Улуғмуродов н. Х



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/191
Sana28.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#587856
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   191
Bog'liq
t2P5DMw2oKgwNeq6TofERWIy9iCst2i1zOdhpmZn

7.Avtomatik uzgichlar. 
 
Hozirgi vaqtda himoya apparatlari sifatida ko‟proq avtomatik uzgichlar qo‟llanilmoqda. Bu 
apparatlar bir yo‟la ikki vazifani qisqa tutashuv tokidan va o‟ta nagruzkalanishdan saqlash vazifalarini 
bajaradi. 3 sxemada uch fazali avtomatik uzgichning prinsipial sxemasi ko‟rsatilgan.
Agar tarmoq zanjirida yoki elektr yuritmalar zanjirida issiqlik tutashish sodir bo‟lsa, 
avtomatning ijrochi elementi elektromagnit 1 dan o‟tgan tok va hosil qilgan magnit maydon kuchi 
o‟zak 2 ni yuqoriga ko‟tarib richag 8 orqali ilmoqdan bo‟shagan zanjirning kontaktlari prujina 5 kuchi 
bilan uzilib qisqa tokini o‟chiradi. 
Agar zanjirdagi elementlar elektr dvigatel va mexanizmlar o‟ta nagruzkali bo‟lsa, u holda qizdiruvchi 
element 7 bimetall plastinka 6 ni qizdiradi. Ustki plastinkaning issiqlikdan cho‟zilish koeffisienti 
kichik bo‟lgani uchun bu plastinkadan yuqori tomonga egiladi va ilmoqli richagni ko‟tarib yuboradi, 
kontaktlar o‟ta nagruzkalanishdan saqlanib qoladi. 
Sistemada normal ish holati o‟rnatilgandan so‟ng avtomat qaytadan qo‟l bilan ulanadi. Shuning 
uchun ham bu qurilma avtomatik uzgich deyiladi. Elektromagnit va issiqlik relesidan iborat avtomatlar 
boshqa hamma himoya apparatlariga qaraganda qator afzalliklarga ega: 
1.
Avtomatlar bir vaqtning o‟zida qisqa tutashish va o‟ta nagruzkalanishdan saqlash 
vazifalarini bajaradi. 


92 
2.
Eruvchan saqlagich qo‟llansa, bir fazali qisqa tutashish yuz berganda dvigatel qolgan ikki 
faza tokida ishlayveradi. Avtomat qo‟llanganda esa har qanday xavfli holatda dvigatelning hamma 
fazalari uzilib u ishlashdan to‟xtaydi. 
3.
Eruvchan saqlagichni almashtirib qo‟yish uchun ancha vaqt ketadi. Avtomatni qayta 
ishlatish uchun esa ulash knopkasini bosish kifoya. 
8.Kontaktor va magnitli ishga tushirgichlar. 
Kuchli tok zanjirlarini boshqarish uchun qo‟llanadigan apparatdir. 
Kontaktorning tuzilishi ishlash prinsipi yuqorida ko‟rilgan elektromagnit reledan farq qilmaydi, 
faqat kontaktor kuchli tok zanjirida, rele esa boshqarish toki zanjirida foydalanishga mo‟ljallangan. 
Asinxron dvigatelni boshqarish uchun qo‟llaniladigan o‟zgaruvchan tok kontaktori sxemada 
ko‟rsatilgan. U qo‟zg‟almas po‟lat o‟zak 5 ga o‟rnatilgan elektromagnit cho‟lg‟ami K va 
qo‟zg‟aluvchan po‟lat 4 bilan mexanik bog‟langan K
1
, K
2
va K
4
dan iborat apparatdir. 
O‟zgaruvchan tok kontaktori bilan o‟zgarmas tok kontaktorlari orasidagi farq shundaki, 
o‟zgarmas tok kontaktorining po‟lat o‟zagi yaxlit po‟latdan, o‟zgaruvchan tok kontaktorining po‟lat 
o‟zagi esa 0.3-0.5 mm qalinlikdagi elektromagnit po‟lat plastinkalardan tayyorlanadi. Shuning uchun 
o‟zgaruvchan tok kontaktorining po‟lat o‟zagi gisteris va vuko toki tufayli o‟rinsiz isrof bo‟ladigan 
energiya miqdori ancha kamayadi. 
Ma‟lumki, elektromagnit maydonining tortish kuchi F
em
maydonining magnit yurituvchi kuchi 
Iw ning kvadratiga proporsional va po‟lat o‟zaklar orasidagi havo oralig‟ining kvadratiga teskari 
proporsional bo‟ladi. 
F
em
=aI
2
W
2
/ u
2
0
Bunda a-proporsionallik koeffisienti, I-elektromagnit cho‟lg‟amidan o‟tadigan tok kuchi, W-
g‟altakdagi o‟ramlar soni, u
0
– qo‟zg‟aluvchi va qo‟zg‟almas po‟lat o‟zaklar orasidagi boshlang‟ich 
havo oralig‟i. 
Formulaga muvofiq maydonning tortish kuchi F
em 
– tok yo‟nalishining o‟zgarishiga, ya‟ni 
uning manfiy yoki musbat qiymatiga bog‟liq bo‟lmaydi va doim bir tomonga yo‟naladi. 
Shu sababli bu tok kuchi o‟zgaruvchan tok kontaktorlarida ham bir tomonga bo‟ladi. Lekin bu 
kuchning amplitudasi F
em
qiymati noldan maksimumgacha o‟zgaruvchi bo‟ladi. Sxemadan ko‟rinib 
turibdiki, F
em
qiymati nolga yaqin kelgan oraliq ∆u da prujinaning tortish kuchi F
pr
elektromagnit 
kuchi F
em
dan kattadir. Bunda po‟lat o‟zaklar bir-biridan uzoqlashishi yana F
em 
> F
pr
bo‟lganda bir-
biriga tortilish yuz beradi, bundan kontaktorning qattiqtitrashi va buzilishiga olib kelishi mumkin. 
O‟zgaruvchan tok kontaktorlarining bu kamchiligini yo‟qotish uchun qo‟zg‟almas o‟zakka mis 
halqa 4 qisqa tutashtirilgan cho‟lg‟am kiydiriladi. 
Magnitli richag tushirgich ham kontaktor kabi kuchli tok zanjirini uzib-ulashda qo‟llaniladi. Bu ikki 
apparatning farqi shuki, magnitli ishga tushirgichda himoya apparati issiqlik relesi ham bo‟ladi. 
O‟zlashtirish uchun savollar: 
1.
Ijrochi elementlar nima? 


93 
2.
Elektr ijrochi elementlar qanday tuziladi? 
3.
Elektromagnitli ijrochi elementlar qanday vazifani bajaradi? 
4.
Pnevmatik va gidravlik ijrochi elementlar qanday funksiyalarni bajaradi? 
5.
Rostlovchi organlar vazifasi nimalar? 
6.
Rostlovchi organ xarakteristikasi qanday bo‟lishi kerak? 
7.
Relelar tuzilishi qanday? 
8.
Relelarning qanday turlari bor? 
9.
Relelаrning asosiy vazifasi nima? 

Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish