Reja: Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari



Download 295,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.04.2022
Hajmi295,83 Kb.
#589981
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu. Ma’ruza (1-mashg‘ulot)(1)



Tarbiya insonni komillikka eltuvchi ilm sifatida” nomli 1-mavzusini 
o‘rganish bo‘yicha ma’ruza mashg‘uloti (1-mashg‘ulot). 
Reja:
1.
Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari. 
2.
Tarbiya vositalari va usullari. 
Tayanch tushunchalar. 
Tarbiya. Sinfiylik. Partiyaviylik. Pedagoggika. Biologik omillar. Tarbiya 
konsepsiyasi. Tarbiyaning mohiyati. Tarbiyaning qonuniyatlari. Dialektika. Tarbiya 
usullari. Tarbiya shakllari. Talab. O‘rnak ko‘rsatish. Rag‘btlantirish. Taqdirlash. 
 
1-cavol. Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari. 
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida tarbiya, shu jumladan yoshlar tarbiyasiga e’tibor qaratdi, 
“...
avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr 
yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur”, 
“Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng 
katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”
1
Tarbiya, 
bu
 
kishida muayyan jismoniy, ruxiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni 
shakllantirishga karatilgan amaliy pedagogik 
jarayon. Insonning jamiyatda yashashi 
uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni orttirish uchun ko‘riladigan chora-tadbirlar 
majmuasi. Uning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. 
Tarbiyasiz inson ham jamiyat ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va 
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina avloddan-
avlodga o‘tkaziladi. 
«Tarbiya» atamasi ilmiy adabiyotlarda keng va tor ma’nolarda qo‘llaniladi. 
Keng ma’noda tarbiya atamasi orttirilgan tajribani katta avloddan yosh avlodga 
yetkazishdir. Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish, 
ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga karatilgan barcha 
ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Tarbiyani bunday 
tushunish oilada, mahallada, maorif muassasalarida, jamoat tashkilotlarida, 
madaniyat muassasalarida olib boriladigan maqsadli faoliyatni, shuningdek, ta’lim 
va ma’lumot olishi kiradi. 
Tor ma’noda tarbiya aniq tarbiyaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan 
tarbiyaviy ish jarayoni va natijasidir. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi 
tarbiya tarkibiga kirmaydi. Lekin tarbiya jarayoni ta’lim bilan o‘zaro bog‘liklikda 
mavjduddir. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning bilimi ortib 
borishi bilan birga, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari shakllandi va rivojlanib boradi. 
Tarbiya jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati, o‘rni beqiyos. Yosh 
avlodning, 
umuman, 
jamiyat 
a’zolarining 
tarbiyasi 
bilan 
yetarlicha 
shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va 
rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni 
1
Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатнома //Халқ сўзи. 2021 йил 25 
январ.


