
boshlab bir ish kunida texnik ekspertizadan oʼtkazilgan. Natijada 487 ta (9,1 %) ariza
boʼyicha texnik ekspertiza jarayonida hujjatlar toʼliq boʼlmaganligi yoki belgilangan
davlat yigʼimi toʼlanmaganligi sababli arizalar qabul qilinmagan. 4897 ta ariza
texnik ekspertiza natijasida qabul qilingan va sohalar boʼyicha
shakllantirilgan
Ekspert komissiyalariga maxsus ekspertiza uchun yuborilgan yoki qayta murojaatlar
“Mutaxassislik fanlari” boʼyicha belgilangan test sinovlarini topshirish uchun ruxsat
berildi. 2021-2022-yillar davomida 3373 nafar talabgor “Mutaxassislik fanlari”
boʼyicha test sinovlarida ishtirok etishdi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining joylardagi bo‘limlari
haqida ma’lumotga ega bo‘lish, faoliyat olib borish tartiblari to‘g‘risida
tushunchalarga ega bo‘lish bilan birgalikda noto’g’ri yoki qalbaki ma’lumotlar
taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda xorijiy davlatlarda ta’lim
olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olishning to’xtatib qo’yilishi haqidagi
ma’lumotlarga ega bo’ldim va xorijiy davlatlarda umumiy o’rta va o’rta ta’lim
olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish tartiblarini o’rganib chiqdim. Xorijiy
ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni tan olishga qo’yiladigan talablarni va fuqarolardan
kelib tushgan murojaatlarga javob xati yozish ko‘nikmasiga ega bo‘ldim. Xalq
6
qabulxonalari tomonidan inspeksiyaga yo‘naltirilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqdim,
ba’zilari bo‘yicha o‘z takliflarimni bildirdim.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi
hujjatlarni tan olishga
beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldim. Xorijiy davlatlarda ta’lim
olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olishda yuzaga keladigan fuqaroviy muammoli
holatlar qay tartibda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish. “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi
Qonun bilan tanishib chiqdim
Do'stlaringiz bilan baham: