komplementarligi
hisobiga
amalga oshadi.
I-RNKning sintez jaraeni
transkripsiya
deyiladi. Bu jarayon transkripsiya
(ko‘chirib yozish) deyiladi. Ya’ni i-RNK ribosomalarga oqsil "
shifrini
" olib
keladi, shu erga transport RNK esa aktivlangan aminokislotalarni keltiradi va
aminokislotalar "
shifrga
" muvofiq polipeptid zanjirini hosil qilib ulanadilar.
Sintezlanayotgan oqsilning o‘ziga xos strukturasi ribosomaning tabiatiga emas,
balki i-RNKning molekulyar strukturasiga bog‘liqdir. Sintezlanayotgan oqsil
strukturasini faqat ribosomaga yadrodan kelgan i-RNK nazorat qiladi. Har bir
aminokislotani i-RNKdagi
tripletlar
shifrlaydi, ya’ni uchta nukleotid ketma-
ketligi bitta aminokislotani shifrlaydi yoki kodlaydi va
kodon
deb nomlanadi.
Uchta tirplet -
UAA, UAG
va
UGA
oqsil sintezini tugashi haqidagi signalni
beruvchi tripletlar hisoblanadi. Ayrim aminokislotalar quyidagicha tripletlar bilan
shifrlanadi:
UUA
va
UUG
-
leysin
,
AUG - metionin, UAU va UAG - tirozin,
AAA va AAG - lizin, AGU va AGG - serin.
T-RNK molekulasidagi triplet i-RNKdagi tripletga komplementarlik asosida
yaqinlashadi va vodorod bog‘i bilan bog‘lanadi. Bu triplet
antikodon
deyiladi.
Oqsil sinteziga yuqorida keltirilganlardan tashqari bir qator qo‘shimcha faktorlar
kerak. Bular polipeptid zanjiri sintezini boshlanishi (initsiatsiya) faktorlari va
polipeptid zanjiri sintezining terminator tripletlar tomonidan to‘gatilishi
(terminatsiya) faktorlaridir.
Informatsion RNK molekulasi bir vaqtda bir nechta ribosomalar bilan
bog‘lanishi mumkin, ular
poliribosomalar
yoki polisomalar deyiladi.
I-RNK bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan ribosomalarning soni sintezlanishi
kerak bo‘lgan oqsil zanjirining uzunligiga bog‘liq bo‘lib 4 dan 100 gacha
bo‘lishi mumkin. Oqsil sintezlanadigan joy - ribosomalar faqat sitoplazmada emas,
balki mitoxondriya va xloroplastlarda ham bo‘ladi. Ribosomalarda i-RNK
ishtirokida oqsilning sintez jarayoni
translyasiya
deyiladi.
Oqsil biosintezi vaqtida vazifasini to‘gatgan i-RNK parchalanadi, keltirilgan
aminokislotadan ozod bo‘lgan t-RNK yangi aminokislota olib kelish uchun
"qaytib ketadi".
Nuklein kislota molekulasi 4 xil mononukleotiddan tashkil topgan bo‘lsa, oqsil 20 xil
aminokislotadan hosil bo‘lgan. Shu sababli alohida mononukleotidlar informatsiya saqlash va
tashishni amalga oshira olmaydi. i-RNK dagi har bir aminokislotani ifodalovchi triplet kodni
kodon
deb nomladi
Do'stlaringiz bilan baham: |