rivojlanishi talab etiladi. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma’naviy boyliklar 
yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari 
kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira 
bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan 
tarbiyaviy bilimlar tizimiga ega bo‘lishi lozim. 
Bizga ma’lumki, ijtimoiy taraqqiyot tarbiyaning mazmunida o‘zgarishlarni 
yuzaga keltiradi. Sobiq Sovet davlatida hukmron mafkura marksizm tarbiyaga sinfiy 
va partiyaviy hodisa sifatida yondashilgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda turli 
sinflar tarbiyasida tafavvut mavjudligi to‘g‘risidagi g‘oya mustahkamlandi. Bizga 
ma’lumki tarbiya sinfiy mazmunga ega emas. Shuningdek, tarbiyada jamoat 
muassasalarning o‘rni bo‘rttirib yuborilgan, irsiy va biologik xususiyatlarning ta’siri 
yetarli darajada hisobga olinmagan. 
Tarbiya vositasida kishi ijtimoiy kiyofasini o‘zgartirish mumkin degan qarash, 
uning shaxs shakllanishidagi o‘rni ideallashtirildi. Tarbiyalanuvchining tarbiyaviy 
ta’sirni qabul qilshi yoki qabul qilmasligi xususiyatlariga e’tibor berilmadi. Shu 
bois, tarbiya maqsadsiz bo‘lib qoldi, tarbiyalanuvchiga individuum sifatida emas, 
istalgan ijtimoiy qiyofani shakllantirish vositasi, olomon vakili tarzida qarash karor 
topdi. Oqibatda tarbiyaning samaradorligi pasaydi yoki umuman samarasizligiga 
olib keldi. Chunki Tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik 
jihatlari unutilgan edi.
O‘zbekistonda tarbiya va unga bog‘liq jarayonlarga sog‘lom pedagogik 
tafakkurga tayangan holda yondashuv ustuvorlik qiladi. Uni tashkil etilishida 
g‘ayriilmiy, sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga 
alohida e’tibor karatilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi tajribasi
mutafakkirlarimizning pedagogik qarashlarini ilmiy o‘rganishga e’tibor kuchaydi. 
Pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasi, ijtimoiy tarbiyaning o‘ziga xos o‘rni 
borligi e’tirof etildi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga 
olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o‘rniga 
keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doyir hodisa va 
holatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini 
berdi. 
Shunday qilib, qayd etish lozimki, tarbiya – bu pedagogikaning asosiy 
kategoriyasi bo‘lib, tarbiyalanuvchining ijtimoiy hayotga moslashuvi, uning xatti-
harakatlari va muomalasi, asosiy me’yorlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini 
shakllanishida asosiy o‘ringa ega. Odamlar bilimi, ko‘nikmalaridan qat’i nazar, 
doimo tarbiyaviy ta’sirlarni qabul qiladi va o‘zlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Rossiya 
olimi B.T. Lixachev tarbiyani ilmiy o‘rganib, unga oid uch asosiy konsepsiyani 
ishlab chiqdi:
• “tarbiya ijtimoiy muhitning zarur va bajarilishi shart bo‘lgan qismi, uning 
yordamida inson jamiyatda o‘z o‘rnini topadi”; 
• ijtimoiy-madaniy nuqtai nazardan tarbiya “avlodlar o‘rtasida hayotiy 
tajribani avloddan-avlodga o‘tkazuvchi ob’ektiv ijtimoiy mexanizm”dir; 
• falsafiy va diniy jihatdan “tarbiya - bu diniy e’tiqodni, avloddan avlodga 
o‘tishini ta’minlaydigan ilohiy vosita”. 


Tarbiyaning mohiyati
tarixiy taraqqiyot bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Bu 
jarayonning mezonlariga odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning jamiyatdagi 
faoliyati ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyaning ishtirokida madaiy tajriba, bilim va mehnat 
ko‘nikma va malakalar avloddan-avlodga o‘tkazilishi ta’minlanadi. Tarbiyaning 
maqsadi – insonlarni avloddan-avlodga taraqqiy ettirib, insoniyatning umumiy 
yuksalishiga xizmat qilishdir.
Tarbiyaning qonuniyatlari. 
Taqiqotchilar ularni o‘ziga xos tarzda talqin etadi. 
Shuning uchun, bu muammoga munosabat masalasida yakdillik yo‘q. Rossiyalik 
tadqiqotchilar tarbiyaning asosiy qonuniyatlarini quyidagilardan iborat deb 
ta’kidlaydilar: 
1. Tarbiya - bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan, lekin natijasini oldindan aytib 
bo‘lmaydigan maqsadli jarayondir. Zero, tarbiyalanuvchi imkoniyatlarini qay 
darajada namoyon etishi, natija qanday bo‘lishi noma’lumdir. (E’tiborga 
olinmaydigan ko‘plab omillarning ta’siri oldindan aytib bo‘lmaydigan, noaniqlik, 
natija ehtimolini keltirib chiqaradi. Ehtimollik, umuman olganda, hayot va 
madaniyatning asosiy tamoyilidir). 
2. Tarbiya – inson ehtiyojlarini o‘zgartirishidir. Odamning ehtiyojlarini 
ta’minlanmasligi va ularni o‘zgartirish o‘rtasida dialektik bog‘liqlik mavjud. 
Ma’lumki, ehtiyoj – biror narsaga bo‘lgan ichki talab, ehtiyoj bilan aloqada muayyan 
faoliyatga undaydigan ichki kuchdir. 
Birinchi savolga xulosa qilib aytganda tarbiya jamiyat va shaxs hayotida 
muhim ahamiyatga ega hodisadir. Trbiyaga yetarli darajada e’tibor bermaslik 
jamiyatni halokatga olib keladi. 

Download 295,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish